Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOʻLAJAK KIMYO FANI OʻQITUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TIMSS TADQIQOTIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Asadullayeva Gulnoza Asadulla qizi · Bobomurodova Dilobar Obid qizi (Termiz Davlat Pedagogika instituti tayanch doktoranti) · Ravshanova Sojida Safarovna (Termiz Davlat Pedagogika instituti 2 – kurs talabasi)
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlaridan biri — TIMSS tadqiqotiga tayyorlash jarayonidagi pedagogik va psixologik yondashuvlar yoritilgan. Pedagogik jihatdan fanlararo integratsiya, interfaol va muammoli ta’lim metodlari, amaliy tajribalar, baholash tizimlari ko‘rib chiqilgan. Psixologik jihatlar esa o‘quvchilarning motivatsiyasi, kognitiv rivojlanishi, tanqidiy fikrlash, stressni boshqarish, va ilmiy tafakkurni shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi. Maqolada tabiiy fanlar savodxonligini shakllantirishning yo‘nalishlari, kompetensiyalarni rivojlantirish usullari, hamda o‘qituvchining ushbu jarayondagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Kalit so‘zlar. TIMSS, tabiiy fanlar savodxonligi, kimyo o‘qituvchilari, pedagogik yondashuv, psixologik tayyorgarlik, interfaol ta’lim, fanlararo integratsiya, motivatsiya, eksperiment, tanqidiy fikrlash. Kirish. TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) tadqiqoti xalqaro miqyosda oʻquvchilarning matematika va tabiiy fanlar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini baholashga qaratilgan. Boʻlajak kimyo fani oʻqituvchilarini ushbu baholash tizimiga tayyorlash pedagogik va psixologik yondashuvlarni oʻz ichiga oladi. 1. Pedagogik jihatlar. Fanlararo integratsiya: kimyo, matematika va fizika oʻrtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash. Ta’lim metodologiyasini rivojlantirish: interfaol va innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash. Oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatish. Test topshiriqlariga tayyorlash: TIMSS formatidagi test va vazifalarni tahlil qilish. Oʻquvchilarni mantiqiy tahlil va muammolarni hal qilishga yoʻnaltirish. Eksperiment va laboratoriya ishlari: amaliy tajribalar orqali tushunchalarni mustahkamlash. Oʻquvchilarning ilmiy tadqiqot olib borish qobiliyatini oshirish. 2. Psixologik jihatlar Motivatsiya va qiziqishni oshirish: kimyo faniga boʻlgan qiziqishni oshirish uchun turli interfaol metodlarni qoʻllash. Oʻquvchilarga xalqaro baholash tizimining ahamiyatini tushuntirish. Stress va ishonchni boshqarish: oʻquvchilarni test topshirish jarayoniga psixologik jihatdan tayyorlash. Ishonchni oshirish uchun bosqichma-bosqich murakkab topshiriqlarga oʻrgatish. Yozma va og‘zaki muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish: oʻquvchilarning fikrini aniq va tushunarli ifodalash qobiliyatini shakllantirish. Muammolarni hal qilishda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. Oʻzini baholash va refleksiya: oʻquvchilarga oʻz bilim va koʻnikmalarini mustaqil baholashni oʻrgatish. Kuchi va kamchiliklarini anglab, oʻz ustida ishlashga yoʻnaltirish. Asosiy qism. О‘quv fаоliyati bu shundау fаоliyatki, undа shаxsning psixik jаrауоnlаri shаkllаnаdi vа rivоjlаnаdi, uning аsоsidа yangi fаоliyatlаr yuzаgа kelаdi. О‘quv fаоliyati insоnning butun hауоti dаvоmidа nаmоуоn buluvchi uzluksiz jаrауоn. Rus psixоlоgi А.N. Leоntev insоn fаоliyatining psixik vа аmаliу shаkllаri mаvjudligini, о‘quvchi оngi ауnаn о‘quv fаоliyatidа о‘sishini tа’kidlауdi [2; 232-241-b.]. D.B. Elkоnin о‘quv fаоliyatining xususiyatlаrini kо‘rsаtib, uning mоhiyatigа, mаzmunigа vа о‘zini nаmоуоn bо‘lish shаkligа kо‘rа ijtimоiуligini tа’kidlауdi [3; 22-31 b.]. 56 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Bо‘lаjаk kimуо о‘qituvchilаrdа tаbiiу fanlar sаvоdxоnlik kоmpetensiyalаrini shаkllаntirish ustuvоr hisоblаnаdi. Chunki TIMSS tadqiqotida o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va tushunchalari, ularni amaliyotda qo‘llash darajasi ham baholanadi. O‘qituvchi bu jarayonda asosiy vositachi bo‘lib, o‘quvchilarga ilmiy fikrlash va muammolarni hal qilish kompetensiyalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy fanlar savodxonligi kompetensiyalarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari: 1. Fundamental bilimlarni chuqurlashtirish: kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash. Asosiy kimyoviy tushunchalar va qonuniyatlarni chuqur o‘zlashtirish. Ilmiy tushunchalarni real hayot misollarida qo‘llash. 2. Eksperimental va amaliy kompetensiyalar: tajribalarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish qobiliyatini shakllantirish. Olingan natijalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish. Ilmiy tadqiqot metodlarini o‘zlashtirish. 3. Muammolarni hal qilish va tahlil qilish qobiliyatlari: yangi bilimlarni avvalgi tajriba asosida tushunish va bog‘lash. Aniq misollar asosida ilmiy-mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. Fanlararo muammolarni yechishga yo‘naltirilgan topshiriqlar bilan ishlash. 4. Axborotlarni izlash va qayta ishlash qobiliyati: ilmiy ma’lumotlar va statistik ma’lumotlarni tushunish, tahlil qilish. O‘quvchilarga ilmiy manbalar bilan ishlashni o‘rgatish. Tabiiy fanlar bo‘yicha yangiliklarni kuzatish va innovatsion yechimlarni tahlil qilish. 5. Muloqot va taqdimot qobiliyatlari: o‘z fikrini ilmiy asoslangan holda ifodalash. Kimyoviy jarayonlarni tushuntirish uchun grafik va diagrammalardan foydalanish. O‘quvchilarni bahs- munozaralarga jalb qilish va mu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlaridan biri — TIMSS tadqiqotiga tayyorlash jarayonidagi pedagogik va psixologik yondashuvlar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlaridan biri — TIMSS tadqiqotiga tayyorlash jarayonidagi pedagogik va psixologik yondashuvlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik yondashuv, i, nterfaol ta’lim, tabiiy fanlar savodxonligi, TIMSS, fanlararo integratsiya, tanqidiy fikrlash., motivatsiya, kimyo o‘qituvchilari, eksperiment, psixologik tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026