К содержанию
РецензированоUZ2026

TIBBIY TA’LIM FANLARINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI.

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. · Hazratqulova Ozoda Abdug’aniyevna

Журнал универсальных научных исследований · 12 · 67-72 · 2026

Аннотация

Mazkur ishda tibbiy ta’lim jarayonida interfaol o‘qitish metodlarining o‘rni, ularning samaradorligi va amaliyotga yo‘naltirilganligi yoritilgan. An‘anaviy ta’lim shakllariga nisbatan interfaol metodlar talabalarda tanqidiy va klinik fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishda muammoga yo’naltirilgan o’qitish (PBL) klinik holat tahlili, rol o’ynash, simulyatsiyatsiya va guruhiy ish kabi metodlarning afzalliklari tahlil qilinib, ularning tibbiy kadrlarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlarni samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan. Tadqiqotdan kelib chiqqan xulosalarga ko‘ra, tibbiy ta’limda interfaol yondashuvlar bilimni chuqur egallash, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga tayyor kadrlarni tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Tibbiy ta’lim, interfaol metodlar, klinik fikrlash, simulyatsiya, rol o‘ynash, case-study, faol o‘qitish metodlari, jamoaviy ish, tanqidiy fikrlash, kasbiy kompetensiya, talaba faolligi, amaliy ko‘nikmalar, o‘qitish samaradorligi, tibbiyotda pedagogika. Kirish. Tibbiy ta’limda interfaol metodlarning o‘rni juda muhim va dolzarbdir. An’anaviy ma’ruza asosidagi ta’lim usullaridan farqli ravishda, interfaol metodlar talabalarning bilimni chuqurroq egallashiga, tanqidiy va klinik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishiga, hamda amaliyotda mustaqil ishlashga tayyorlanishiga yordam beradi. Quyida interfaol metodlarning tibbiy ta'limdagi asosiy o‘rinlari va afzalliklari keltirilgan: Klinik fikrlash va qaror qabul qilishni rivojlantirish; Interfaol metodlar (masalan, klinik holatlarni tahlil qilish, rol o‘ynash, muammoga yo‘naltirilgan o‘qitish - PBL) talabalarga real hayotdagi vaziyatlarda mustaqil fikrlashni va muammolarga echim topishni o‘rgatadi. Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish - Simulyatsiya, laboratoriya mashg‘ulotlari yoki guruhiy muhokamalar orqali talabalar klinik muolajalarni mashq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ularning kasbiy tayyorgarligini oshiradi. Faol ishtirok va motivatsiyani oshirish- Interfaol metodlar talabalarni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Bu usullar ular orasida sog‘lom raqobat, qiziqish va javobgarlikni kuchaytiradi. Jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish-Guruhiy ishlar orqali talabalar kommunikativ va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. Tibbiyot sohasida bu ko‘nikmalar juda muhimdir. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish - Interfaol metodlar, ayniqsa muammoga yo‘naltirilgan o‘qitish (PBL), talabalarni faktlarni tahlil qilishga, dalillar asosida qaror qabul qilishga va muammolarning turli jihatlarini ko‘rib chiqishga o‘rgatadi. Tibbiy ta'limda interfaol metodlarning roli - Interfaol metodlar — bu talaba va o‘qituvchi o‘rtasida ikki tomonlama faol muloqotni ta’minlovchi, talabaning bilim olish jarayoniga faol kirishishini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik yondashuvlardir. Bu metodlar orqali talaba passiv tinglovchi emas, balki o‘rganish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Tibbiy ta’limdagi muhim interfaol metodlar Metod nomi Ta‘rifi va foydasi Muammoga Talabalar kichik guruhlarda klinik holatni hal qiladi. Tahlil, muloqot va yo‘naltirilgan o‘qitish muammoni yechish ko‘nikmalari rivojlanadi. 111 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Metod nomi Ta‘rifi va foydasi Tibbiy holatlar, bemor-shifokor muloqoti, etik muammolarni dramatik Rol o‘ynash tarzda ifodalash orqali talabaning empatiya, kommunikatsiya va axloqiy qadriyatlari rivojlanadi. Klinik stsenariylarni maxsus qurilmalar yoki aktyorlar yordamida Simulyatsiya simulyatsiya qilish. Talabalar amaliy ko‘nikmalarni xatarsiz muhitda mashq qiladi. Kichik guruhlar bilan Guruhda ishlash orqali tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik rivojlanadi. ishlash Debatlar va Tibbiyotdagi turli fikrlar va bahsli masalalar ustida fikr almashiladi. Har muhokamalar tomonlama tahlil qilish ko‘nikmasi ortadi. Aniq bir bemor holati asosida diagnostika, differensial diagnostika, Case-study davolash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tibbiy ta’limda interfaolmetodlarni qo’llashning afzalliklari: -interfaol metodlar orqali talabalar o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliy holatlarda qo‘llashni o‘rganadi. Bu ularni kelajakdagi shifokorlik faoliyatiga tayyorlaydi: -tibbiyot nafaqat bilim, balki ko‘nikma va munosabatlardan ham iborat. Interfaol metodlar har uchala komponentni shakllantiradi: bilim, ko‘nikma, munosabat. Sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun asos - bemor bilan muloqot, etika, empatiya, qaror qabul qilish — bularning barchasi interfaol metodlar orqali mashq qilinadi va kelajakdagi sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga poydevor bo‘ladi. Xalqaro tajribada interfaol metodlar • AQSH va Kanada tibbiy universitetlarida PBL va simulyatsiya markazlari asosiy o‘quv metodlariga aylangan. • Buyuk Britaniyada tibbiy etika va kommunikatsiya bo‘yicha rol o‘

Доказательный фрагмент

«Mazkur ishda tibbiy ta’lim jarayonida interfaol o‘qitish metodlarining o‘rni, ularning samaradorligi va amaliyotga yo‘naltirilganligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ishda tibbiy ta’lim jarayonida interfaol o‘qitish metodlarining o‘rni, ularning samaradorligi va amaliyotga yo‘naltirilganligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
simulyatsiya, case-study, Tibbiy ta’lim, rol o‘ynash, interfaol metodlar, faol o‘qitish metodlari, klinik fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники