Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH · Baxritdinova Dilobar Zaynitdinovna · Karimova Lobar Lutfulloyevna
Педагоги · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shunindek kreativ fikrlash tushunchasi, uning komponentlari hamda zamonaviy ta’limdagi o‘rnini tahlil qilinishi, boshlang’ich sinf o’quvchilarda kreativ (ijodiy) fikrlashni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Ijodkorlik, kreativ fikirlash, ijodiy tafakkur, o’quvchilar faoliyati ,mustaqil fikrlash,inter faol metodlar , erkin fikr muhit ,darsda ijodkorlik. Annotation:This article highlights the theoretical foundations, methodological approaches, and practical significance of developing creative thinking in primary school students. The concept of creative thinking, its components, and its role in modern education are analyzed. The psychological and pedagogical foundations of fostering creative (innovative) thinking in primary school students are discussed in detail. Keywords: Creativity, creative thinking, creative reasoning, student activity, independent thinking, interactive methods, free-thinking environment, creativity in the classroom. KIRISH. Har bir oʻsib kelayotgan yosh avlod kelajak umidi hisoblanadi yosh avlodga ham ma'nan, ham jismonan toʻgʻri tarbiya berilsa, yurtning ravnaqi uchun kerakli shaxs boʻlib yetishadi. Kreativlik (ing "create -yaratish, "creative-yaratuvchi, ijodkor) kabi ma'nolarni anglatadi. Kreativ fikrlash bu-odatiy fikrlardan tubdan farq qilgan, noodatiy jihatlari koʻp boʻlgan fikr, mulohazalar yigʻindisi. Kreativ fikrlash jamiyatning yuksalishi, taraqqiy topishida muhim ahamiyat kasb etadi . Kreativlik-shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojiantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplami yangilik yaratish jarayonini isloh https://scientific-jl.com/ped 4 5 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish boshqarishning murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat ongli, balki ong osti tushunchalari paydo boʻladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Kreativ fikrlash jamiyatning yuksalishida muhim roʻl oʻynaydi. Kreativ fikrlash oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, mushohada yuritish va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiradi. Ijodkorlik bu yaratish demakdir. Yaratish-ixtirodir. Insoniyat tomonidan kashf qilingan ixtirolar, butun jamiyat yutugʻidir. Kreativ fikrlash orqali, dars jarayonlaridan kelib chiqadigan qoida va xulosalarni oʻquvchilarga yodlatish emas, balki izlanish va kashfiyotchilik qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash orqali mustahkam bilim egallashlariga erishish mumkin. Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev oʻz nutqlarining birida quyidagi fikrlarni keltiradilar. “Bugungi kunda bolalarimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish muhim. Ayniqsa, ular tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoada ishlash va muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Chunki aynan shu ko‘nikmalar kelajak avlodni har tomonlama yetuk, raqobatbardosh shaxs qilib tarbiyalaydi”. Darhaqiqat, yoshlar bilimli, tarbiyali va ilm olishga tashna boʻlsa, vatan ertasi uchun oʻzlarining beqiyos hissalarini qoʻshadilar. O‘tgan asrning 60-70 yillari pedagogikada kreativlik muammosini o‘rganishda keskin burilish yillari bo‘Idi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo‘ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limning psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandiIar. Kreativlik so‘zini ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo‘llanilgan. K. Rodjers (1944) kreativlik deb muammolarni yangi yechimi va biror narsa, voqea, holatni ifoda etishning yangi usullarini aniqlashni tushunadi. Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab- quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. Kreativ fikrlash — bu o‘quvchining mavjud bilimlarini yangi sharoitlarda qo‘llay olishi, mustaqil fikr yuritishi, noodatiy yondashuvlar orqali muammolarni hal eta olishidir. Boshlang‘ich ta’limda bu qobiliyatni rivojlantirish uchun interfaol metodlardan: aqliy hujum, klaste
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va amaliy ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Creativity, creative thinking, creative reasoning, student activity, erkin fikr muhit, darsda ijodkorlik., ijodiy tafakkur, o’quvchilar faoliyati, mustaqil fikrlash, Kalit so’zlar: Ijodkorlik, inter faol metodlar, kreativ fikirlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024