Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Oisha roziyallohu anho Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayoli
Abdulhamid Tahmoz
Учебная литература · 2005
Аннотация
Islom olamidagi muhtarama zotlarning eng avvalida shubhasiz Oisha onamizning nomi zikr etiladi. Chunki ul muhtarama Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun eng sevimli rafiqa bo’lgan. Shuning uchun ham Nabiy alayhissalom Oisha onamizni erkalab, “Ya A’ish” deb chaqirar ekanlar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun sevimli bo’lgan zotlar uning ummatlari uchun ham sevimlidir. Qolaversa, Oisha onamiz bilan bog’liq oyati karimalar nozil bo’lganki, bu ulug’ hodisa ham ul zotning Alloh huzuridagi martabasidan nishonadir. Oisha onamizning o’zidan shunday hadis rivoyat qilinadi: “Rasul alayhissalom menga: “Ey Oisha, Jabroil senga salom keltirdi” dedilar” (Buxoriy rivoyati). Jabroil alayhissalomdek ulug’ farishta ning salomiga munosib bo’lish saodati har kimga ham nasib etavermaydi. Termiziyning “Shamoyil”ida Nabiy alayhissalom uni “Ey muvaffaqa” (qimmat baho tosh nomi) deb chaqirganlari keltirilgan. Ko’p hollarda “Ey Siddiqning qizi, Ey Abu Bakrning qizi” deya murojat qilganlar. Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalomdan o’ziga kuniya berishni so’raganda “Seni o’g’ling nomi bilan “Ummu Abdulloh” deb chaqiramiz”, deganlar. U opasining o’g’li Abdulloh ibn Zubayrni tarbiyasiga olgan edi. Nasoiyning “Sunan”ida Nabiy alayhissalomning bu suyukli ayolini “Ey Humayro” deb chaqirganlarini tasdiqlaydigan ikki hadis ham mavjud
Доказательный фрагмент
«Islom olamidagi muhtarama zotlarning eng avvalida shubhasiz Oisha onamizning nomi zikr etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюIslom olamidagi muhtarama zotlarning eng avvalida shubhasiz Oisha onamizning nomi zikr etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014