Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Qaynona va kelin
Ahmad Muhammad Tursun
Учебная литература · 2003
Аннотация
Xoliqimiz Alloh taologa beadad hamdu sanolar va Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga salovotu durudlar bo‘lsin. Hayotimizning qaysi sohasida baxtu saodatni, xususan, oiladagi totuvlik-iqbolni, farog‘atni izlasak, uni albatta sharqona axloq-odobimizdan topamiz. Shu boiski, turmush tarzi buzuq aqidalar asosiga qurilgan qavmlar musulmonlarning oilaviy hayotiga, undagi ahillik va farog‘atga, axloq va odobga havas bilan qaraydilar. Sharqona axloqdan chekinilgan xonadonlarda esa oila totuvligiga putur yetib, munosabatlar keskinlashib borgan. Er va xotin, ota-ona hamda farzandlar o‘rtasida, oila va qarindosh-urug‘lar orasida arzimas sabab-bahonalar bilan urush-janjallar, murosasizliklar kelib chiqqan. Ba’zi hollarda bular yanada jiddiylashib, o‘zaro adovat, dushmanchilik darajasiga yetib boradi. Ayniqsa, bu hol butun dunyoda ma’lumu mashhur «qaynona va kelin» munosabatlarida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Xo‘sh, ana shunday murosasizliklarning, kelishmovchiliklarning oldini olish mumkinmi? Buning uchun qaynona va kelin, oilaning boshqa a’zolari nima qilishlari kerak? Bu haqda Islom dinining qanday ko‘rsatmalari, tanbehlari bor? Qo‘lingizdagi ushbu kamtarona urinishga ana shu savollarga bir qadar javob topmoq niyatida tartib berildi. Agar maqsadga erisholgan bo‘lsak, bu ulug‘ Rabbimiz ning lutfu marhamatidan, aksincha bo‘lsa, o‘quvchilarimiz ma’zur tutgaylar. Alloh taolo barchamizni tavfiq va hidoyat nurlari ila nurlantirsin, oilalari mizga tinchlik, farog‘at va totuvlik ato etsin, omin!
Доказательный фрагмент
«Xoliqimiz Alloh taologa beadad hamdu sanolar va Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga salovotu durudlar bo‘lsin.»
Образец извлечения
Демо-превьюXoliqimiz Alloh taologa beadad hamdu sanolar va Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga salovotu durudlar bo‘lsin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025