К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIGA BERILAYOTGAN EʼTIBOR

TIZIMIGA BERILAYOTGAN EʼTIBOR · Boltayeva Shoxista Inoyatovna · Atamurotova Laylo Ro'zmetovna

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Barchamizga maʼlumki Yangi Oʻzbekistonimizda biz kutmagan darajadagi oʻzgarishlar roʻy berayotganini yurtdoshlarimiz sezib, koʻrib turibdi. Ayni damda taʼlimning poydevori boʻlmish Maktabgacha taʼlim tizimiga davlatimiz tomonidan bir qator tizimli Qonunlar, Qarorlar Farmonlar va Dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu maqolada yangi O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor haqida so’z boradi. Kalit soʻzlar: Maktabgacha taʼlim, ahamiyat, qaror, qonun, imkoniyat, texnologiya, ijodiy fikrlash. Barchamizga ma’lumki, maktabgacha ta’lim bola shaxsining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Zero, maktabgacha ta’lim tashkilotida puxta tayyorlanib maktabga chiqqan bolajonlarning yutuqlarga erishish imkoniyati kengayadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga oid davlat talablarida mamlakatda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, jahon tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsad qilib olinadi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam zaruriy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masala hisoblanadi. Bugungi kunda o‘zida ta’lim va tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etish oldimizga qo‘yilgan dolzarb vazifalarimizdan biridir. Chunki yosh avlodning kelajakda kim va qanday inson bo‘lib tarbiyalanishi ham boshlang‘ich ta’limga har tomonlama bog‘liq bo‘ladi. Bekorga umumiy o‘rta ta’limning ajralmas qismi yoki yuragi boshlang‘ich ta’limdir deyilmaydi. Boshlan’ich sinfdan boshlaboq o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, yangiliklar yaratishga o‘rgatish lozim. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan har bir fanlarni hayot bilan bog‘lab, undagi muammolarni har tomondan hal qila olishga o‘rgatadigan bo‘lsak, o‘quvchida ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanib boradi. Yuqoridagi fikrlarimizning tasdig‘i sifatida https://scientific-jl.com/new 55 66 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tishimiz mumkin: “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim va tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur”. Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu mas'uliyatni Universitetlarning Pedagogika fakulteti oʻz zimmasiga oladi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, bolalarga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. Ilg‘or xorijiy davlatlar va Koreya Respublikasi tajribasidan kelib chiqib, respublikamizning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yildi. Uning asosiy maqsadi bolalarni o‘qitish emas, balki ularning o‘qishga intilishlarini rivojlantirishdan iborat. Mazkur dastur besh tamoyilni o‘zida mujassamlashtirgan. Bular jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish, aqliy rivojlanish, ijodiy rivojlanish kabilardan iborat. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan "Davlat talablari" va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi qabul qilinib , hozirda zamonaviy davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida ishlash orqali yangi ma’lumotlarni , yangi bilimlarni berib bormoqda. Markazlarda ishlash bolalarda kreativ fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantiradi va dunyoqarashini shakllantirib boradi. Maktabgacha ta’lim sohasi har to

Доказательный фрагмент

«Barchamizga maʼlumki Yangi Oʻzbekistonimizda biz kutmagan darajadagi oʻzgarishlar roʻy berayotganini yurtdoshlarimiz sezib, koʻrib turibdi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Barchamizga maʼlumki Yangi Oʻzbekistonimizda biz kutmagan darajadagi oʻzgarishlar roʻy berayotganini yurtdoshlarimiz sezib, koʻrib turibdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit soʻzlar: Maktabgacha taʼlim, texnologiya, qonun, ijodiy fikrlash., imkoniyat, ahamiyat, qaror
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники