К содержанию
РецензированоUZ2012

IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON XULQIGA TA’SIRI

Olimov Saydullo · Dadajonova Mashxurabonu

Журнал инноваций нового века · 2012

Аннотация

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’siri chuqur tahlil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarni ijobiy va salbiy ta’sir omillari ajratib ko‘rsatilib, yosh avlod ongiga ijtimoiy tarmoqlarning qanday yosinda ta’sir qilayotgani misollar asosida yoritildi. Ijtimoiy tarmoqlarning inson xulq-atvoriga ta’siri ko‘p qirrali va murakkab masala bo‘lib, u har bir shaxsning yoshi, ijtimoiy holati, ruhiy tayyorgarligi va axborot madaniyatiga bog‘liq. Bu jarayonni faqat taqiq va cheklovlar orqali emas, balki axborot savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, oilaviy va maktab tarbiyasini mustahkamlash orqali tartibga solish mumkin. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy tarmoq, instagram, telegram, facebook, psixologlar,ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlari. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlar orqali milliy va jahon adabiyot namunalarini keng targ‘ib qilish zarurligini, badiiy va ilmiy merosni virtual makonda targ‘ib etish orqali yoshlar ongini mustahkamlash maqsad qilganini bildirib, bu borada “ma’naviy immunitetni” mustahkamlashni alohida e’tirof etgan. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli qarori ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish maqsadida qabul qilingan. Ushbu qaror o‘quvchilarning dars jarayonida chalg‘imasligini ta’minlashga qaratilgan. Masalan, telegram O‘zbekistonda eng ko`p foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoq bo`lib, undan 20 millionga yaqin odam foydalanadi. Ammo, afsuski, telegram O‘zbekistonda kiberjinoyatlar eng ko‘p sodir etilayotgan platformaga aylangan. Bunga chora sifatida esa, foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini o‘z telegram sahifasiga joylamasligi va turli shubhali xabarlardan ogoh bo‘lishi so‘raladi.1 Ijtimoiy tarmoqlar bizning bir-biriga bog‘langan dunyomizning yurak urishiga aylandi. Turli xil kelib chiqishi va yosh guruhlarini qamrab olgan milliardlab odamlar ijtimoiy tarmoqlarni hayotlarining ajralmas qismi sifatida qabul qilishdi. Quyida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha 2023 yilgi yangilangan statistik ma'lumotlar keltirilgan: dunyo bo‘ylab 4.8 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bor, bu dunyo aholisining 59.9 foizini va barcha internet foydalanuvchilarining 92.7 1 https://rost24.uz/oz/news/2061 https://scientific-jl.com/new 11 00 99 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS foizini tashkil qiladi. O‘rtacha odam kuniga 2 soat 24 daqiqa vaqt sarflaydi. Eng ko‘p ishlatiladigan ijtimoiy tarmoqlar va yuklab olish ko‘rsatkichlari bilan – Facebook(10mlrd+), YouTube(10 mlrd+), WhatsApp(10 mlrd+) va Instagram(5 mlrd+). Ijtimoiy tarmoqlardan eng ko‘p foydalanadigan yosh guruhi 18-29 yosh. Dunyodagi eng ommabop ijtimoiy media platformasi Facebook bo‘lib, oyiga 2.989 milliard faol foydalanuvchiga ega. YouTube ikkinchi eng mashhur ijtimoiy media platformasi bo‘lib, oyiga 2.527 milliard faol foydalanuvchiga ega. WhatsApp uchinchi eng mashhur ijtimoiy media platformasi bo‘lib, oyiga kamida 2 milliard faol foydalanuvchiga ega. Instagram to‘rtinchi eng mashhur ijtimoiy media platformasi bo‘lib, oyiga 2 milliard faol foydalanuvchiga ega. TikTok beshinchi eng mashhur ijtimoiy media platformasi bo‘lib, oyiga 1.9 milliard faol foydalanuvchiga ega. Odamlar televizor tomosha qilishdan ko‘ra ko‘proq vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarda eng yuqori. Ijtimoiy tarmoqlardan qishloqlardagidan ko‘ra shahar aholisi ko‘proq foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshi kattalar orasida oshib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizdagi o‘rnini inkor qilib bo‘lmaydi. Biroq tahlikali jihatlariga ham ko‘z yumolmaymizki, ijtimoiy tarmoqlarda vaqtimizni va ruhiy sog‘ligimizni ham qurbon beryapmiz. Ijtimoiy tarmoqlar yangi hodisa bo‘lgani uchun uning atrofida hali hanuz to‘liq tadqiqotlar olib borilmagan. Ayrim kishilar kundalik stress va tashvishlardan uzoqlashish uchun ijtimoiy tarmoqlardan panoh topishga urinishadi. Ammo taqdqiqotlar ijtimoiy tarmoqlar stressni ozaytirish uchun emas, aksincha, ruhiy ziqlik va asabiylikni ortirish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan ayollarda erkakalarga qaraganda ruhiy ziqlik ko‘proq kuzatiladi. Tadqiqotlar natijasida, ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lgan kishilarda xavotir, vahima, asabiy tajanglik va behalovatlik boshqalarga nisbatan ko‘proq aniqlandi. Yetti va undan ko‘proq ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan foydalanuvchilar umuman foydalanmaydigan va yoki 1-2 akkuantdan foydalanadiganlardan ko‘ra ko‘proq xavotir hamda tajanglikda yuradilar. Ba’zi tadqiqotlar ruhiy tushkunlik va ijtimoiy tarmoqlar orasida qat’iy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatsa-da, ayrim mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlarni ruhiy tushkunlikdan xalos etuvchi ijobiy jarayon sifatida ham baholashadi. Bunga sabab ijtimoiy tarmoqlarda biz ko‘radigan reelslar, kontentlar va videolar boshqalarga qilingan yaxshiliklar, ibratli videolar, sovg‘alar ulas

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’siri chuqur tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’siri chuqur tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
telegram, instagram, psixologlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlari., facebook, Kalit so‘zlar: Ijtimoiy tarmoq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники