К содержанию
РецензированоUZ2026

SHIMOLIY XORAZM OG‘ZAKI DOSTONLARI LEKSIK BIRLIKLARNING SOTSIOPRAGMATIK TALQINI

BIRLIKLARNING SOTSIOPRAGMATIK TALQINI · Xalmuradova Jamila Ermetovna

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada shimoliy Xorazm og‘zaki dostonlari (“Xirmondali” va “Qirq minglar”) ning turli baxshilar tomonidan ijro etilgan variantlari tilidagi leksik birliklarning sotsial aspektiga oid tushunchalarning adabiy tilda ifodalanishi xususida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Doston, turkum, leksika, sheva, leksik birlik, semantik, sotsial, sub’ektiv baho, belgi, xususiyat, harakat, holat, vaqt, o‘rin. Annotation: This article describes the expression of concepts related to the social aspect of lexical units in the language of variants of Khorezm epics (“Hirmondali” and “Kirk Ming”) performed by various folk singers in the literary language. Key words: Epic, category, vocabulary, dialect, lexical unit, semantic, social, subjective assessment, character, feature, action, state, time, place. Shimoliy Xorazm dostonlari leksikasi boyligi va rang-barangligi bilan ham diqqatni jalb etadi. Ularda ijtimoiy turmushning turli sohalariga oid ko‘plab so‘zlar uchraydi. Bu so‘zlarning ba’zilari adabiy tilda uchramasligi va qayd etilmagani bilan xarakterlidir. Olimlarimiz bunday so‘zlarni adabiy tilga olib kirish zarurligini ta’kidlab o‘tganlar.1 Shu nuqtai nazardan biz tadqiq ob’ektimizda mavjud bo‘lib, adabiy tilda qayd etilmagan ayrim so‘zlarni bu o‘rinda imkon doirasida izohlashga harakat qildik. To‘ppoz - to‘p + boz - mohir to‘p otuvchi, to‘p otishning ustasi: Bularding ichinda yetti ming Loyxo‘r, bir to‘ppozi bor edi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 23). So‘na - o‘rdak: Man bir so‘na, ko‘ldan ko‘la porlayin uchsam, netasan? (Xo‘jyoz baxshi, Xirmondali:70).* Shamxol - qadimgi og‘ir miltiq: Karam Sulton botirni yanga aytganiday etib bog‘ladilar. Yag‘rinina ikki botmon ko‘hna shamxol olib kelib taqdilar (Ahmad baxshi, Qirq minglar.20). Xudoybergan baxshi variantida bu so‘zga savol tug‘ilishi e’tiborga olinib, matnning o‘zida izoh berib o‘tilgan: “Yag‘rinima ham ikki botmon ko‘na shamqol olib kelib, taqing”, - dedi. (Shomqol degan miltiq bo‘lar edi, og‘irligi. ikki botmon kelar edi) (Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 21). Ayrim o‘rinlarda dostonda uchragan, yig‘indagi tinglovchilarga notanish * Aslida Xo‘janiyoz baxshi Vais o‘g‘li bo‘lgani holda biz mahalliy xalqda urf bo‘lgan va asl nusxada keltirilgan Xo‘jyoz baxshi ko‘rinishini saqladik. https://scientific-jl.com/ped 5 7 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 so‘zlar baxshi tomonidan ko‘pincha matnning o‘zida bir so‘z bilan, ya’ni o‘sha so‘zning muqobili bilan izohlab ketilgan. Bundan xulosa shuki, ijrochi o‘z tinglovchilarining kimlar va qaysi hududga mansubligini ham hamisha e’tiborda tutgan. Ehtimol, mang‘itlik baxshilarning bir dostonni turkmanlar, qoraqalpoqlar, o‘zbeklar orasida ham ularning tilida kuylay olganlari bunga sababdir. Masalan: Karam Sulton aytdi: “Ikki quloch yip toping, bir uchini bo‘ynima, bir uchini otding quyruqina (zig‘irig‘ina) boylang, G‘irot hunkillaganda, yiqilib qolmin” (Xudirgan baxshi, Qirq minglar. 21). Karam Sulton... G‘irotga bir ta’zan (qamchi) chakib, tepildirib yubordi, G‘irot hunkillab-xunkillab ketdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar. 21). Qo‘shoq - qo‘sh (a+belb) oq (g‘) - qo‘sha (ikki) o‘raladigan belbog‘, ya’ni belni ikki-uch marta aylantirib o‘raladigan, odatda ikki-uch metr gazlamadan tayyorlangan belbog‘. Qo‘shoqni qadimda belni mahkam tutib turishi uchun erkaklar beliga bog‘lab yurishgan. Hozirda xorazmcha milliy raqs ijro etishda raqqoslar beliga bog‘lashadi. Bundan tashqari, xorazmliklar udumiga ko‘ra, qo‘shoq to‘y kuni kuyovning beliga bog‘lanadi va yangalar tomonidan yechib olinadi. Uni kuyovnavkarlardan birontasi olib qo‘yadi, to‘ydan keyin o‘tkaziladigan ziyofat kuni yana kuyovga qaytariladi. Pichoq aytur, men yarogam, Qo‘shoq ostinda turaram. Yomon kuninda keragam, Quchoqlashma bo‘lan chog‘da. (Xudirgan baxshi, Qirq minglar.10). G‘oli (g‘ali) - qimmatbaho gilam turi, masalan: Xiva g‘ali, turkman g‘ali. ... dog‘ning chigilim (mayda) toshinnan bir g‘oli xurjunni to‘ldirib, og‘zina qulfni urdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 23). G‘o‘ch - yigitlarning ijobiy xislatlarini izohlaydi. Matndagi o‘rniga muvofiq g‘ayratli, kuchli, zabardast, ishchan, bilimdon, navqiron, ko‘pchilikni o‘ziga ergashtira oladigan so‘zamol, kelishgan, shirinso‘z ma’nolarini ifodalaydi. Hozirda uning er yigit, haqiqiy yigit, yigitmisan yigit, yigitlarning xo‘rozi, yigitlarning sultoni kabi sinonimlari ishlatiladi. Dostonlar tilida mard, qahramon ma’nolarida qo‘llanadi: G‘o‘ch yigitga tiydi davron, Qizilboshga bo‘ldi armon. Go‘ro‘g‘li aytur: Shoyimardon G‘o‘ch yigitting yo‘lin ochdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar. 25). G‘o‘ch yigit kirsa maydona, To‘rtin sanchib, beshin go‘zlar. Arab ot kirsa maydona, Ucha dog‘lar boshin go‘zlar (Ahmad baxshi, Qirq minglar.19). https://scientific-jl.com/ped 5 8 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Dostonda bu so‘zning kichraytish va erkalash kabi sub’ektiv baho shaklida qo‘llanishi ham kuzatiladi: .

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shimoliy Xorazm og‘zaki dostonlari (“Xirmondali” va “Qirq minglar”) ning turli baxshilar tomonidan ijro etilgan variantlari tilidagi leksik birliklarning sotsial aspektiga oid tushunchalarning adabiy ti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shimoliy Xorazm og‘zaki dostonlari (“Xirmondali” va “Qirq minglar”) ning turli baxshilar tomonidan ijro etilgan variantlari tilidagi leksik birliklarning sotsial aspektiga oid tushunchalarning adabiy ti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Epic, category, vocabulary, dialect, lexical unit, semantic, social, sheva, xususiyat, sub’ektiv baho, holat, belgi, turkum, Kalit so‘zlar: Doston, vaqt, harakat, sotsial, leksik birlik, o‘rin., semantik, leksika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники