К содержанию
РецензированоUZ2020

TOMCHILATIB SUG‘ORISHDA SUG’ORISH TEXNIKA ELEMENTLARINI TAKOMILLASHTIRISH

ELEMENTLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Fazliyev Jamoliddin Sharofiddinovich · Raxmatova Maftuna Jamshid qizi

Журнал инноваций нового века · 272–275 · 2020

Аннотация

Maqolada olma bog‘larini tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali sug‘orish rejimlari o‘rganilgan va natijalari keltirilgan. Sug‘orish texnika elementlari takomillashtirilishi natijasida hosildorlikning oshishi va suv resurslarining iqtisod qilinishiga erishilgan. Agarda intensiv bog‘larda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilsa, suv resurslari 40-60 foiz, mineral o‘g‘itlar 50 foiz va yoqilg‘i-moylash materiallari 30 foizgacha iqtisod qilinishi isbotlangan. Bundan tashqari, sug‘orish rejimi o‘simliklarning suvga bo‘lgan ehtiyojiga mos kelishi va ortiqcha suv ishlatilmasligi, namlik faqat o‘simliklarning ildiz tizimiga yaqin joyda to‘planashi, natijada suv butun dala bo‘ylab tarqalmasligi keltirilgan. Kalit so'zlar: sug‘orish, tomchilatib sug‘orish, sug‘orish usullari, yer osti suvlari, suv resurslari, ildiz, bug‘lanish, suv tanqisligi, suvni tejash texnologiyalari, sug‘orish tezligi, cheklangan dala nam sug‘imi (CHDNS), mineralizatsiya, sug‘orish texnikasi, vegetatsiya davri. O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida mamlakatimiz bo‘yicha suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llaydigan maydonlarni 2030 – yilgacha 2 mln. gektarga yetkazish vazifasi belgilangan. Bu borada 2021-yilda 433 ming gektar, 2022-yilda 355 ming gektar, 2023-yilda 285 ming gektar, 2024-yilda 894 ming gektarda joriy qilingan bo’lsa, 2025-yilda 1116 ming gektarga qo’llash belgilangan. Shundan joriy yilda qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llash 79 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan. O‘simlikdagi hayotiy jarayonlar – fotosintez, o‘suv nuqtasida hujayralar bo‘linishi va boshqa jarayonlar hujayralarda suv yetarli bo‘lgandagina yaxshi o‘tadi. Suvning yetarli bo‘lishi ikki jarayonni, ya’ni ildiz tizimining suv berib va barglar yuzasining bug‘lantirib turish jarayonlarining o‘zaro moslanishi bilan ta’minlanadi. Meva daraxtlarining qancha suv sarflashi iqlim omillari, daraxtlarning tabiati, https://scientific-jl.com/new 11 55 11 Volume–79_Issue-1_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS ularning yoshi, hosilning miqdori va agrotexnika tizimiga qarab belgilanadi. Sug‘orish butun yil mobaynida bog‘larni namlik bilan ta’minlabgina qolmay, balki bog‘ mikroiqlimiga ijobiy ta’sir etadigan omil hamdir. Tuproqning namligi va sug‘orish, mevalarning sifatiga ta’sir qiladi. Suv miqdori kamroq, shuningdek, kechiktirib sug‘orish mevalarning to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi. Olma daraxtlari yetarli miqdorda sug‘orilmasa, mevasining saqlanish muddati 2 haftagacha qisqarib, ular tarkibidagi qand va kislotalar miqdori kamayadi. Mevali bog‘larni sug‘orishda maqbul sug‘orish rejimini aniqlash bo‘yicha juda ko‘p olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar, ular jumlasiga B.B.Malichenko, T.I.Gorin, M.N.Bagrov, A.D.Axmedov va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning olib borgan tajriba natijalari qayd etishicha mevali daraxtlar uchun tuproqning eng maqbul namlik darajasi CHDNSga nisbatan 75...80 % ni tashkil qiladi. Mevali bog‘larni tomchilatib sug‘orishning me’yorlarini tadqiqot doirasida o‘rganishlar natijalari mevali bog‘larni tomchilatib sug‘orish rejimi (sug‘orish me’yori va soni) bog‘ni tomchilatib sug‘orish tizimining turiga (har bir tup yonidan, daraxtlar qatorining polosasi bo‘ylab) bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Mevali daraxtlarining qancha suv sarflashi iqlim omillari, daraxtlarning tabiati, ularning yoshi, hosilning miqdori va agrotexnika tizimiga qarab belgilanadi. Sugʼorish butun yil mobaynida bogʼlarni namlik bilan taʼminlabgina qolmay, balki bogʼ mikroiqlimiga ijobiy taʼsir etadigan omil hamdir. Intensiv yoki yarim intensiv olma bogʼlari eski usulda ariqdan sugʼorilganda, tuproqning ortiq darajada nam boʼlib ketishi bogʼ uchun zararlidir. Bu holda tuproq botqoqlanib, uning fizik xossalari, ayniqsa, havo muhiti yomonlashadi, ildiz tizimining faoliyati uchun noqulay sharoit paydo boʼladi. Zaxlatib sugʼorilgan bogʼlardagi daraxtlarning kuzgi oʼsishini kechiktirib yuboradi va ularning sovuqqa chidamliligini kamaytiradi. Ekinlarni sug‘orishda ilg‘or usullardan hisoblangan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish borasida O‘zbekistonda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tomchilatib sug‘orish usuli o‘zining yuqori samaradorligi, ya’ni suv resurslari cheklanganlik sharoitida kam suv sarflab, barqaror yuqori hosil olish imkonini berishi bilan ajralib turadi. 2019-2021 yillarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasida bog‘larni sug‘orish tartibini ishlab chiqish maqsadidi dala tajribalari o‘tkazildi. Tajriba maydonining tipikligi (o‘xshashligi) V.V.SHabanov va E.P.Rudachenko uslubi bo‘yicha aniqlandi. Tajriba maydoni tuprog‘i granulometrik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq o‘tloqi allyuvial, kuchsiz sho‘rlangan tuproqlardir. Sizot suvlari joylashuvi 2,1-3,0 m mineralizatsiyasi bo‘yicha 1-3 g/l kam minerallashgan hisoblanadi. Tajriba uchastkasining maydoni 2.04 gektar. U to‘g‘ri to‘rtburchakli 200x36 m, 250x24 m, 3

Доказательный фрагмент

«Maqolada olma bog‘larini tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali sug‘orish rejimlari o‘rganilgan va natijalari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada olma bog‘larini tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali sug‘orish rejimlari o‘rganilgan va natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sug‘orish, tomchilatib sug‘orish, sug‘orish usullari, yer osti suvlari, cheklangan dala nam sug‘imi (CHDNS), Kalit so'zlar: sug‘orish, vegetatsiya davri., suv resurslari, ildiz, suv tanqisligi, sug‘orish tezligi, bug‘lanish, suvni tejash texnologiyalari, sug‘orish texnikasi, mineralizatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники