Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
STEAM TA’LIMINI JORIY ETISHDA “TABIIY FANLAR” NING MOHIYATI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Ismoilov Bobur Toxirovich · Turayev Akbarali Murodulla o'g'li
Журнал универсальных научных исследований · 221- 225 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada STEAM yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda “Tabiiy fanlar”ning o‘zaro fanlararo bog‘liqligi ifoda etilgan. Ya’ni, “Tabiiy fanlar” o‘zaro qay tartibda fanlar bilan integrativ jarayonga kirishishi va fanlararo aloqadorlik STEAM yondashuv asosida qanday yoritilishi bayon etilgan. Mamlakatimizda ilk bor STEAM ta'limi umumta'lim maktablarida boshlangʻich sinflarida “Tabiiy fanlar”ning oʻqitilishi joriy qilinmoqda. Har qanday yondashuv ta'lim sohasiga taqdim qilinadigan nazariyalar ham yoritilgan. Tayanch so‘zlar: texnologiya, Tabiiy fanlar, integratsiya, fanlararo bog‘liqlik, STEAM. Kirish. Jahon miqyosida bugungi kundagi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim oluvchilarda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda yuqori malakaga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlay oladigan ta’lim mazmunini yaratishni taqozo etmoqda. Uzluksiz ta’lim mazmunini sifat jihatdan boyitish va uning samaradorligini oshirishda ta’limga boʻlgan yangi talablar bilim oluvchilarning qiziqishi, iqtidori, qobiliyati kabi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish hamda umumiy ta’limda tabiiy-texnik bilimlarning integrativ STEM yondashuvlar orqali tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarni shakllantirish muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi[2; 192-b.]. Tahlil va natijalar. Ta’limda yangi STEM yondashuvi rivojlangan davlatlarda keng qoʻllanilib, jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda va STEM ta’limi koʻplab tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilmoqda. Xorijiy davlatlarda kichik yoshdagi bolalarda STEM ta’limini tashkil etish muammolari Aaron D. Isabelle, Gilbert A. Zinn, Yehudit Judy Dori, Zemira R. Mevarech, Sanders. M, Robert M. Capraro, Mary M. Capraro, James R. Morgan tomonidan tadqiq qilingan va ular tomonidan mazkur ta’lim yoʻnalishi boʻyicha didaktik ta'minotlar yaratilgan. Adabiyotlar tahlilga koʻra, STEM ta’limiga oid ilmiy va uslubiy ishlar amalga oshirilgan boʻlsada, “Tabiiy fanlar”ni oʻqitish metodikasini pedagogik muammo sifatida oʻrganish hamda uni takomillashtirish zarurati mavjud [3; 32-b.]. STEM ta’limiga oʻtish dunyoning ilgʻor davlatlarida jadal tashkil etilmoqda. Mutaxassislarni tayyorlash uchun STEM ta’limiga oʻtish zaruriyati dastlab AQShda Tadqiqotlarning Milliy Kengashi (National Research Council, NRC) va Milliy Ilmiy Fond (National Science Foundation, NSF)lari tomonidan targʻib etilgan. AQSh Prezidenti B. Obama AQSh ta’lim tizimida islohotlarni olib borish va STEM ta’limiga oʻtish dolzarbligini ta'kidlagan. 2009 yil 6 iyulda AQSh Kongressda STEM ta’limiga oʻtish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi harakatlarni olib borish toʻgʻrisida Qonun qabul qilingan (STEM Education Coordination Act of 2009). Mazkur qonunga koʻra Milliy Ilmiy Texnologik Kengash (National Science and Technology Council) STEM ta’limi boʻyicha federal 5 yillik strategik reja ishlab chiqadi va har yili Kongress oldida strategik rejani amalga oshirishi yuzasidan hisobot beradi[7; 156-b.]. M. Sanders STEAM ta’limiga oʻtishning muammolarini tahlil qilish jarayonida “Endilikda mehnat bozori insondagi kuchli mushaklar, oʻtkir koʻzlar, mustahkam iroda kabilar bilan baholanmaydi” - deb ta’kidlaydi Chunki zavod va fabrikalarda bu sifatlar talab qilinadigan barcha ishlarni robotlar, ya'ni su'niy intellekt bajaradi. Endilikda insonlarga oʻz oʻrnini jamiyatda topishlari uchun ularga jamoa bilan ishlash, yaratuvchanlik, muhandislik va boshqa shunga oʻxshash talablar qoʻyilmoqda. Uning gʻoyasida yangi avlodni STEAM dasturi asosida oʻqitish ularda intellektni rivojlantirishga, topqirlik orqali aniq masalalarni yechishni oʻrganishda oʻquvchilar koʻproq savol berishlari va ularning yechimlarini topishga qaratilgan boʻlishi uqtirilgan[2; 145-b.]. 18 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Mamlakatimizda STEM ta’limi oʻquvchilarni texnik ijodkorlikka yoʻnaltirish boʻyicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida oʻz aksini topgan. A.Toʻychievning robototexnika yoʻnalishida oʻquvchilarda texnik ijodkorlikka oid kompetensiyalarni robototexnika elementlari asosida takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot ishida umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarining texnik ijodkorlikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish pedagogik shart-sharoitlari, oʻquvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta'minoti, texnik ijodkorlik kompetensiyalarining rivojlanganlik darajalarini aniqlash mezonlari hamda texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot ishi robototexnikani rivojlantirishga va oʻrta umumiy ta’limning tabiiy-texnikaviy tarkibiy qismlarini mustahkamlashga qaratilganligi bilan ta’lim berishda amaliy ahamiyat kasb etadi[3; 43-b.]. Maktab oʻqituvchilarini va oliy pedagogik ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarga STEM ta’limini oʻrgatish dolzarbdir. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan tadqiqotlar asosida boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga dars ishlanmalari ishlab chiqilmoqda. Masalan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada STEAM yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda “Tabiiy fanlar”ning o‘zaro fanlararo bog‘liqligi ifoda etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada STEAM yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda “Tabiiy fanlar”ning o‘zaro fanlararo bog‘liqligi ifoda etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- STEAM., fanlararo bog‘liqlik, Tabiiy fanlar, exnologiya, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025