К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARDA DIQQATNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

O‘QUVCHILARDA DIQQATNI RIVOJLANTIRISHNING · SAMARALI USULLARI · Ashurova Dilrabo Komiljonovna

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarda diqqatning rivojlanishi, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va diqqatni shakllantirishga qaratilgan samarali psixologik va pedagogik usullar tahlil qilingan. Diqqatning turlari, rivojlanish bosqichlari, yosh xususiyatlariga mos mashqlar, shuningdek, zamonaviy yondashuvlar, texnologik vositalar va interaktiv metodlar asosida o‘quvchilarda diqqatni kuchaytirish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola maktab psixologlari, pedagoglar va ota-onalar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: diqqat, diqqatni rivojlantirish, o‘quvchi psixologiyasi, mashqlar, pedagogik metod, e’tibor, psixologik yondashuv XXI asrda o‘quvchilar bilim olishning turli shakllari va texnologiyalari bilan to‘qnash kelmoqda. Ma’lumotlarning haddan tashqari ko‘pligi, vizual va eshituv stimullar sonining ortishi, raqamli qurilmalarga berilish va boshqa omillar diqqatning zaiflashuviga olib kelmoqda. Diqqat — bu shaxsning atrof-muhitdagi ayrim hodisa yoki predmetlarga ongli yoki ixtiyorsiz tarzda yo‘naltirilgan va shu holatda ushlab turilgan psixik faoliyatidir. Pedagogik jarayonda diqqatning o‘rni beqiyos bo‘lib, u o‘zlashtirish, tushunish, eslab qolish va amalda qo‘llashning asosi hisoblanadi. Bolalarda ayniqsa boshlang‘ich sinf bosqichida diqqat hali mustahkam shakllanmagan bo‘ladi. O‘qituvchining bu jarayondagi roli — diqqatni shakllantirish, uni boshqarish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlarni qo‘llashdan iborat. Shuningdek, oila, jamiyat va maktab muhitining uyg‘unligi ham bu psixik jarayon rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘quvchilarda diqqatni rivojlantirish bo‘yicha samarali yondashuvlar, mashqlar, o‘yinlar va texnologik vositalarni bilish va ulardan foydalanish har bir pedagogning muhim vazifasidir. Diqqatning ilmiy asoslari Psixologik adabiyotlarda diqqatning bir necha turlari ko‘rsatib o‘tiladi: Ixtiyorsiz diqqat – tashqi omillar orqali avtomatik tarzda shakllanadi (yorqin rang, tovush, harakat). Ixtiyoriy diqqat – ongli ravishda ma’lum bir faoliyatga yo‘naltiriladi. Ixtiyorsizdan keyingi diqqat – dastlab ixtiyoriy bo‘lib, so‘ng ichki motivatsiya sabab davom etadi. https://scientific-jl.com/ped 1 25 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Shuningdek, diqqatning barqarorligi, ko‘lami, taqsimlanishi, siljishi va to‘planuvchanligi kabi xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, har biri bolaning o‘quv faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqat markazida bir xil topshiriqqa 7–12 daqiqagacha e’tibor qaratish qobiliyati mavjud boʻladi (Luriy A.R., 1972). Diqqatni rivojlantirishga oid samarali usullar Didaktik o‘yinlar yordamida “Farqni toping”, “Nimani o‘zgartirdim?”, “Kim eslaydi?” kabi o‘yinlar orqali bolalar faol ishtirok etadi va diqqatni jamlashga majbur bo‘ladi. Rol o‘ynash orqali diqqatning barqarorligi va taqsimlanishini oshirish mumkin (masalan: “detektiv o‘yini”, “hujjat topish” o‘yini). Diqqatni rivojlantiruvchi maxsus mashqlar Quyidagi psixologik mashqlar har kuni 5–10 daqiqa davomida bajarilsa, samarasi yuqori bo‘ladi: "Oddiy va murakkab harflarni ajratish": Matndan faqat bir harfni topish (masalan: “k” harflarini sanash). "O‘zgaruvchan raqamlar": Raqamlar ketma-ketligida noto‘g‘rilarini topish. "Esda saqlab ayt": Raqam, harf yoki so‘zlar ketma-ketligini eslab qolish va takrorlash. Jismoniy faollik bilan birgalikdagi topshiriqlar Diqqatni jismoniy mashqlar bilan uyg‘unlashtirish (masalan: “sakraganda 3 sonini ayt”, “belgiga yetib borib 5 rangni nomla” kabi) bola miyasida harakat va fikrlashni uyg‘unlashtiradi. Vizual va audiostimullar orqali Dars jarayonida rangli taxtachalar, chiroq signallari, tovushli ogohlantirishlar orqali diqqatni boshqarish mumkin. Multimedia prezentatsiyalarida animatsiyali elementlardan foydalanish — bolani uzoqroq vaqt diqqatni jamlab turishga o‘rgatadi. Raqamli texnologiyalar va zamonaviy platformalar Lumosity, NeuroNation, Focus Factor, Attention Games kabi onlayn ilovalar orqali o‘quvchilar o‘z diqqatini mustaqil ravishda mashq qilishi mumkin. Interaktiv doskada ishlash, testlar va quvnoq viktorinalar o‘quvchilarning raqobatbardosh ruhini uyg‘otadi. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun diqqatni toraytiruvchi omillar ko‘p, shuning uchun qisqa muddatli, rangli, harakatga boy topshiriqlar foydalidir. O‘rta sinflar uchun mantiqiy, analitik mashqlar, xotira bilan bog‘liq o‘yinlar samarali bo‘ladi. https://scientific-jl.com/ped 1 26 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Yuqori sinflarda esa vaqtga bo‘lgan cheklovlar, o‘zini nazorat qilish texnikalari, rejalashtirish asosida ishlash diqqatni rivojlantiradi. Pedagog va ota-onalarning roli O‘quvchining diqqat darajasi birgina maktabdagi dars bilan bog‘liq emas. Uy sharoitida: Kitob o‘qish an’anasini shakllantirish, birgalikda logik o‘yinlar o‘ynash, televizor, gadjetlardan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilarda diqqatning rivojlanishi, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va diqqatni shakllantirishga qaratilgan samarali psixologik va pedagogik usullar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilarda diqqatning rivojlanishi, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va diqqatni shakllantirishga qaratilgan samarali psixologik va pedagogik usullar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
e’tibor, diqqatni rivojlantirish, Kalit so‘zlar: diqqat, pedagogik metod, o‘quvchi psixologiyasi, mashqlar, psixologik yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники