К содержанию
РецензированоUZ2026

TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA “TIBBIY BIOLOGIYA.UMUMIY GENETIKA’’ FANINI INTERFAOL TA’LIM ASOSIDA O‘QITISH

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Ro‘ziyeva Gulsara Temirqulovna

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi davolash ishi yo‘nalishi talabalariga o‘qitiladigan Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan o‘tiladigan mavzularni o‘qitishda, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida, keys stadi, blits-so‘rov, sinkveyn interfaol metodlardan foydalanishning bilim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: innovatsiya, biopolimer, interfaol, nuklein kislota, ta’lim, oqsil, texnologiya, pedagogika, bilim, ko‘nikma, metod. Kirish. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “Bugungi kunda dunyoda innovatsion g‘oyasiz, ilm- fan yutuqlarisiz bironta sohani rivojlanishi mumkin emas” degan fikrni hammaga yetkazmoqdalar. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari dasturlaridagi fanlarning o‘qitilishi bugungi kunning talablariga javob berishi va yuksak bilim, malaka hamda ko‘nikmalar bilan qurollangan, ularni amalda qo‘llay oladigan, ijodiy va mantiqiy fikr yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishi kerak. Dasvlatimiz tibbiyot sohasida ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda, ta’lim-tarbiya masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yib kelmoqda. Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni yangi asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi.Bunday murakkab ijtimoiy vazifani hal etishda boshqa fanlar bilan bir qatorda ilmiy asosga qurilgan milliy pedagoglar zimmasiga katta mas’uliyat tushadi. Tadqiqot metodologiyasi. Tibbiy biologiya. Umumiy genetikaning diqqat markazidagi obyektlar, birinchi navbatda, undagi mavzular: masalan, oqsillar va nuklein kislotalarni mavzusini tadqiq qilish bilan birga, bu molekulalarning turli shakllarini, evolyutsiyasi, funksiyasini o‘rganishni hamda organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning turli variantlari bilan shug‘ullanadi. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika fanining tadqiqotlaridan kelib chiqqan holda, biomolekulalarning, jumladan, nuklein kislotalarning tuzilishi bilan bajarayotgan ishi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Pedagogikada o‘qitish metodlarini tasniflashga yagona yondashuv mavjud emas. Tibbiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar va ulardan dars jarayonida foydalanish bo‘yicha jahon, MDH va respublikamiz olimlari tomonidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yangi pedtexnologiya tushunchasining vujudga kelishi 60-yillarda Amerika va G‘arbiy Evropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq. Yangicha o‘qitish g‘oyasi va tamoyillari S.L. Rubinshteyn, M.I. Maxmudov, V. Okon, I.Ya. Lerner, T. Sakamoto (Yaponiya), V.P. Bespalko kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Jahon pedagogikasida B. Blum, J. Koroll, P. Galperin, V.I. Davidov, N.A. Menchinskaya texnologiyalari mashhurdur. Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilingandan boshlab, ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik obyektlari sifatida ko‘tarila boshlandi. U. Nishonaliyev, N.S. Saidahmedov, N.N. Azizxo‘jayeva, M. Ziyamuxammedov, U. Tolipov, B.L. Farberman, R. Ishmuxammedov kabi pedagog-olimlar respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Mamlakatimiz biologiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish J.O. Tolipova, A.T. G‘ofurov, G. Ergasheva kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Tadqiqotning obyekti: 98 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti ‘‘Tabiiy fanlar’’ kafedrasi davolash ishi va stomotologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun o‘qitiladigan “Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanini o‘qitish jarayoni. Tadqiqotning predmeti: Oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanining mazmuni, mohiyati va o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, shakllar va vositalar majmuasi hisoblanadi. Maqola maqsadi va vazifalari: Oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini oqitishda, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash orqali talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishdir. Mavzuni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodlar, xususan,kichik guruhlarda ishlash, klaster texnologiyasi, keys-stadi,muammoli ta’lim, didaktik o‘yinlar, hamkorlikda o‘qitish, interfaol va boshqa metodlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tahlil va natijalar: Tadqiqot natijasida olingan xulosalar “Tibbiy biologiya.Umumiy genetika” fani bo‘yicha tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bo‘lishi mumkin. Olingan xulosa va bildirgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, “Tib

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi davolash ishi yo‘nalishi talabalariga o‘qitiladigan Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan o‘tiladigan mavzularni o‘qitishda, zamonaviy pedagogik texnolog…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi davolash ishi yo‘nalishi talabalariga o‘qitiladigan Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan o‘tiladigan mavzularni o‘qitishda, zamonaviy pedagogik texnolog… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko‘nikma, innovatsiya, ta’lim, nuklein kislota, interfaol, texnologiya, bilim, biopolimer, pedagogika, metod., oqsil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники