Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“XAMSA” DOSTONLARINI O‘QITISH METODIKASI
Abduxalilova Rushana
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Hozirgi kunda adabiyot oʻqituvchilarining oldiga yangicha talablar qoʻyilmoqda. Bilamizki, oʻqituvchilarning kasbiy kompetentliligi ularning ilmiy salohiyati bilan oʻlchanadi. “Xamsa” asarining har bir dostoni har xil mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir, avvalo, o‘quvchini bu mavzu bilan tanishtiradi. So‘ngra o‘sha mavzuga munosabat bildirib, uni har jihatdan tasvirlaydi. O‘quvchining tasavvurlari aniq bo‘lishi uchun juda ko‘p qiyoslar, obrazli o‘xshatmalar keltiradi va eng so‘ngida mavzuga mutanosib ibratli hikoyatlar bayon qiladi. Bu dostonlarda rostgo‘ylik, karam, saxiylik, do‘stga sadoqat, hayo, iffat, vafo, adolat, ilm olish, halollik kabi ko‘plab fazilatlar ulug‘lanadi. Ularning har biri ta’sirchan fikrlar bilan yoritilganki, har qanday yoshdagi kitobxon uchun dostondagi g‘oyalar katta ma’rifat ulashadi. Kalit so‘zlar: test, tarqatmalar berish, yozma nazorat usuli, suhbat usuli, qomusiy, adolat, himmat, odob-axloq, xayo, vafo, qanoat, rostgo‘ylik, may, ishq, , sevgi, sadoqat, insonparvarlik, ijodiy matn. Milliy tilni chuqur o‘zlashtirish ta’lim-tarbiyaning asosiy jihatlaridansanalar ekan, o‘quv fanlarining asosi hisoblangan ona tilini o‘rgatish jarayonidadasturga kiritilgan, darsliklarda berilgan materiallar bilan cheklanmay, o‘rganiladigan nazariy qoida-ta’riflami asoslashda amaliy misollarning o‘rni bilanAlisher Navoiyga taalluqli bo‘lishiga erishish mumkin. Chunki grammatikatamalarni o‘zlashtirish jarayonida Navoiy bobomizning boy ijodiy merosigaoid ish usullarini tashkil qilish o‘quvchilarning axloqiga ijobiyta’sir qiladi. Bu o‘rinda quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: 1. “So‘zlar zanjiri tuzish” usuli. Navoiy o‘z asarlarida sanab o‘tgan insoniy va ijobiy sifatlar asosida so‘zzanjiri tuzdirish mumkin. Masalan: muruvvat-tavoze’-e ’tiborli; saxovatpeshaliilm-ma ’rifat va hokazo. 2. “Suhbat” usuli. Suhbatda o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi ma’lumotlarni beradi: Navoiy bobomiz asarlar yozishda faqatgina o‘zbek tili imkoniyatlari https://scientific-jl.com/new 22 99 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS bilanchegaralanib qolmay, boshqa tillardan ham unumli foydalanganlar. Yozuvchi O‘tkir Hoshimovning qayd etishicha, Pushkin o‘z asarlarida 21 ming, Servantes 18 mingga yaqin, Shekspir salkam 20 mingta, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta so‘z ishlatgan. Bunda donishmand bobomiz faqat turkiy emas, arabiy, forsiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. “Uyushiq bo‘laklar” mavzusini o‘tish jarayonida keltirilgan quyidagi misollardan uyushiq bo‘laklarni toptirish bilan birga o‘tkazilgan kichik-kichik suhbatlar o‘quvchilar axloqiga ijobiy ta’sir qiladi: 1. Ustoz nafaqat davlat arbobi, tarjimon, shu bilan birga, tilshunos olim sifatida ham tarixda katta iz qoldirgan. 2. Navoiyning maqsadi o‘z zamonasining barcha olim-u shoir, bastakor-u rassom, me’mor-u duradgorlarini yurtni obod etishga jalb qilish edi. 3. “Misol keltirish” usuli. Undalmali, kirish so‘zli, turg‘un birikmali, uyushiq bo‘lakli gaplardan hamda ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplardan to‘g‘ri, o‘rinli foydalana olishga o‘rgatishda quyidagi misollardan foydalanish mumkin: Undalmali gapga: Jondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz,Sondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz. Uyushiq bo‘lakli gapga: Ko‘nglim ichra sarv o‘qdur, g‘unchapaykon, gul tikon, Dahr bog‘i ichra mundoq gulistone topmadim. 4. “Test” usuli. Til ta’limini berish jarayonida Navoiy hayoti va ijodi misolida tarbiyalash imkoniyatlari, o‘tilgan mavzularni test vositasida takrorlashda ham, o‘quvchilar bilimini sinash-tekshirishda ham mavjud. Masalan: 1. Qaysi qatorda omonim so‘zlar berilgan? 2. Qaysi qatordagi so‘zlarda sirg‘aluvchi «j» tovushi berilgan? a) Jomiy, mujda, g‘ijda; b) Layli va Majnun, Majolisun-nafois; s) ajdahosifat, ijtimoiy tabaqa; d) Siroj ul-muslimiyn, Jamshid; e) Tarixi muluki Ajam, Nazmul-javohir. 5. “Tarqatmalar berish” usuli. Insonparvarlik tarbiyasini singdirishda tarqatmalar bilan ishlash ham samarali vosita sanaladi. Hazrat Navoiyga mehr- muhabbat uyg‘otishda tarqatmalar uchun quyidagicha jumlalarni olish mumkin: 6. “Yozma nazorat” usuli. Alisher Navoiyning shaxsi g‘oyat serqirraligi, ijodi cheksiz ummonligiga doir quyidagi matnni yozma nazorat ishi sifatida olib, so‘ng nazorat ishi tahlili mashg‘ulotida matnga doir kichik suhbat tashkil qilish, hazrat asarlaridagi xalqchillik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, majoziylik, botiniy va zohiriy ma’nolar haqida fikrlashish o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi. https://scientific-jl.com/new 33 00 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Diktant matni Ulug‘ mutafakkir o‘z asarlari orqali ayrim zamondoshlarida uchraydigan salbiy qusurlarni ham ta ’sirli tasvirlab, ulardan qochishga, yaxshi sifatlarni egallashga undaydi. U insoniy sifatlarni ikkiga b o ‘ladi. Ijobiy sifatlar - tavba, muruvvat, vafo, hayo, iymon, jon d o ‘sti bo ‘la olish; sabrlilik, tavoze’, odob saqlash, hokisorlik, qanoat va boshqalar bo‘lsa, salbiy
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda adabiyot oʻqituvchilarining oldiga yangicha talablar qoʻyilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda adabiyot oʻqituvchilarining oldiga yangicha talablar qoʻyilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- may, ishq, Kalit so‘zlar: test, sevgi, odob-axloq, yozma nazorat usuli, vafo, sadoqat, ijodiy matn., suhbat usuli, xayo, himmat, adolat, qomusiy, rostgo‘ylik, insonparvarlik, qanoat, tarqatmalar berish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025