К содержанию
РецензированоUZ2020

3-7 YOSHDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISHDA O‘YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISH

O‘YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISH · Qipchaqova Sevinchxon

Педагоги · 2020

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashda aqliy tarbiyaning o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Muallif bolalarning aqliy rivojlanishida bilish jarayonlarining muhim ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan. Aqliy tarbiya berishda o‘yin faoliyatlaridan samarali foydalanish haqida fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: aql, sezgi, idrok, tafakkur, xayolni bilish jarayonlari o‘quvchi, xotira mashqi, mutaxassis, aqliy rivojlanish. Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya berish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish maqsadida davlatimiz tomonidan samarali islohotlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida turli qaror va farmonlar imzolandi va amalyotga tadbiq etildi. 2020-yil 22-dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 802-sonli qarori hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilm yo‘li” variantiv dasturi, yangi tahrirdagi “Takomillashtirilgan Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi shular jumlasidan. Ilk qadam davlat o‘quv dasturining, o‘qitishga yondashuvlar deb nomlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining, “Ilk Qadam” Davlat o‘quv dasturining, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasining joriy qilinishi, boshlang‘ich maktab ta'limi Davlat ta'lim standartlarining qabul qilinishi o‘z ortidan nafaqat ancha vaqtlardan beri mavjud bo‘lib kelayotgan maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim orasidagi izchillikni ta'minlash bo‘yicha ishlar tizimining qayta ko‘rib chiqilishini keltirib chiqardi, balki pedagoglarga maktabgacha va maktab ta'lim tizimini yangichasiga qayta tuzib chiqishga ham imkon berdi. Ilk qadam davlat o‘quv https://scientific-jl.com/ped 1 29 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 dasturining 4-bandida esa o‘yin faoliyatining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tutgan o‘rni haqida batafsil yoritildi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ilk qadam o‘quv dasturning Maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘yin faoliyatning yetakchi turi sifatida. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra (K. Groos, V Shtern, F. Bontendayk, J. Piaje, E.Erikson, L. Vigotskiy, D.B. El'konin dr.), o‘yin kichik bolalar hayotining muhim qismi bo‘lib, o‘yin bilan rivojlanish uzviy bog‘liq jarayonlardir. Ekspertlarning fikricha, “O‘yin bolalarga bilim doirasi va harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni qurshab odamlar dunyosi va undagi o‘zining o‘rnini anglash uchun zarur” (Frosti Yakob, 1995g.). O‘yin jarayonida bolalar hamkorlik qilishga o‘rganadi, qoidalar bilan tanishadi va yangilarini ishlab chiqadi, o‘ziga va boshqalarga baho berishi ko‘nikmalarini rivojlanadi, shaxsiy, jismoniy, intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi. “Ilm yo‘li” variativ dasturi kuzatish va izlanish, tajriba o‘tkazish va loyihaviy faoliyat kabi muhim turlarlarning ahamiyatini inkor etmagan holda, faoliyatning yetakchi turi – o‘yinga pedagoglarning diqqat-e’tiborini jalb etadi. Aynan o‘yin jarayonida ma’lum darajada faoliyatning mazkur turlarining barchasida albatta ishtirok etadi. Maktabgacha ta’limdagi modernizasion o‘zgarishlar tarbiyachilarga maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish metodlari va shakllarini tanlab olish erkinligini beradi. Zamonaviy o‘qitishning asosiy natijasi bo‘lib shu narsa hisoblanadiki, bunga ko‘ra bola uning rivojlanishiga va hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishiga qanchalik yordam bera oladigan nimalarni o‘zlashtirgani e'tiborga olinadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan o‘qitish shakllari intellektual jarayonlarning shakllanishiga yordam berishi, masalalarni ijodiy hal qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishi, mustaqillikni va ma'suliyatni o‘rgatishi, bolalarni o‘z xulq-atvorini boshqarishni mashq qildirishi lozimdir. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib sanaladi. U sog‘lom va rivojlangan bola shaxsining shakllanishini ta'minlashi, tizimli o‘qitishga tayyorlash bilan unda o‘qish- o‘rganishga intilishni uyg‘otishi zarur deyiladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ta'lim berish g‘oyasi birinchi bo‘lib chet el pedagogikasida chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish mumkinligini ko‘rsatib berdi. SHu davrda bolani yoshini e'tiborga olgan holda kishi o‘rganishi lozim bulgan hamma narsaga o‘rganish lozim deydi. Mavzu metodologiyasi. Maktabgacha ta'lim jarayonida ustivor modeli bu maktabgacha yoshdagi bolalarga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish hisoblanadi. MTT esa 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ilk ijtimoiy, rivojlanuvchi muhiti hisoblanadi. Tashkilotda bolalar tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim va tarbiya olishadi. Rivojlanib borayotgan bolaning dunyoqarashini to‘g‘ri shaklantirish, ta’lim sifatini yaxshilash, milliy qadryatlar ruhida vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashda aqliy tarbiyaning o‘rni haqida so‘z yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashda aqliy tarbiyaning o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mind, intuition, perception, contemplation, imagination, cognitive, cognitive processes, development of the intellect, development, Keywords: mind, memory
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]ПедагогикаENРецензированоОткрытый доступ
ASPECTS OF NAVRUZ AND NEW YEAR'S HOLIDAYS

Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийAND NOWROZ”, Fozilova OgiloFayoz kizi2025

8
CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти