Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH AVLOD O'RTASIDA DEVIANT XULQ-ATVORNING SHAKLLANISHI
Kalillayeva Ulbosin Ayapbergenovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada deviant xulq-atvor va uning shakllanish jarayoni, bolalar ongiga ta'siri hamda profilaktikasi keng yoritib beriladi. Deviant xulq-atvorning asosiy turlari va ularga ta'sir etuvchi omillar izohlanadi. Aniq me'zonlarga ega uslub va tamoyillari haqida fikr yuritiladi. Kalit so'zlar: Deviant xulq, individ, xarakter, agressiya, huquqbuzarlik, tarbiya, axloq me'yorlari, profilaktika. Ключевые слова: девиантное поведение, личность, характер, агрессия, обида, воспитание, нравственные нормы, профилактика. Keywords: deviant behavior, individual, character, aggression, offense, education, moral standards, prevention. Barchamizga ma'lumki, farzand tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Har bir oila o'ziga xos anana qadriyatlar va ma'lum bir qonun-qoidalar asosida shakllanib boradi. Ayni mana shu tamoyillar poydevorida farzand tarbiyasi rivojlanadi. Oilaviy muhit ta'sirida hayot atalmish borliqning zuvalasi shakllantiriladi. E'tiborli tomoni shundan iboratki, farzandlar oilaviy hayot orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Oila har xil xarakterga ega insonlardan iborat kichik jamiyat. Demak, oila va undagi ijtimoiy muhit jamiyat taraqqiyotida yuksak ahamiyatga ega tushunchalardan biridir. Nosog'lom oilaviy muhit, farzandlar tarbiyasida loqaydlik deviant xulq-atvorning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o'rnatilgan axloqiy me'yorlarga xos bo'lmagan insoniy faoliyat va xatti-harakatlar majmuyi. Ular qatoriga yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish kabilarni kiritish mumkin. Deviant xulq jamiyatda qabul qilingan huquqiy me'yorlarga zid harakat qiladi. Bu kabi holatlarni asosan psixologik nuqsonlik ishilarda, bolalar va o'smirlarda uchratish mumkin. Avvalo, deviant xulq- atvorni patologik jarayonlardan ajratib olish lozim. Ushbu jarayondagi eng muhim me'zonlarga quyidagilarni kiritish mumkin. Ma'lum bir kasallikka moyillikning bo'lishi; Affektiv qo'zg'aluvchanlik, irodaviy- emotsional beqarorlik, gipertimik belgilar; Bolalar va o'smirlar uchun mikrosotsial guruhlardan tashqarida deviant xulq-atvorning namoyon bo'lishi; Buzilgan xatti-harakatlar stereotiplari. Bolalar va o'smirlardagi deviant xulq- atvorning patalogik shakllari klinik jihatdan pato xaraktereologik reaksiyalar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Deviant xulq-atvorning psixologik omillari orasidan 4ta asosiy funksiyani keltirish mumkin; Aks ettirish, rag'batlantirish, tartibga solish va nazorat qilish. Mana shu funksiyalar deviant xulq-atvorning profilaktikasiga xizmat qiladi. Deviant xulq-atvor asosan psixologik o'zgarishlar negizida paydo bo'ladi ya'ni inson psixologiyasiga bo'lgan ichki va tashqi ta'sirlar mana shu holatlarni keltirib chiqaradi. Avvaliga yolg'onchilikka buzilishlardan boshlanib o'z joniga qasd qilish holatlariga borib yetishi mumkin. Shu asnoda bu turning boshqa ko'rinishlarini ham ko'rib o'tamiz. Kashandalik ya'ni tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish. Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra sigaret tarkibida 196 xil zararli moddalarni saqlaydi. Ulardan 14tasi giyohvand moddalar sirasiga kiradi. Chekishning xavfli jihati shundaki, uning zarari tezda bilinmaydi. 1602 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Sekin-astalik bilan organizmni zaharlaydi. Kishining yoshlik davrida alkogolning toksik ta'siri miya va ichki a'zolarning faoliyati buzilishiga olib keladi. Spirtli ichimliklar birinchi navbatda asab tizimi yurak qon- tomir sistemasiga o'zining ta'sirini o'tkazadi. Insonning me'yordagi jismoniy va ruhiy rivojlanishi buziladi. Tibbiy tekshiruv natijalariga muvofiq tarzda 30-35gramm spirtli ichimlik odamning aqliy qobiliyatini bir necha soatdan bir necha kungacha pasaytirishi aniqlangan. Giyohvandlik-shaxsga va jamiyatga buzg'unchi ta'sir o'tkazuvchi og'ir oqibatlatga sabab bo'ladigan zararli odatlardan biri. Giyohvand moddalarin son hissiyotiga ta'sir ko'rsatadi. Qabul qilish jarayonida kayfiyat ko'tariladi og'riq sezmaydi, emotsional his-tuyg'ular yuzaga keladi. Narkotik dori vositalari organizmda adaptatsiya xususiyatini paydo qiladi. Natijada dori iste'mol qilmagan paytda agressiya, qaltirash va bir qancha psixo-emotsional ko'rsatkichlar seziladi. Dozani oshirib yuborish juda ham og'ir oqibatlarga olib keladi. Suitsid-o'z o'zini o'ldirishga urinish. Ko'p hollarda suitsid yechilishi mumkin bo'lmagan muammolardan batamom qutilish yo'lida ektuyiladi. O'z joniga qasd qilish 20 yoshgacha va 55 yoshdan oshganlarda uchraydi. Jinoyatchilik - bu ijtimoiy huquqiy tartibotni buzish. Deviant xulq-atvorning barcha turlari orasida jinoyatchilik jazolanadigan ekstremal ko'rinishdagi huquqbuzarlik sifatida jamoatchilik e'tiborining markaziga aylandi. Alkogolizmning shakllanishiga ijtimoiy, genetic fiziologik va psixologik omillar ta'sir ko'rsatadi. O'smirlarning alkogolizmiga alkogolli muhit sabab bo'ladi ya'ni oilda ota-onaning ichkilikka berilishi yoki do'stlar orasidagi qiziquvchanlik. Deviant xulq-atvorning oldini olish barchaning k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada deviant xulq-atvor va uning shakllanish jarayoni, bolalar ongiga ta'siri hamda profilaktikasi keng yoritib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada deviant xulq-atvor va uning shakllanish jarayoni, bolalar ongiga ta'siri hamda profilaktikasi keng yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deviant behavior, individual, character, aggression, offense, education, moral, tarbiya, xarakter, huquqbuzarlik, agressiya, Deviant xulq, axloq me'yorlari, individ, profilaktika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025