Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH KARATECHILARNING YILLIK MASHG‘ULOT JARAYONLARINI REJALASHTIRISH USLUBIYATI
REJALASHTIRISH USLUBIYATI · Otalieva Adilya Raxmetovna · O‘ZDJTSU Nukus filiali
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В этой статье содержится основная информация и инструкции по каратэ. Благодаря им создается почва для повышения спортсменом своих знаний и навыков в освоении начальных и основных приемов. Ключевые слова: каратэ, ката, тренировка, спорт, тактика, физическая подготовка. Karate (yaponcha — hech narsasiz qoʻl bilan) - qurolsiz oʻzini-oʻzi himoya qilish, inson tanasining nozik joylariga qoʻl yoki oyoq bilan zarbalar berishga asoslangan sport kurashining bir turi hisoblanadi. “Karateda birinchi hujumga o‘tilmaydi”. Bu karatedagi yeng mashhur so‘z bo‘lib, amaliyotchilarga muhim axloq kodeksini eslatadi. Karate sporti hech qachon shafqatsiz bo‘lmaslikka va hech qachon muammoga duch kelmaslikka davad qiladi. Karate faqat o‘zini himoya qilish uchun mavjud va har bir Kata blokdan boshlanishi bu esa o‘z navbatida pozitsiyani aniq ko‘rsatib turadi. Qadimgi karate ustalari talabalarni faqat hurmatli odamlarning tavsiyasi bilan qabul qilishgan, shuning uchun ular yangi talaba munosib inson yekanligiga amin bo‘lishgan. Siz xushmuomala bo‘lishga va atrofingizda do‘stona muhit yaratishga harakat qilishingiz kerak, shunda o‘zingizni himoya qilish zarurati hech qachon paydo bo‘lmasligi mumkin. Inson hamisha muammolardan yiroq bo‘lishga harakat etadi. Аmmo o‘zingizni, oilangizni yoki do‘stlaringizni tajovuzkor yoki aqlga quloq solmaydigan tajovuzkorlardan himoya qilish uchun kurashishingiz kerak bo‘lgan o‘ta og‘ir holat bo‘lishi mumkin. Bunday holda, siz tashabbusni o‘z zimmangizga olishingiz va agar kerak bo‘lsa, vaziyatni o‘z foydangizga burishingiz uchun birinchi navbatda hujum qilishingiz kerak. Harbiylar aytganidek, “oldindan zarba berish”. Bundan tashqari, sport musobaqalarida siz tashabbus ko‘rsatishingiz va jangni nazorat qilishingiz kerak. Seng so‘zma-so‘z “oldin” degan maʼnoni anglatadi. Siz o‘z harakatingizni raqibingiz qilganidan oldinroq qilasiz, aniqrog‘i, sizning fikringiz unikidan tezroq ishlaydi. Аgar siz tashabbus ko‘rsatmasangiz va raqibingiz xohlagan narsani qilishiga yo‘l qo‘ysangiz va shu bilan vaziyatni nazorat qilsangiz, umid qilishingiz mumkin bo‘lgan yeng yaxshi narsa faqat uning harakatlarini nusxalashdir. Sizning mag‘lubiyatingiz yaqin bo‘ladi. Jang qilishga qaror qilib, vaziyatni nazorat qilishingiz kerak. Raqibingizni xohlagan joyingizga manevr qilish orqali, uni maʼlum bir harakat qilishga yoki xato qilishga majburlah talab etiladi. Raqibni manipulyatsiya qilish orqali siz ishonchli g‘alabaga yerishasiz. Аlbatta, buni qilish har doim ham oson yemas, lekin siz hech bo‘lmaganda foydali pozitsiyani saqlashingiz kerak. Bugungi kunda karate sporti butun dunyoda keng ommalashib bormoqda. Karate sporti bo‘yicha ko‘plab chempionlar anʼanaviy karateda aqlga sig‘maydigan usullardan foydalanib zafar qozonmoqdalar. Buning sababi shundaki, sport karatesida ochko to‘plash yeng muhim, anʼanaviy karateda yesa o‘zini himoya qilish muhim ahamiyatga ega. 1625 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Karate sportchilari mashg‘ulot jarayonining ko‘p qismini sparringda o‘tkazadilar, ochko to‘plashni o‘rganadilar va ko‘pincha Kata amaliyotini eʼtiborsiz qoldiradilar. Ular asosan musobaqa uchun kata bilan shug‘ullanishni boshlaydilar va ularning saʼy-harakatlari hakamlar hamda tomoshabinlar uchun jozibali harakatlarning tashqi ko‘rinishiga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida karate amaliyotchilarining mashg‘ulotlar tushunish darajasi pasayishiga olib keladi. Аnʼanaviy karate bilan shug‘ullanadigan odamlar ko‘pincha Katani o‘rganadilar. Kata qadimgi davrlarda ustalar tomonidan uzoq vaqt va sinchkovlik bilan o‘rganilgan tizimlarining mohiyatini izdoshlariga yetkazish shakli sifatida ixtiro qilingan. Shunday qilib, anʼanaviy karate bilan shug‘ullanadigan odamlar kata bilan qayta-qayta shug‘ullanishadi va bu yeski ustalarning donoligini tushunishga harakat qilishadi. Shuning uchun Kata amaliyoti o‘z—o‘zini tarbiyalashning bir shakli: tashqi ko‘rinish yemas, balki tushunish muhim omil hisoblanadi. Kata-karate ensiklopediyasining bir turi hisoblanadi. Katada karate arsenalini tashkil etuvchi barcha texnik va taktik texnikalar mavjud. Texnikani bajarishda inson doimo o‘z xavfsizligini hisobga olishi kerak. To‘g‘ri texnika raqibingizning minimal himoyalanmagan joylarni aniqlashga yordam beradi va jarohatlar xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, kata sportchiga sparrinda hatti-harakatlarni sozlashni, to‘g‘ri nafas olishni, diqqatni jamlashni va to‘g’ri dam olish qobiliyatlarini o‘rgatadi. Sport musobaqalari qoidalari karate texnikasining ko‘pini xavfli deb taqiqlaydi. Аmmo ularning barchasi katada jamlangan. Shuning uchun, cheklangan arsenalga ega jang sanʼati sporti sifatida karate bilan shug‘ullanishni istaganlar uchun ham katani o‘rganish majburiydir. To‘g‘ri bajarilgan Kata chiroyli ko‘rinishiga qaratilgan emas, balki aniq bir natija yoki o‘z-o‘zidan aniq maqsadga qaratilganligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, agar siz mukammal karateni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Katani to‘g‘ri o‘rganishingiz kerak. Sportchi
Доказательный фрагмент
«В этой статье содержится основная информация и инструкции по каратэ.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье содержится основная информация и инструкции по каратэ. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- каратэ, ката, тренировка, спорт, тактика, физическая, jismoniy tayyorgarlik., kata, karate, sport, mashg‘ulot, taktika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025