К содержанию
РецензированоRU2026

“AL-HIDOYA” ASARIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI

HIMOYA QILISH MASALALARI · Ganiyev Eldorbek Abduraxmonovich

Педагоги · 2026

Аннотация

В данной статье изучена судебная система и требования, предъявляемые к ней, в защите прав человека в труде «Аль-Хидоя», а также освещены её особенности. Annotation. This article examines the judicial system and the requirements imposed on it in the protection of human rights in the work Al-Hidāyah, and also highlights its distinctive features. Kalit so‘zlar: суд тизими, inson huquqlari, himoya, erkinlik, adolat, javobgarlik. Ключевые слова: судебная система, права человека, свобода, справедливость, ответственность. Keywords: judicial system, human rights, protection, freedom, justice, responsibility. Kirish. “Al-Hidoya” Burhoniddin Marg‘iloniy tomonidan tasnif qilingan mashhur asarlardan biri hisoblanadi. Ushbu asar alloma Burhoniddin Marg‘iloniyning “Bidoyatul mubtadi” asariga muxtasar sharhdir. “Al-Hidoya” asarini o‘z zamonasida mashhur qilgan Burhoniddin Marg‘iloniyning shogirdlari – Shamsula’imma Muhammad ibn Abdusattor Kardariy va boshqa allomalar hisoblanadi1. Asarda inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risida bilimlar, jumladan, inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan boshlab taalluqli ekanligi, ya’ni tabiiy huquqning e’tirof etilishi, inson huquqlari va erkinliklarining teng va barobar taalluqliligi, insonlarning kafolatlangan himoya bilan ta’minlanishi, huquqni qo‘llovchi shaxslarda inson xuquqlari va erkinliklariga rioya qilish bo‘yicha mas’ullikni oshirish kabi masalalar yoritilgan. 1 Ҳидоя шарҳ бидоятул мубтади. Бурҳониддин Марғилоний. -Т.: “Hilol-Nashr”, 2022. – 896, 1-jild 12-b. https://scientific-jl.com/ped 1 90 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Inson huquqlari va uning himoyasi har bir davrning dolzarb masalasi hisoblangan. “Al-Hidoya” asarida inson huquqlari va himoya qilish munosabatlari ahamiyatli masalalar sifatida yoritilgan. “Al-Hidoya” asari faqatgina musulmon dunyosida fiqhni o‘rganish manbaigina bo‘lib qolmasdan, yuridik sohada huquqiy masalalarni hal etishda qo‘llanma sifatida manbaga aylangan. Asarda inson huquqlari himoyasi dolzarb masalalr sifatida bayon etilgan. Insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda sud tizimi ahamiyatli hisoblangan. Sud tizim inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining tarkibiy va hal qiluvchi qismidir. Sud buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash tizimida eng muhim vosita hisoblanadi. Har bir shaxsning huquq va erkinliklarini sud tomonidan muhofaza etilishi, sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Asarda sud tizmida sudyalar uchun alohida talablar o‘rnatilgan bo‘lib, qozilar uchun talablar va qoidalar belgilanganligi inson huquqlarini himoya qilish dolzarb va birlamchi masala ekanligiga dalolat beradi. “Al-Hidoya”da ta’kidlanadiki, qozilik vazifasiga shunday kishilar tayinlanishi lozimki, ular shu vazifani bajara olishi, qarorlar qabul qila bilishi, oliy darajada adolat va yaxshilik tarafdori bo‘lishi zarur. Ular kamida guvohlik bera oladigan shaxslarga qo‘yilgan talablarga javob berishga qodir bo‘lishlari kerak. Chunki guvohlar uchun muhim bo‘lgan xislatlar qozilar uchun ham muhimdir. Agar qozi etib tayinlanayotgan shaxs ozod, sog‘lom kishi bo‘lmasa, voyaga yetmagan bo‘lsa, musulmon bo‘lmasa, tuhmatda ayblangan bo‘lsa, qozi bo‘lishi mumkin emas. Bu talabni hozirgi huquqshunoslik tili bilan ifodalaydigan bo‘lsak, qozi aqli raso, huquq va muomala layoqatiga ega, jismoniy shaxslar talabiga javob bera oladigan, fiqh ilmidan boxabar bo‘lishi lozim2. Qozilikka tayinlangan shaxslar o‘z majburiyatlarini masjid yoki haloyiq oldida, o‘z uylarida olib borishlari kerak edi. Eng yaxshi joy jome’ masjidlari bo‘lgan. Qozilarning pora olishlari, o‘z qarindosh-urug‘lari va yaqin do‘stlaridan o‘zga shaxslardan sovg‘a-salom qabul kilishlari mumkin bo‘lmagan. Ammo qarindosh- urug‘lari konunga xilof harakat sodir etgan bo‘lsa, qozi undan ham sovg‘a-salom olishdan voz kechishi zarur hisoblangan. Agar qozi hukm chiqarish paytida dastlab da’vogar talabiga qarshi tursa-yu, so‘ngra ko‘rinmay ketsa, qozi qaror chiqarish muddatini kechiktirishi mumkin. Chunki, qoidaga ko‘ra, qozi qaror chiqarayotgan paytda da’vogar bilan javobgar o‘rtasida haqiqiy bahs bo‘lishi kerak edi3. 2 З.Муқимов. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т. “Адолат” 2003, 125-бет 3 3. М уқимов. Мовароуннаҳр фиқҳ мактаби. С. “Зарафшон” , 1997. https://scientific-jl.com/ped 1 91 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 “Xidoya”da ko‘rsatilishicha, qozilik vazifasiga shunday kishilar tayinlanmog‘i lozimki, u shu vazifani bajara olishi, qarorlar qabul qila bilishi, oliy darajada adolat va yaxshilik tarafdori bo‘lishi zarur. Ular kamida guvohlik bera oladigan shaxslarga qo‘yilgan talablarga javob berishga qodir bo‘lishlari kerak. Chunki guvhlar uchun muhim bo‘lgan xislatlar qozilar uchun ham muhimdir. Agar qozi etib tayinlanayotgan shaxs ozod, sog‘lom kishi bo‘lmasa, voyaga yetmag

Доказательный фрагмент

«В данной статье изучена судебная система и требования, предъявляемые к ней, в защите прав человека в труде «Аль-Хидоя», а также освещены её особенности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье изучена судебная система и требования, предъявляемые к ней, в защите прав человека в труде «Аль-Хидоя», а также освещены её особенности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
judicial system, human rights, protection, freedom, justice, Kalit so‘zlar: суд тизими, javobgarlik, himoya, erkinlik, adolat, inson huquqlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники