К содержанию
РецензированоUZ2026

TIJORAT BANKLARIDA ELEKTRON PULLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI · Nazarova Shohista Tolmas qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyotining hozirgi holati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan. So‘nggi yillarda raqamli moliya texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani sababli, bank tizimida elektron to‘lov vositalarining roli ortib bormoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarining elektron pullar bilan ishlashdagi amaliyoti o‘rganilib, texnik, huquqiy va axborot xavfsizligi sohalaridagi dolzarb masalalar aniqlangan. Shuningdek, mijozlar bilan interaktiv aloqalarni yaxshilash, raqamli savodxonlikni oshirish va fintech integratsiyasi asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada ilmiy tahlil va empirik ma’lumotlarga asoslangan xulosalar orqali bank tizimida elektron pullar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari yoritib berilgan. Kirish. Raqamli texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi moliya bozorlarining ham tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, elektron pul vositalari bilan ishlash — zamonaviy bank tizimining ajralmas elementi sifatida shakllanib bormoqda. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) va boshqa moliyaviy institutlarning ma’lumotlariga ko‘ra, elektron pullar nafaqat moliyaviy muomalalarni soddalashtiradi, balki iqtisodiyotning soya sektorini qisqartirish, fiskal shaffoflikni ta’minlash va aholining moliyaviy inklyuziyasini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda elektron pul vositalari jahonning yetakchi mamlakatlarida keng joriy etilgan bo‘lib, ularning amaliyoti bank-mijoz munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan qarorlari asosida so‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan elektron to‘lov tizimlari faol joriy qilinmoqda. Jumladan, QR-to‘lovlar, mobil ilovalar, onlayn banking, virtual kartalar va raqamli hamyonlar singari xizmatlar orqali elektron pullar bilan tranzaktsiyalar hajmi keskin oshmoqda. Markaziy bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha bergan statistik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron to‘lovlar hajmi so‘nggi 5 yil ichida qariyb 4 baravar oshgan, foydalanuvchilar soni esa 20 milliondan oshgan. Shu bilan birga, amaliyotda elektron pullar bilan ishlashda bir qator tizimli muammolar ham mavjud. Jumladan: https://scientific-jl.com/ped 1 57 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 * Axborot xavfsizligining yetarli darajada ta'minlanmagani; * Huquqiy-me’yoriy bazaning to‘liq shakllanmaganligi; * Elektron tizimlar ishonchliligi va barqarorligining pastligi; * Mijozlarning raqamli savodxonlik darajasi yetarli emasligi; * Banklararo elektron integratsiyaning sustligi. Bundan tashqari, banklar va fintech kompaniyalar o‘rtasida raqobatning keskinlashuvi, mijozlar tajribasiga bo‘lgan e’tiborning ortishi, servis darajasining xalqaro talablarga moslashuvi zarurati elektron pullar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar — Janubiy Koreya, Singapur, Shvetsiya, Estoniya kabi davlatlarning bank tizimida elektron pullardan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishish uchun davlat siyosati, texnologik infratuzilma, banklararo hamkorlik, axborot xavfsizligi va foydalanuvchi huquqlari himoyasi o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Shunday sharoitda, O‘zbekistonda elektron pullar bilan ishlash amaliyotini rivojlantirish va zamonaviy talablarga moslashtirish banklarning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar ehtiyojini to‘laqonli qondirish va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Metodologiya . Tadqiqotda tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyotini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va takomillashtirish yo‘nalishlarini asoslash maqsadida tizimli yondashuv asosida bir nechta ilmiy- uslubiy metodlar kompleks ravishda qo‘llanildi. Bu metodlar orqali tadqiqot ob’ektining holati, undagi muammolar va rivojlanish istiqbollari ilmiy asosda tahlil qilindi. Tadqiqotning dastlabki bosqichida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida elektron pullar va raqamli to‘lov tizimlari bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Jumladan, quyidagi asosiy hujjatlar o‘rganildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyundagi PQ–4762-son qarori “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida; “To‘lov xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun (2021-yil 16-iyul); Markaziy bankning “Elektron pul tizimlari faoliyatini tartibga solish” bo‘yicha reglamentlari (2022–2024-yillar davomida yangilangan nashrlari). Bu hujjatlar asosida elektron pullar bilan ishlashning ruxsat etilgan shakllari, litsenziya asoslari, regulyator talablari, mijoz huquqlari va xa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyotining hozirgi holati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyotining hozirgi holati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
elektron pullar, pullar ishlash, ishlash amaliyotini, bank tizimida, tizimida elektron, elektron pul, zbekiston respublikasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники