К содержанию
РецензированоEN2026

UMAR XAYYOMNING “NAVRO`ZNOMA” ASARI TAHLILI

Xoliqulova Zarnigor

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

In this article, we will get acquainted with the analysis and discussions related to the work "Navruznama", which is a work written by the mathematician, astronomer, philosopher, judge, physicist, thinker and poet Ghiyosiddin Abulfat Umar ibn Ibrahim Khayyam Nishapuri, which extensively covers the history of the origin of Navruz, the traditions and rituals of the peoples of the East associated with this holiday. Keywords: Thinker, ethnographer, Navruz, Iranian kings, Ibn Sina, Persian prose, solar calendar, customs, instructive stories. Buyuklarning buyukligi shundaki, ularning nomlari va kelajak avlod uchun qoldirgan meroslari sarhad bilmaydi.Ular o`zlarining nodir asarlari bilan har bir davr insonlari uchun ta`lim- tarbiya, bilim va ko`nikmalar berib, yoshlarning har tomonlama mukammal bo`lishida katta hissa qo`shganlar. O`zining nodir asarlari bilan o`zbek adabiyoti xazinasini boyitgan ijodkor va buyuk mutaffakirlardan biri bo`lgan Umar Xayyom ham mana shunday nomi va qoldirgan merosi bilan hali hanuzgacha ko`plab millatlarning adabiyotida yuksak o`rinlarda turadi. Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy 1048-yilda Nishopur shahrida tavallud topgan. U ilmda ham, ijodda ham o`zini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va https://scientific-jl.com/new 66 44 Volume–79_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS sadoqatli shogirdi hisoblagan. Umar Xayyomning “Mushkulot ul-hisob”, “Risola fil vujud”, “Risolat ul-kavn vat-taklif” va 12- asr fors nasrining nodir namunasi hisoblangan “Navro`znoma” asarlari hali hanuz eng qiymatli meroslar hisoblanadi. Ayniqsa uning “Navro`znoma”si bu boradi juda e`tiborga loyiq na`munadir. Ushbu asar ,asosan, Navro`z bayrami bilan bog`liq hikoyalar va she`rlar to`plamidan iborat bo`lishi bilan bir qatorda ijodkorning falsafiy va estetik qarashlarini, shuningdek, inson hayoti, vaqt, tabiat va baxt haqida chuqur fikrlarni aks ettiradi. Asarda joylashgan hikoyalar ko`pincha hayotning turli jabhalarini, insonning ichki kurashlarini va tabiatning go`zalligini tasvirlaydi. Bundan tashqari Umar Xayyom ushbu asarda quyosh taqvimining tarixini bayon qilib, shu taqvim bo`yicha Eron podshohlarining Navro`z kunini qanday belgilaganliklari va bayramni qay tarzda o`tkazganliklarini tarixiy dalillar bilan bayon qilgan. Biz bu risolada Navro`z bayrami bilan bog`liq bo`lgan juda ko`p odatlar, o`zgacha hodisalar va afsonalarga duch kelamiz. Umar Xayyom bu risolada nafaqat etnograf tarixchi, balki bilimdon tabib sifatida ham namoyon bo`ladi. U inson organizmining fasldan faslga o`tganda o`zgarishini hisobga olib, eng kerakli tibbiy maslahatlarni beradi. Asarda Ajam podshohlarining odatlari haqida ham bir qancha ma`lumotlar keltirilgan bo`lib, podshohlar barcha zamonlarda iloji boricha dasturxonni yaxshiroq qilib bezatishni odat qilganliklari, adolat bilan ish ko`rish, binolar qurish, turli xil bilimlarni o`rganish, falsafiy mashg`ulotlar, olimlarga homiylik qilish kabi odatlar bilan shug`ullanib, ular uchun katta mehnat sarf qilganliklari aytib o`tilgan. Bundan tashqari asarda oltin va uning xususiyatlari, dafinalarning alomatlari, uzuk va uning xislatlari, arpa va shu bilan birgalikda qilich, o`q va yoy kabi jang qurollari, ot, lochin kabi hayvonlarga xos xususiyatlar, ularning o`rni, yasash sharoiti va yana shunga o`xshash ma`lumotlar ham o`rin olgan. Shu bilan birgalikda asarda ibratli hikoyalar ham keltirilgan bo`lib, ular asarda ifoda etilgan fikrlar va mavzular bayonini keng tarzda yoritishga yordam beradi. Masalan, “Bir kishi va uning o`g`li” hikoyasida ota va o`g`il o`rtasidagi munosabatlar bayon etilib, ota o`z og`lini tarbiyalashda hayotiy tajribalardan foydalanadi. Hikoyada ota o`g`lining yo`lini topishiga yordam berishga harakat qiladi, lekin ba`zida o`zining tajribalari orqali kelajakda qanday xatolar qilishi mumkinligini tushunadi. Bu hikoya orqali avlodlar o`rtasidagi aloqaning ahamiyati namoyon bo`ladi. Asarda “sevgi va g`am” hikoyasi ham keltirilgan bo`lib, unda muhabbatning kuchi va uning hayotdagi o`rni ko`rsatiladi. Hikoyada Xayyom sevgi tuyg`ularining beqarorligini va uning inson hayotiga ta`sirini tasvirlaydi. Muhabbat ko`plab qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin, lekin u shu bilan birgalikda insonga umid va ilhom beradi. Bu hikoyada Xayyom inson ruhiyatining nozik qirralarini ochib beradi. Asardagi “Tabiat va inson “ hikoyasida tabiatning go`zalligi va insonning uni qadrlashi muhokama qilinadi. Xayyom tabiatni inson hayotining ajralmas qismi sifatida https://scientific-jl.com/new 66 55 Volume–79_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS ko`rsatadi. Tabiatning muhtashamligi insonni o`zining maqsadlari va intilishlari haqida o`ylashga undaydi. Bu hikoya orqali Xayyom insoniyatni tabiat bilan muvozanatda yashashga chaqiradi. Asarda bundan tashqari ham ko`plab hikoyalar keltirilgan bo`lib, ularda ham ibratomuz fikrlar ilgari surilgan. Umuman olganda, Xayyomning bu asari nafaqat Navro`z bayramining ma`nosini ochib beradi, balki insoniyatning umumiy qadriyatlari

Доказательный фрагмент

«In this article, we will get acquainted with the analysis and discussions related to the work "Navruznama", which is a work written by the mathematician, astronomer, philosopher, judge, physicist, thinker and poet Ghi…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, we will get acquainted with the analysis and discussions related to the work "Navruznama", which is a work written by the mathematician, astronomer, philosopher, judge, physicist, thinker and poet Ghi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Thinker, ethnographer, Navruz, Iranian kings, Ibn Sina, Persian, etnograf, fors nasri, quyosh taqvimi, urf-odat, Navro`z, Eron podshohlari, ibratli hikoylar., Kalit so`zlar: Mutafakkir, Ibn Sino
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники