К содержанию
РецензированоUZ2026

TABIIY MATERIALLAR BOLLARNI IJODKORLIKKA UNDAYDI

Mamadaliyev Furqatjon

Педагоги · 2026

Аннотация

Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu hammaga ma’lum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashlari kerak. Texnologiya darslari amaliy mehnat faoliyati bilan birlashtirish va oʻquvchilarning ilmiy bilimlarini chuqur oʻzlashtirishini ta’minlashda ta’limning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish chogʻida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilimlari va tajribasiga suyanadi. Oʻquvchilar tomonidan bajariladigan barcha mehnatga oid harakatlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.Bugun biz tabiiy materiallar bilan ishlash haqida fikr yuritamiz. Kalit soʻzlar: estetika, kompozitsiya, samara, tahlil, koʻnikma, tasavvur, idrok, kombinatsiya. Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy– iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy, madaniy oʻzgarishlar ishlab chiqarishdagi mehnat jarayoniga ham ta’sir etmoqda. Bu jarayonda mehnat tarbiyasining maqsadi, vazifalari mazmuni, yoshlarni kelajakda oʻz kasbining mohir ustasi boʻlib voyaga yetishishda texnologiya ta’limi va tarbiyasi tizimining yangilanishini taqozo etadi. Bu esa ishlab chiqarish munosabatlarida uzluksiz ta’lim va tarbiya muassalari jumladan umumiy oʻrta ta’lim maktablarida xususan boshlangʻich sinflarda olib boriladigan mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida turli ishlardan foydalanib puxta bilim egallashni taqozo etadi. Texnologiya darslarida turli materiallar bilan ishlash darslarini toʻgʻri tashkil etish va uning usullariga qoʻyadigan umumiy talablariga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak.Chunki tabiiy materiallar o`quvchilarda jodkorlikni tarbiyalaydi. Oʻqitish metodlari – bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning usullari boʻlib, bular yordamida oʻqituvchi oʻquvchilarni bilim, koʻnikma va malakalarini egallashlariga erishiladi. Oʻqituvchi oʻz tajribasida oʻqitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. Oʻqituvchining intilishi, hatti-harakati darsda oʻquvchilarning diqqat-e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan boʻlishiga, ularning chambarchasliklariga yoʻllangan boʻlishi kerak. Boshlangʻich sinflarda ish materiallarining mazmuni, hajmi va usullari oʻquvchilarning amaliy ishga tayyorgarlik bosqichiga mos kelishi zarur. Oʻquv materiallarini oʻquvchilarga yetkazib berishda faqat soddalashtirish yoʻli bilan borish maqsadga muvofiq boʻlmaydi. Bunday yoʻl bilan borish oʻquvchilarning aqliy https://scientific-jl.com/ped 2 25 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 rivojlanishi ta’minlay olmaydi. Har bir mavzuni oʻrganishda soddadan murakkabga qarab borish maqsadga muvofiqdir. Boshlangʻich sinflarda turli materiallari bilan ishlashga oʻrgatishda quyidagi ish turlariga boʻlinadi. Turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatish oʻquvchilarni estetik ruhda tarbiyalashga xizmat qilib, ularni gʻoyaviy-siyosiy, aqliy, ahloqiy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishda gʻoyat katta ahamiyatga egadir. Boshlangʻich sinflarda turli materiallari bilan ishlash texnologiya darslarida mehnat ta’limi vazifalari qatoriga quyidagi vazifalarni kiritish mumkin: - oʻquvchilarni tabiatdagi, tevarak-atrofdagi narsa va voqealarga estetik munosabatni tarkib toptirish, ulardagi goʻzallikni his qila bilishga, tushunishga hamda shu his va tushunchalarni hayotga tadbiq etishga oʻrgatish; - tabiatga nisbatan estetik va emotsional sezgirlikni oʻstirish; - muntazam va maqsadga muvofiq ravishda koʻrib-idrok qilishni, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlashni, fantaziyani, koʻrish orqali tasavvur qilish va kombinatsiyalash, ijodiy vazifalarni aniq obrazlarga hal qilishni rivojlantirish; - turli materiallar bilan ishlashning oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish; - ularda tabiatga nisbatan emotsional idrok, ijodiy qobiliyat, did, tasavvurni oʻstirishga qaratish; - turli materiallar asosida turli oʻyinchoqlar va koʻrgazmalar yasashda ijodiy texnik malakalarini rivojlantirish. Hozirgi kunda texnologiya darslarida oʻquvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashning ilk bosqichlarini oʻrganadilar. Darslarda oʻquvchilarni turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatish darslarini tashkil etishning asosiy vazifalaridan biri materiallarga ishlov berish koʻnikmalarini hosil qilish va shunga muvofiq bilimlarni berishdir. Bu ish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki oʻquvchilar hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash ishlarni eslab qolishga qodir boʻlmaydilar. 1. Oʻquvchilar oldiga turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatish maqsadi va mavzusini qoʻyish: a) darslarda turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatishga moʻljallangan buyum yoki ishning oʻquvchilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati; b) belgilangan ishni mustaqil bajarish uchun qanday yangi bilim va koʻnikmalarni egallash lozimligini koʻrsatib oʻtish kerak. 2. Turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatishda ish oʻrni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chizmalarning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga yo

Доказательный фрагмент

«Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu hammaga ma’lum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashlari kerak.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu hammaga ma’lum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashlari kerak. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit soʻzlar: estetika, samara, tasavvur, kompozitsiya, kombinatsiya., idrok, koʻnikma, tahlil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники