Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KITOBSEVAR BOLALAR O`ZGACHATARBIYA TOPADILAR
Qo`chqarov Mirzavali
Педагоги · 2026
Аннотация
Kitob mutolaasi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona -Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har qanday faoliyatda maktab va oila bilan hamohang, hamfikr ish yuritish ko‘zlangan maqsadlarga erishishga munosib zamin yaratadi. Kalit soʻzlar: ma’no-mazmun, omil, ma’naviyat, tafakkur, mas’uliyat, PIRLS, oila koʻmagi. Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlarida kitob oʻqishga mehr uygʻotishi uchun oʻzlari kitobxon boʻlishlari lozim. Shavkat Mirziyoev Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlar – ulkan kuch” degan gaplari bilan boshlasak. Hamma soha kabi bola hayotida kitobxonlik ham bogʻchadan soʻng maktabning dastlabki davri muhim oʻrin tutadi. “Boʻladigan bola boshidan ma’lum” degan dono xalqimiz. Shu boisdan ham, boshlangʻich ta`lim davri ta`lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilgʻor davlatlar darajasiga koʻtarish ularning bilimi, istedodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga bogʻliq. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: ”Kitobxonlikka o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag'ishladim, lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman”. Professor V.F.Asmus o'zining ”Kitobxonlik - mehnat va ijod” nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta'rif beradi: ”Mutolaa vaqtida asar bir ko'zadan ikkinchi ko'zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi”. ”Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda,- deb yozadi H.To'xtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga ko'tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ'ib qilishgina emas, balki kitob o'qishni, https://scientific-jl.com/ped 4 0 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 o'qiladigan kitobni tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya'ni kitob yordamida o'zini anglashni o'rgatish hamdir”. Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rolini oshirish orqali fuqarolarimizning, ayniqsa, mamlakat yoshlarining ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi g‘oyasi orqali yuksak fuqarolik mas’uliyatini his qilish, anglash va jamiyatga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga muntazam da’vat etish nafaqat pedagoglarning, balki barchaning su jumladan ota-onalarning ham maqsadi boqlishi zarur. Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charhlaydigan, aql bulogʻini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk moʻjizadir. Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyatining maʻnaviy taraqqiyotidagi beqiyos va bebaho oʻrni qadimdan hammamizga maʻlum. Kitob dunyoni tanitish, bilim berish bilan birga goʻzallikka muhabbat uygʻotish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuygʻusini ham paydo qiladi. Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va masʻuliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning oʻzi ham yuksak didga ega va ma’rifatli va bilimli boʻlishlari kerak. Afsuski, hozirgi ota-onalarimiz ana shu mas’uliyatni ham, ma’rifatlilikni ham unutib qoʻymoqdalar maktabdagi jarayonlarni ham bir tomonlama tahlil qilib, faqat bir tomondan yondashishni ma’qul koʻrmoqdalar. Biz kattalar koʻp hollarda oʻrnak boʻlishimiz kerak. PIRLS tadqiqoti natijalarida ham shu narsa ayon boʻldiki, ota-onalari kitob oʻqiydigan bolalar ota-onalari kotob oʻqimaydigan bolalarga qaraganda anch koʻp bal toʻplaganliklari ham ota-onalarning kitob oʻqishdagi shaxsiy namunasi bolalarga qay darajada ta’sir etishi mimkinligini koʻrsatib turibdi. Shuning uchun ham farzandining kitob mutolaa qilishini nafaqat nazorat qiish, balki oʻzlari oʻqib berishlari lozim deb oʻylayman. Kitob bolaning ma’naviy boyishi, aqliy, estetik oʻsishga yoʻllashi uchun dastlabki turtki oilada bolaga oʻqib berilgan birinchi kitob boʻlsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining oʻqishini eshitib, badiiy obrazlar goʻzalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi oʻsmirlik davrida uning ma’naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, oʻyin, musiqa, bolalar ijodi bilan bogʻliq boʻlib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, oʻsmir hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, oʻyin va musiqasiz tasavvur etish qiyin. Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz,
Доказательный фрагмент
«Kitob mutolaasi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona -Vatani va xalqiga…»
Образец извлечения
Демо-превьюKitob mutolaasi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona -Vatani va xalqiga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tafakkur, PIRLS, oila koʻmagi., omil, ma’naviyat, Kalit soʻzlar: ma’no-mazmun, mas’uliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024