К содержанию
РецензированоUZ2026

ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI

Kamola Xusanboyeva Nig‘matjonovna

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada elektron tijorat tushunchasi, uning shakllanish tarixi, zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Internet texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan onlayn savdo-sotiqning hajmi ortib borayotgani, biznes subyektlari va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning yangi shakllari paydo bo‘layotgani qayd etiladi. Shuningdek, elektron to‘lov tizimlarining turli ko‘rinishlari – mobil ilovalar orqali to‘lovlar, elektron hamyonlar, internet- banking, kriptovalyutalarga asoslangan to‘lovlar va NFC texnologiyalari asosida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqolada elektron to‘lov tizimlarining ishonchliligi, xavfsizlik darajasi, texnik infratuzilmasi, foydalanuvchilar uchun qulaylik darajasi, shuningdek ularning qonunchilik asoslari hamda davlat tomonidan tartibga solinishi bo‘yicha muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Xususan, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga katta turtki berayotgan elektron tijorat platformalari va elektron to‘lov tizimlari, ularning milliy iqtisodiyotdagi roli, hamda xalqaro tajribalar bilan taqqoslash asosida takliflar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: Elektron tijorat, elektron to‘lov tizimlari, raqamli iqtisodiyot, onlayn savdo, internet-banking, mobil to‘lovlar, elektron hamyon, fintex (fintech), kriptoaktivlar, blokcheyn texnologiyasi Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi iqtisodiyotning barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, elektron tijorat va elektron to‘lov tizimlari zamonaviy raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. An’anaviy savdo shakllari o‘rnini onlayn platformalar egallayotgani, tovar va xizmatlar iste’moli jarayoni esa tez, qulay va xavfsiz elektron vositalar orqali amalga oshirilayotgani global tendensiyaga aylangan. Elektron tijorat – bu internet tarmog‘i orqali tovar va xizmatlar savdosini tashkil etish bo‘lib, u biznes subyektlari va iste’molchilar o‘rtasida yangi turdagi aloqalarni vujudga keltiradi. Bu tizim o‘z ichiga mijozlarga xizmat ko‘rsatish, reklama qilish, buyurtmalarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirish kabi bosqichlarni oladi. Shu bilan birga, elektron to‘lov tizimlari bu jarayonning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, foydalanuvchilarga bank kartalari, elektron hamyonlar, mobil ilovalar yoki QR- kodlar orqali tezkor va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ularning https://scientific-jl.com/ped 1 35 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 ishonchliligi va qulayligi nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlarda ham elektron tijoratning keng yoyilishiga xizmat qilmoqda. Mazkur ishda elektron tijorat va elektron to‘lov tizimlarining nazariy asoslari, amaliy jihatlari, zamonaviy texnologiyalari va ularning rivojlanish istiqbollari yoritiladi. Zamonaviy dunyoda elektron tijorat inson hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Har bir foydalanuvchi uydan chiqmagan holda kerakli mahsulot yoki xizmatni topish, taqqoslash va xarid qilish imkoniyatiga ega. Bu esa nafaqat qulaylik, balki vaqt va resurslarni tejash imkonini yaratadi. Misol uchun, onlayn do‘konlar orqali viloyatlardagi tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini nafaqat ichki bozor, balki xalqaro bozorlarga ham chiqara olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Elektron tijoratni samarali tashkil qilishda to‘lov tizimlarining roli juda muhim. Masalan, mobil telefon orqali bir necha soniya ichida to‘lovni amalga oshirish imkoniyati, foydalanuvchilar ishonchini oshiradi va savdo hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi. Ko‘pchilik kichik biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z mahsulotlarini reklama qilish bilan birga, to‘lovlarni elektron tarzda qabul qilishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa, bir qarashda oddiy ko‘ringan bo‘lsa-da, iqtisodiyotni raqamlashtirish yo‘lida katta qadamdir. Elektron to‘lov tizimlarining rivojlanishi banklar, fintech kompaniyalar va texnologik startaplar o‘rtasida kuchli raqobatni yuzaga keltirmoqda. Masalan, QR-kod asosidagi to‘lovlar yoki NFC texnologiyasidan foydalangan holda telefon orqali to‘lash imkoniyatlari kundalik hayotda tobora ommalashmoqda. Har bir yangi texnologiya foydalanuvchi uchun yanada soddalashtirilgan, xavfsiz va tezkor xizmatni taklif qilmoqda. Bu esa aholining moliyaviy savodxonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda sezilarli taraqqiyot kuzatilmoqda. UzCard va HUMO tizimlari orqali millionlab foydalanuvchilar to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshiryapti. Yangi yaratilayotgan mobil ilovalar, masalan Payme, Click, Apelsin kabi xizmatlar orqali foydalanuvchilar uyda o‘tirgan holda kommunal to‘lovlar, soliqlar, internet va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Bu tizimlar zamonaviy turmush tarzining ajralmas vositasiga aylanmoqda. Elektron tijorat va to‘lov tizimlarida eng muhim jihatlardan biri bu xavfsizlikdir. Foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish, tranzaksiyalarni shifrlash, ikki bosqichli autentif

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada elektron tijorat tushunchasi, uning shakllanish tarixi, zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada elektron tijorat tushunchasi, uning shakllanish tarixi, zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kriptoaktivlar, mobil to‘lovlar, onlayn savdo, fintex (fintech), raqamli iqtisodiyot, elektron hamyon, blokcheyn texnologiyasi, elektron to‘lov tizimlari, Kalit so‘zlar: Elektron tijorat, internet-banking
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники