К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILI SEMANTIK ANALIZATORIDA POLIFUNKSIONAL SO‘ZLARNING O‘RGANILISHI

POLIFUNKSIONAL SO‘ZLARNING O‘RGANILISHI · Usmonova Shahnoza Alisher qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Maqolada o'zbek tili semantik analizatorlarida polifunksional so'zlarni lingvistik modellashtirishning dolzarbligi, yechimini kutayotgan muammolari va ularni hal etish yo'llari ko'rib chiqiladi. Polifunksionallikning o'zbek tili tahliliga ta'siri, mavjud yondashuvlar va kelgusidagi tadqiqotlar uchun yo'nalishlar muhokama qilinadi. Kalit so'zlar: Semantik analizator, polifunksional so'zlar, lingvistik modellashtirish, o'zbek tili, kontekst, sintaktik tahlil, morfologik tahlil, korpus. Bugungi kunda o‘zbek milliy korpusida polifunksional so‘zlarning o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega . Zamonaviy kompyuter texnologiyalariga polifunksional so‘zlarning tushunarli qilib yetkazib berilishi ham polifunksional so‘zlarning o‘rganilishi zarurligini ko‘rsatadi . Avvalo , o‘zbek milliy korpusini tashkil etuvchi lingvistik protsessor haqida gapiradigan bo‘lsak , tizim axborot transformatsiyasini uch darajasini o‘z ichiga oladi: morfologik, sintaktik va semantik.1 Birinchi navbatda morfologik so‘ngra sintaktik va semantik tahlil amalga oshiriladi.Polifunksional so‘zlarning o‘rganilishida semantik tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, polifunksional so‘zlar kontekstdagi ma’nosiga ko‘ra aniqlanadi.Shu o‘rinda morfologik tahlil jarayoni imloni tuzatish vositalari,mashina tarjimasi tizimlari va elektron lug‘atlar kabi tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarining muhim tarkibiy qismidir.Polifunksionallik turli kontekstda turli vazifalarda keladi. Quyida polifunksional so‘zlarga misollar keltirildi: so‘z ma’nosi So‘z turkumi 1.kech tun payti ot bemahal 2.nomuvofiq ,nomaqbul Ravish 1.tartibli,muayyan tartibga keltirilgan sifat batartib o‘z o‘rnida joylashgan saranjom sarishta 2.ma’lum tartibga amal qilgan ravish holda,tartibli ravishda 1 Sh.Gulyamova “Til ta’lim va tarjima 32bet” https://scientific-jl.com/ped 3 25 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 1.zid ma’noli gaplarni gap bo‘laklarini bog‘lovchi balki bir-biriga bog‘lash 2.kirish so‘z gumon,taxmin ma’nolarini bildiradi modal Batartib so‘zi ishtirok etgan quyidagi gaplarda uning vazifalarini ko‘rish mumkin. 1.Deraza yonidagi karavotda harakatsiz yotgan uy xojasi Shokir devordagi osig‘liq suratlarga,javonda batartib terilgan choynak-piyolalarga tikila turib entikdi. 2.Akbarali guruhimizdagi ancha batartib, xati chiroyli o‘zi ham kelishgan yigit edi. 1- gapda ravish so‘z turkumi vazifasida ,2-gapda sifat so‘z turkumi vazifasifda kelgan bo‘lsa ham ma’nolari bir-biriga uzviy bog‘langan va ikki so‘z turkumi doirasida polifunksionallikni ifodalaydi.Polifunksionallikni aniqlashning mavjud yondashuvlari an’anaviy detirministikaga bo‘linadi , ya’ni lokal va global sintaktik tahlil, sintaktik lug‘at va ehtimolliklarga asoslanadi.2 Polifunksional so‘zlarni aniqlash deganda asosan ularning kontekstdagi ma’nolarini aniqlash va qaysi so‘z turkumiga taaluqli ekanligi farqlash tushuniladi. Polifunksionallikning o'zbek tili tahliliga ta'siri: Polifunksional so'zlarning mavjudligi o'zbek tili matnlarini avtomatik tahlil qilishda bir qator qiyinchiliklarni tug'diradi: • Grammatik noaniqlik: Bir so'zning turli grammatik kategoriyalarga tegishli bo'lishi POS-tagging (part-of-speech tagging) jarayonida xatoliklarga olib kelishi mumkin. • Sintaktik tahlil: So'zning grammatik kategoriyasi va ma'nosi aniq bo'lmagan holda, gapning sintaktik tuzilishini to'g'ri aniqlash qiyinlashadi. • Semantik tahlil: Gapning ma'nosini to'g'ri tushunish uchun so'zlarning to'g'ri ma'nolarini aniqlash zarur. Polifunksionallik bu jarayonga xalaqit beradi. Mavjud yondashuvlar: O'zbek tili semantik analizatorlarida polifunksional so'zlarni modellashtirish uchun turli xil yondashuvlar qo'llaniladi: • Qoidalar asosidagi yondashuv: Tilshunoslar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar asosida so'zlarning grammatik kategoriyalari va ma'nolari aniqlanadi. • Statistik yondashuv: Annotatsiyalangan matn korpuslariga asoslangan statistik modellar yordamida so'zlarning grammatik kategoriyalari va ma'nolari aniqlanadi. • Mashinalarni o'rgatish yondashuvi: Mashinalarni o'rgatish algoritmlari yordamida (masalan, chuqur o'rganish) so'zlarning grammatik kategoriyalari va ma'nolari aniqlanadi. 2 Xolisa Ahmedova[statistic usullar yordamida polifunksional so‘zlarni semantic farqlash 2024.29] https://scientific-jl.com/ped 3 26 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 • Gibrid yondashuv: Qoidalar asosidagi va statistik yondashuvlarning kombinatsiyasi. Yechimlar va kelgusidagi tadqiqotlar yo'nalishlari: Polifunksional so'zlarni lingvistik modellashtirish muammosini hal etish uchun quyidagi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borish lozim: • Katta hajmdagi annotatsiyalangan matn korpuslarini yaratish: Mashinalarni o'rgatish algoritmlarini o'rgatish uchun katta hajmdagi annotatsiyalangan matn korpuslari zarur. • O'

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Semantik analizator, polifunksional so'zlar, lingvistik, sintaktik tahlil, Kalit so'zlar: Semantik analizator, o'zbek tili, kontekst, korpus., morfologik tahlil, lingvistik modellashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники