К содержанию
РецензированоUZ2026

INSONNING DUNYOQARASHI VA XARAKTERINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIK MADANIYATINING AHAMIYATI

SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIK · MADANIYATINING AHAMIYATI · Qodirova Odinaxon Xayitboy qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

This article examines the influence of reading on human character and personal qualities. By reading books, people gain an understanding of various life experiences and moral values, which can have a profound effect on their personality. It will be discussed how motivational, philosophical and artistic books affect a person. The article also highlights the role of books in the formation of qualities such as empathy, moral values, self-awareness, personal growth and development of spiritual strength through reading books. Key words: motivational books, philosophical works, fiction, reading habits, self-awareness, worldview, mental strength, empathy, strong-willed person. Kitoblar inson hayotiga chuqur ta’sir qiladi va shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi. Kitob o‘qish orqali insonlar turli xil qarashlar, hayotiy tajribalar va https://scientific-jl.com/new 55 33 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS shaxsiy yutuqlar haqida bilib olishadi, bu esa ularning xulq-atvori va qarorlariga ta’sir qilishi mumkin. Kitoblar o‘quvchini yangi bilim va g‘oyalar bilan boyitadi, unga turli vaziyatlarni boshdan kechirish va boshqa odamlarning nuqtai nazarini anglash imkonini beradi. Quyida kitoblarning xarakter tarbiyasidagi o‘rni va insonni qanday o‘zgartirishi haqida batafsil to‘xtalgan. Motivatsion va shaxsiy rivojlanish kitoblari. Motivatsion kitoblar insonda ijobiy o‘zgarishlarni amalga o‘shirish uchun kuch va ruhiy quvvat beradi. Masalan, Napoleon Hillning “O‘ylang va boy bo‘ling” yoki Stiven Kovining “Samarali insonlarning yetti odati” kabi kitoblari o‘quvchida o‘ziga ishonch hissini shakllantiradi va shaxsiy maqsadlarini aniqlashga yordam beradi. Bunday kitoblar insonning ichki imkoniyatlarini kashf qilish va hayotdagi yutuqlarga erishishda unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Shaxsiy rivojlanish kitoblari o‘quvchini o‘zini anglashga va irodasini mustahkamlashga o‘rgatadi, bui esa xarakter shakllanishiga katta ta’sir qiladi. Falsafiy asarlar va hayotiy masalalar. Falsafiy asarlar insonni hayot, o‘lim, axloq va adolat kabi fundamental masalalar haqida o‘ylashga undaydi. Masalan, Viktor Franklning “Insonning ma’noni izlaydi” asari qiyinchiliklarga bardosh berish, ma’noni anglash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlash kabi hayotiy tamoyillarni o‘rgatadi. Bunday kitoblar inson ruhiy kuchini oshirib, uni murakkab hayotiy vaziyatlarda bardoshliroq qiladi. Falsafiy asarlar orqali o‘quvchi o‘z e’tiqodi va qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqishi, ularni yanada mustahkamlanishi mumkin. Badiiy adabiyot va empatiya. Badiiy adabiyot, ayniqsa roman va hikoyalar, insoniylik va empatiya tuyg‘ularini rivojlantiradi. Fyodor Dostoevskiy, Lev Tolstoy, va Gabriel Garsia Markes kabi yozuvchilarning asarlari o‘quvchiga inson ruhiyatining chuqur jihatlarini kashf qilish imkonini beradi. Masalan, Dostoevskiyning "Jinoyat va jazo" asari o‘quvchini murakkab ruhiy jarayonlarga olib kirib, jinoyat va tavba kabi masalalarni o‘rganishga undaydi. Bunday asarlar odamlarning his-tuyg‘ularini tushunishga yordam beradi va unda empatiya tuyg‘usini shakllantiradi. O‘zini anglash va ruhiy kuch. Kitob o‘qish insonning ruhiyatiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, ichki xotirjamlikni saqlashga yordam beradi. Kitob o‘qish jarayonida o‘quvchi o‘z hayoti va qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqadi, shu orqali shaxsiy o‘sish uchun zamin yaratiladi. Badiiy va ma’rifiy kitoblar o‘quvchining dunyoqarashini kengaytirib, uning qiyin paytlarda bardoshli bo‘lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, kitoblar insonni yanada kuchliroq va irodali shaxsga aylantiradi. O‘qish odatlari va xarakter tarbiyasi. O‘qish odati insonda tartiblilik, intizom va qiziqish kabi sifatlarni shakllantiradi. Muntazam kitob o‘qish odati insonning xatti- harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hayotiy hikoyalar, tarjimai hol va ma’rifiy kitoblar insonning dunyoqarashini kengaytirib, uning xulq-atvoriga ta’sir qiladi. Kitob o‘qish orqali o‘quvchi mas’uliyatli va ma’naviyatli bo‘lishni o‘rganadi, bu esa uning xarakteri shakllanishiga katta hissa qo‘shadi. https://scientific-jl.com/new 55 44 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, kitoblar inson xarakterini shakllantirishda juda muhim vosita hisoblanadi. Ular orqali o‘quvchi hayotga boshqacha nazar bilan qaray boshlaydi, o‘zini va boshqalarni anglashga o‘rganadi. Motivatsion va falsafiy asarlar o‘ziga ishonch va ruhiy kuchni oshirsa, badiiy adabiyot empatiya va insoniylikni rivojlantiradi. Kitobxonlik odatini shakllantirish va uni saqlab qolish orqali inson o‘zining shaxsiy rivojlanishi uchun katta hissa qo‘shadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Hill, N. (1937). O‘ylang va boy bo‘ling. New York: The Ralston Society. 2.Covey, S. R. (1989). Samarali insonlarning 7 odati: Shaxsiy rivojlanish uchun yo‘l- yo‘riqlar. New York: Free Press. 3.Frankl, V. E. (1946). Inson ma'noni izlaydi. Boston: Beacon Press. 4.Dostoevskiy, F. (1866). Jinoyat va jazo. Rossiya: Russkiy Vestnik. 5.Tolstoy,

Доказательный фрагмент

«This article examines the influence of reading on human character and personal qualities.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the influence of reading on human character and personal qualities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
motivational books, philosophical works, fiction, reading habits, irodali shaxs., o‘zini anglash, Kalit so‘zlar: motivatsion kitoblar, badiiy adabiyot, empatiya, dunyoqarash, falsafiy asarlar, ruhiy kuch, o‘qish odatlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники