К содержанию
РецензированоUZ2026

BIRINCHI SINF O’QUVCHILARNING PSIXO-EMOTSIONAL MOSLASHUVI

BIRINCHI SINF O’QUVCHILARNING · PSIXO-EMOTSIONAL MOSLASHUVI · Maxkamova Masturaxon Baxromjon qizi · Siddiqova Gulsanam

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu bitiruv malakaviy ishi birinchi sinf o‘quvchilarining psixo- emotsional moslashuvi jarayonini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maktabga kirish davrida bolalar yangi ijtimoiy va ta’lim muhitiga moslashish bilan yuzma-yuz keladi, bu esa ularning emotsional holati va ruhiy barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Tadqiqotda psixo-emotsional moslashuvning nazariy asoslari tahlil qilinib, bolaning maktab muhitiga moslashuv jarayonidagi muhim omillar aniqlangan. Kalit so‘zlar: Psixologik moslashuv, Birinchi sinf o‘quvchilari, Psixo- emotsional moslashuv, Ta’lim psixologiyasi, Yosh xususiyatlari psixologiyasi, Ijtimoiy psixologiya, Individual psixologik xususiyatlar, Oilaviy muhit, Maktab muhiti, Birinchi sinf o‘quvchilarining psixo-emotsional moslashuvi ta’lim psixologiyasi, yosh xususiyatlari psixologiyasi hamda ijtimoiy psixologiya yo‘nalishlarida keng o‘rganib kelinayotgan dolzarb muammolardan biridir. Bu boradagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moslashuv jarayoni bola shaxsining individual psixologik xususiyatlari, oilaviy muhit, maktab muhitining tashkil etilishi va pedagogik yondashuvlarga bevosita bog‘liqdir. O‘zbek olimalaridan G. Yoqubova o‘zining tadqiqotlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktabga moslashuvi jarayonida yuzaga keladigan psixologik va emotsional holatlarni atroflicha o‘rganadi. Uning fikricha, bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlari, ya’ni temperament, xarakter, o‘z-o‘zini baholash darajasi moslashuvda muhim omil hisoblanadi. Yoqubovaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, emotsional jihatdan barqaror, mustaqil fikrlay oladigan va o‘ziga ishonchi baland bo‘lgan o‘quvchilar maktab muhitiga tezroq va samaraliroq moslasha oladi. N. Raxmonqulova bola shaxsining maktabga psixologik tayyorgarligini baholashda uning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatga kirishish qobiliyatini markaziy omil sifatida ko‘radi. Uning ilmiy tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bola uchun maktab — bu nafaqat yangi bilimlar manbai, balki yangi ijtimoiy muhitdir. Shu sababli https://scientific-jl.com/new 11 22 22 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS bola bu muhitda o‘z o‘rnini topishi, tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga kirisha olishi lozim. Raxmonqulovaning fikricha, aynan ijtimoiy-emosional moslashuv bolaning maktab hayotiga tez va samarali integratsiyalashuvi uchun asosiy psixologik tayanch hisoblanadi. Ushbu moslashuv jarayoni bir nechta asosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq: o‘qituvchi bilan emotsional jihatdan ishonchli va ijobiy aloqa o‘rnatish, sinfdoshlari bilan do‘stona munosabatlar shakllantirish hamda oilaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining mavjudligi. Raxmonqulova o‘z izlanishlarida bu omillarning har biri bolaning maktabga bo‘lgan munosabatiga, o‘zini tutishiga va o‘quv motivatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tajriba va kuzatishlar asosida asoslab bergan. Uning ta’kidlashicha, agar bola o‘qituvchining e’tiborini, mehrini va e’tirofini his qilsa, bu uning maktabga nisbatan emotsional ijobiy munosabatini shakllantiradi. O‘qituvchini faqat bilim beruvchi emas, balki hissiy qo‘llab-quvvatlovchi shaxs sifatida qabul qilgan bola o‘zini xavfsiz his qiladi, bu esa o‘z navbatida, stress darajasini kamaytirib, sinf muhitiga osonroq moslashishiga imkon beradi. 1Shuningdek, Raxmonqulovaning ilmiy qarashlarida sinfdagi ijtimoiy aloqalarning ahamiyati alohida o‘rin egallaydi. Unga ko‘ra, bola sinfdoshlaridan ijobiy ijtimoiy signal olganida, ya’ni do‘stona qabul qilinsa, tengdoshlar bilan o‘zaro yordam, birgalikdagi o‘yin va darsdagi hamkorlik orqali ijtimoiylashuv jarayoni tezlashadi.2 Bu esa bola uchun maktab muhitini yanada qulay va ma’naviy jihatdan boy qiladi. X.Xolmuhammadova o'zining "Psixo-emotsional holat va uning bolalar ta'limiga ta'siri" nomli ishida, maktabga birinchi bor kirgan bolalarda psixo-emotsional izdan tushish jarayonining ko'plab psixologik muammolarni yuzaga keltirishi mumkinligini ta'kidlaydi. U, ayniqsa, o'zini yolg'iz his qilish, qo'rquv va xavotir, o'ziga ishonchsizlik kabi holatlarning bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishini aniqlagan. Xolmuhammadova, bolalar psixo-emotsional holatini qo'llab-quvvatlash uchun o'qituvchilar va ota-onalarning hamkorlikda faoliyat olib borishi zarurligini ta'kidlaydi. Sh.Mamatqulov o'zining tadqiqotlarida bolalar psixologiyasida ta'lim muhitining ahamiyatini ta'kidlagan. U birinchi sinf o'quvchilarining psixo-emotsional holatiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillar sifatida, o'qituvchining pedagogik malakasi, maktab muhitining ijobiyligi va bolalar orasidagi hamkorlikni ko'rsatadi. Mamatqulovning fikriga ko'ra, bolalarni psixo-emotsional moslashuv jarayonida qo'llab-quvvatlashda maktab psixologi ham muhim rol o'ynaydi. Ularning maqsadi — bolaning ruhiy holatini kuzatib, muammolarni erta bosqichda aniqlash va ularga yordam ko'rsatishdir. Hissiyotlar vositasida bolalar jamiyatda o‘rnatilgan estetik, ahloqiy talablarga muvofiq 1 Xudayberganova, F.Q. (2025). Boshlangʻich sinf

Доказательный фрагмент

«Ushbu bitiruv malakaviy ishi birinchi sinf o‘quvchilarining psixo- emotsional moslashuvi jarayonini o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu bitiruv malakaviy ishi birinchi sinf o‘quvchilarining psixo- emotsional moslashuvi jarayonini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Psixo-emotsional moslashuv, Ijtimoiy psixologiya, Maktab muhiti, Birinchi sinf o‘quvchilari, Ta’lim psixologiyasi, Oilaviy muhit, Individual psixologik xususiyatlar, Kalit so‘zlar: Psixologik moslashuv, Yosh xususiyatlari psixologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники