К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLAGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM

BOLAGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM · Rasulova Zamira Sirojiddinovna

Педагоги · 2026

Аннотация

maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida tan olinish jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etish masalasi keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: Maktab ta’limi, rivojlantiruvchi muhit, bola shaxsi, maktabgacha yoshdagi. Ma’lumki, har qanday odamning ta’limiy ta’siri bolaning haqiqiy faoliyatisiz amalga oshmaydi. Bola faoliyati esa o’zgarmas bo’lib qolmaydi. Bola rivojlangan sayin uning mazmuni va shakli o’zgarib boradi. Bolalar uchun rivojlantiruvchi muhit bu-bolalikning amaliy dunyodir. Bola ushbu muhitda yashaydi, ular bilan munosabatda va rivojlanadi. Bu o’rinda yetakchi muhit sifatida nafaqat o’yin muhiti, balki bola rivojlanishi uchun muhim bo’lgan barcha faoliyat turlarini o’z ichiga oladi. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limning markazida o’sayotgan inson, uning o’z imkoniyatlarini to’la namoyon etishga intilishi, yangi tajribani kabul qilinishi, turli hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda va ma’suliyatli qaror qabul qilishga qodirligi turadi. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalanuvchi bolalar an’naviy dastur bo’yicha tarbiyalanayotgan bolalarga nisbatan ancha qobiliyatli bo’ladilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida tan olinish jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar xar bir yoshda o’zini o’rab turgan muxitdan aynan o’zini qiziqtirgan hayotiy malakani oladi. Muhit qanchalik toza va musaffo bo’lsa bolaning inson sifatida shakllanishida shunday toza va musaffo ta’sir ko’rsatadi. Lekin bu jarayonning o’ziga xos qonuniyatlari mavjud. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni to’laqonli rivojlantirishda kattalarning ular bilan mazmunli suhbatlari va bolalikning predmetli muhiti bilan boyitish zarur. Bu bolalikning predmetli muhiti hisoblanadi. Shunday qilib, predmetli muhit, o’yinchoqlar, o’yin vositalari, moddiy resurslar, jihozlar, ko’rgazmali qurollar yordamida bolani aqliy, jismoniy, psixologik rivojlantirishga pedagogik ta’sir o’tkazishni anglatadi. Bolani rivojlantiruvchi muhit mazmun-mohiyatiga ko’ra bolani aqliy, jismoniy va psixologik rivojlanishini ta’minlashi, takomillashtirishi, piravard natijada bolalikni rivojlantirishning predmetli muhitiga qo’yilgan pedagogik talab va maqsadni ro’yobga chiqarishi kerak. Predmetli muhitni pedagogik jarayonda muvoffaqiyatli qo’llanma uchun uning variativligini ta’minlash kerak. Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda keng ko’lamli axborotlar oqimi ta’lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatini ro’yobga chiqarish, kadrlar tayyorlashda yagona davlat talablari asosida o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o’quv-adabiyotlari bilan ta’minlash, pedagoglarga https://scientific-jl.com/ped 7 2 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish vazifasini amalga oshirish muhim vazifalardan biridir. Bugungi tez o’zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayot bolalar va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish yangi pedagogik interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi. An’anaviy mashg’ulotlar olib borish asta sekin o’z o’rnini intensiv va interfaol metodlarga, noan’anaviy mashg’ulot o’tish ishlariga bo’shatib bermoqda. Bilim qanchalik mustahkam bo’lsa, bola dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda bolalar uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim oldiga qo’yilgan davlat talablariga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim – tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm – fanning so’ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb – hunarli, Ona Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o’z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol bolani kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo’g’inlarida tobora faol qo’llanilayotgan ilg’or pedagogik texnologiyalarning turli yo’nalishi bolalarning ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat qilayotganligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, texnologiya, axborot, kompьyuter, multimedia, internet, masofali o’qitish, yagona axborot muhiti va shunga o’xshash axborot-kommunikatsio

Доказательный фрагмент

«maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida tan olinish jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etish masalasi keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida tan olinish jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etish masalasi keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bola shaxsi, maktabgacha yoshdagi., Kalit so‘zlar: Maktab ta’limi, rivojlantiruvchi muhit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники