К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY VA UNING ILM-FANGA QO’SHGAN HISSASI

QO’SHGAN HISSASI · Rustamaliyev Jahongir

Педагоги · 1 · 410-418 · 2026

Аннотация

Az-Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli sohalariga oid o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan. Allomani chuqur hurmat va mehr bilan «Ustoz ul-arab val- ajam» («Arablar va g‘ayri arablar ustozi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi sharafli nomlar bilan ataganlar. Uning dunyo taraqqiyotiga va xususan arab tili grammatikasini rivojlanishiga o’zining ulkan hissasini qo’shgani uchun ham hozirgacha mashhur olimlar, shoirlar, adiblar va tarixchilar davrasida u doimo yuksak xotiralar bilan eslanadi. Ushbu maqolada Az-Zamaxshariy hayoti va uning ilm fanga qo’shgan hissasi to’g’risida ma’lumotlar kengroq yoritib berildi. Kalit so’zlar: mu’taziliy, tafsir, aruz ilmi, jug‘rofiya, nahvu sarf, nahv, fiqh, muxtasar, etimologiya, frazeologik, Aruz, Maqomat, saj’ uslubi. Ko‘hna Xorazm zaminida jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul qosim az-Zamaxshariy ana shunday ulug‘ siymolardan biridir. Allomaning to‘liq ismi Abul qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy bo‘lib, u hijriy 467 yil rajab oyining 27-kuni (1075-yil 19-mart) Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi unchalik badavlat bo‘lmasa- da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi bo‘lgan va aksar vaqtini Qur’on tilovatiyu namoz o‘qish bilan o‘tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Az- Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan1. Az- Zamaxshariylar oilasi islomning mu’taziliy ta’limotiga mansub bo‘lib, yosh Mahmudning dunyoqarashi mana shu dindor, taqvodor otasining ta’sirida shakllandi va dastlabki bilimni ham o‘z otasidan oldi. Otasi serfarzand bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo’lib shoir qasidalaridan birida otasining farzandlari ko‘p va 1 Z.Islomov, S.Saidjalolov. Mahmud Zamaxshariy va fiqh ilmi. – T.: “Movarounnahr”, 2011. – B 8 https://scientific-jl.com/ped 2 88 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 oilasi katta bo‘lgani tufayli ham tirikchilik yo‘lida tinmay mehnat qilgani haqida yozib qoldirgan. Alloma haqidagi ma’lumotlardan ma’lumki, uning bir oyog‘i yog‘ochdan bo‘lib, tarixchilar bu haqda: «Bir oyog‘i yog‘ochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun ko’rgan odam uni cho‘loq deb o‘ylardi» — deb yozganlar. Uning hayoti haqidagi adabiyotlarda bu haqiqat turlicha tushuntiriladi. Al-Damag‘oniy az- Zamaxshariydan oyog‘i haqida so‘raganini va u bolaligida qushning oyog‘iga arqon bog'laganini aytgan. Shunday qilib, qush uchib qochmoqchi boʻlganida, qushning oyog'i kesilgan. Az-Zamaxsariyning onasi buni ko‘rib, qushning og‘rig‘ini his qilishi uchun unga ham shunday tilak bildirgan. Keyinroq Buxoroga ketayotib, otdan yiqilib, oyog‘ini sindirib, keyinroq kesib tashlagan. Ibn Xalqon va boshqa ulamolar taxminiga ko'ra uning oyogʻidan judo boʻlishiga Xorazmning qahraton qishida doimiy sayohat qilishi sabab boʻlganini taʼkidlaganlar. Bir oyoq bo‘lib qolganidan so‘ng otasi uni endi og‘ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand o‘sgan Mahmud otasidan o‘zini madrasaga o‘qishga yuborishni so‘raydi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan zo‘r ishtiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi. Mashhur sharqshunos olim, akademik I.Yu. Krachkovskiyning “Yog‘och oyoqda yurganiga qaramasdan Mahmud az-Zamaxshariy hazratlari o‘ta harakatchanligi bilan ajralib turgan”, deb yozishi ham bejiz emas. Az- Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar asosan O‘rta asr arab manbalarida keltiriladi. Barchamizga ma’lumki Az-Zamaxshariy islom diniga e’tiqod qilgan. Lekin uning qaysi oqimida ekanligi hozirgacha tortishuvliligicha qolmoqda. Chunki uning hayotini va asarlarini o’rganib tahlil qilgan ko’plab olimlar turlicha fikr bildirishgan. Bular orasida Zamahshariy Islom dinining hanafiy masxabida bolganligi haqida koplab olimlar va tarixchilar malumotlar berib o’tishadi. Misol uchun; Iroqlik olim doktor Bahiyja Boqir al-Hasaniy Zamaxshariyning “Al-muhojot bil-masail an-nahviya” asariga yozgan so‘zboshisida allomaning fiqhda hanafiy mazhabiga mansub bo‘lganini qayd etgan. Doktor Abdulloh Nazir Ahmad ham Zamaxshariyning “Ruusul-masail al- xilafiya baynal-hanafiyya vash-shafiiyya” asarining nashri muqaddimasida allomaning hanafiy mazhabining faqihi ekanini ta’kidlagan. Mahmud Zamaxshariy o‘zining mashhur tafsiri “Al Kashshof” da esa yuzdan ortiq o‘rinda Imom A’zam, Abu Hanifa, No‘mon ibn Sobit va uning Muhammad ibn Hasan Shayboniy, ibn Ibrohim al-Ansoriy hamda Zufar ibn Huzayl kabi shogirdlarining oyatlardan olinadigan fiqhiy hukmlar borasidagi qarashlarini naql qilgan. Shuningdek, “Ruusul-masail” asarida Zamaxshariyning hanafiy mazhabiga oid masalalarni yoritishda “Bizning qarashimiz yoki bizning dalilimiz” kabi iboralarni ishlatgani uning mazkur mazhab vakili va namoyandasi ekanini isbotlaydi. Allomaning bir qancha asarlarini tadqiq etib, nashr etgan doktor Boqir al-Hasaniy mashhur muarrix Ibn

Доказательный фрагмент

«Az-Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli sohalariga oid o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Az-Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli sohalariga oid o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
frazeologik, Aruz, muxtasar, jug‘rofiya, tafsir, fiqh, saj’ uslubi., Kalit so’zlar: mu’taziliy, nahvu sarf, nahv, Maqomat, aruz ilmi, etimologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники