К содержанию
РецензированоUZ2026

TAFAKKUR BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR

Qodirova Odinaxon Xayitboy qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Mazkur ishda tafakkur tushunchasining psixologik asoslari va uni yorituvchi yetakchi nazariyalar tizimli tahlil qilingan. Ishda tafakkurning shakllanishi va rivojlanishini izohlovchi asosiy psixologik yondashuvlar: kognitiv psixologiya, Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi, Vygotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi, Gestalt psixologiyasi va zamonaviy neyropsixologik qarashlar yoritilgan. Har bir nazariya tafakkur jarayonining o‘ziga xos tomonlarini ochib beradi. Ish ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, psixologiya, pedagogika va neyropsixologiya sohalarida foydalanilishi mumkin. Kalit so‘zlar: tafakkur, emotsiya, reflektiv tafakkur, idrok, tafakkur turlari, xotira, nutq. Tafakkur – bu insonning real voqelikni bilishga, umumlashtirishga, tahlil qilishga va yangi xulosalar chiqarishga qaratilgan oliy aqliy faoliyat shaklidir. U sezgi va idrok orqali olingan ma'lumotlar asosida amalga oshadi. Psixologiyada tafakkurni o‘rganish bo‘yicha turli nazariy yondashuvlar mavjud. Bu nazariyalar tafakkurning tabiati, shakllanish manbalari va rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirib beradi. Har bir nazariya inson fikrlash jarayonining muayyan jihatiga e’tibor qaratadi. Assotsiativ nazariya Bu yondashuv XVIII-XIX asrlarda paydo bo‘lib, asoschilari J. Lokk, D. Gartli, J. Mill hisoblanadi. Ular tafakkurni tashqi tajriba va sezgi asosida shakllanadigan obrazlar o‘rtasidagi bog‘lanish (assotsiatsiya) natijasi sifatida talqin qilganlar. : Kognitiv psixologiya tafakkurni axborotni qayta ishlash jarayoni sifatida ko‘rsa, Vygotskiy tafakkur va til o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni asoslaydi. I. Pavlov bu nazariyani fiziologik asoslar bilan boyitgan, u shartli reflekslar orqali tafakkur jarayonini tushuntirgan. Tafakkur bu yerda asosiy uch bog‘lanish – o‘xshashlik, qarama-qarshilik va vaqt-joy jihatidanyaqinlik asosida shakllanadi. Gestalt psixologiyasi (Butunlik nazariyasi) XX asr boshlarida nemis psixologlari M. Vertgeymer, V. Kyoler, K. Kofka tomonidan ilgari surilgan. Ular fikrlashni elementlar yig‘indisidan ko‘ra, butun struktura sifatida qarash lozimligini ta’kidlaydilar. Muammoni hal qilish jarayonida inson butun vaziyatni idrok qiladi va o‘zaro munosabatlarni tahlil qiladi. “Insayt” tushunchasi – ya’ni muammoni to‘satdan tushunish holati – Gestalt psixologiyasi yondashuvida markaziy o‘rin tutadi. Gestalt psixologiyasi esa tafakkurda intuitiv idrok va muammoni to‘satdan anglash (insight) hodisasiga e’tibor qaratadi. https://scientific-jl.com/new 55 00 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Kognitiv rivojlanish nazariyasi (J. Piaje) J. Piaje tafakkurni bolalar rivojlanishiga asoslangan holda to‘rt bosqichli model orqali tushuntiradi: 1. Sensomotor bosqich (0–2 yosh) 2. Preoperatsional bosqich (2–7 yosh) 3. Konkret operatsiyalar bosqichi (7–11 yosh) 4. Formal operatsiyalar bosqichi (11 yosh va undan yuqori) Har bir bosqichda tafakkur murakkablashadi, mantiqiy fikrlash va muammoni hal qilish qobiliyatlari shakllanadi. Piaje tafakkurni bola faoliyatida mustaqil ravishda paydo bo‘ladigan ichki intellektual tizim deb hisoblaydi. Madaniy-tarixiy nazariya (L.S. Vigotskiy) Vigotskiy tafakkurni ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida ko‘radi. Tafakkur til vositasida shakllanadi, til esa ijtimoiy tajribaning asosiy tashuvchisidir. U “yaqin rivojlanish zonasi” (YRZ) tushunchasini kiritgan – ya'ni bola mustaqil hal qila olmaydigan, ammo kattalar yordamida uddalay oladigan faoliyat zonasi. Tafakkur – bu ichki nutq shaklida kechadigan aqliy faoliyat. Axborotni qayta ishlash nazariyasi (kognitiv yondashuv)Ushbu yondashuv tafakkurni axborotlarni qayta ishlash, kodlash, saqlash va qayta tiklash jarayoni deb talqin qiladi. Bu nazariya sun’iy intellekt va kompyuter modellariga asoslangan. Tafakkur bu yerda kiruvchi axborotni filtrlash, qismlarga ajratish, mantiqiy bog‘lash va natijaga erishishdan iborat. Mualliflar: J. Bruner, R. Atkinson, R. Shiffrin. Faoliyat nazariyasi (A.N. Leontyev, S.L. Rubinshteyn) Bu nazariya tafakkurni shaxsning faoliyatida shakllanuvchi jarayon sifatida qaraydi. Tafakkur insonning maqsadli harakati davomida vujudga keladi va faoliyat vositalari orqali amalga oshadi. Tafakkur bu yerda tashqi faoliyatning ichki aqliy modelga aylanishidir. Tafakkurning harakatga yo‘naltirilganligi, motiv va maqsadlar bilan bog‘liqligi ta’kidlanadi.. Ushbu nazariyalar taqqoslab tahlil qilinar ekan, tafakkurning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar — biologik, sotsiomadaniy, va kognitiv mexanizmlar chuqur o‘rganiladi. Xulosa Tafakkur nazariyalari psixologik fan taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ular inson fikrlash jarayonining turli jihatlarini yoritadi – assotsiatsiyalarga asoslangan avtomatik fikrlashdan tortib, ongli faoliyatga qadar. Har bir nazariya tafakkurni o‘ziga xos yondashuv bilan tushuntiradi, ammo ularning barchasi umumiy bilimlarimizni to‘ldiradi va inson aqliy salohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Zamonaviy psixologiyada bu nazariyalar ko‘pincha bir-birini to‘ldiruvchi tarzda qo‘lla

Доказательный фрагмент

«Mazkur ishda tafakkur tushunchasining psixologik asoslari va uni yorituvchi yetakchi nazariyalar tizimli tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ishda tafakkur tushunchasining psixologik asoslari va uni yorituvchi yetakchi nazariyalar tizimli tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur turlari, reflektiv tafakkur, xotira, emotsiya, idrok, nutq., Kalit so‘zlar: tafakkur
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники