Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHIDA O‘QUVCHILAR XOTIRASINING DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI
DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI · Sharipova Mohinur Zokirjon qizi · katta o‘qituvchisi Asilova Sanobar Xatamboyevna · I.M. Sechenov
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning xotirasini psixologik jihatdan o‘rganish, ularni diagnostika qilish hamda xotira jarayonini rivojlantirishga qaratilgan korreksion ishlar tizimi haqida ma’lumotlar yoritilingan. O‘quvchilarda eslab qolish, saqlash va qayta eslash kabi xotira jarayonlarining rivojlanish darajasini aniqlash va ularni psixologik mashqlar orqali rivojlantirish yo‘llari haqida fikr va mulohazalar keltirib o‘tilgan. Kalit soʻzlar: Kichik maktab yoshi, xotira jarayonlari, psixologik diagnostika, bevosita xotira, esda qoldirish, psixologik korrektsiya, psixologik metodika, ijtimoiylashuv, o‘quv motivatsiyasi. Xotirasiz inson: “abadiy go‘daklik holatida” qolgan bo‘lar edi I.M. Sechenov Bugungi kunda kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning erkin fikrlovchi, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi uchun ularni har tomonlama rivojlantirish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ularning psixologik, jismoniy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganilib, o‘zlarini erkin tutishi va fikrini mustaqil ifodalashida to‘siq bo‘ladigan salbiy psixik holatlarni aniqlash hamda bartaraf etish lozimligiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkomiyatlarini safarbar qilamiz” – degan fikrlarida yuqoridagi masalalar naqadar dolzarbligi namoyon boʻladi.1 Yoshlarni har tomonlama shakllanishining dastlabki bosqichi bu kichik maktab yoshidir. Kichik maktab yoshi bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir.Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Agar shu yoshda o‘quvchi bilish, o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan 1 Shavkat Mirziyoyev_Erkin va faraovon , demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent- “O’zbekiston”-2016 https://scientific-jl.com/new 11 33 11 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS ma’suliyatli bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib , bolada ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi. Negaki, bu holatlar faqatgina yoshlarning bilim olishiga to‘siq bo‘lib qolmasdan, o‘z navbatida shaxsning boshqa psixik jarayonlarning normal rivojlanishida salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday salbiy holatlardan biri bolalarda kuchli xoxish va diqqatning yetishmasligida deb bilamiz. Kichik yoshdagi bolalarda xotira kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt fazoni yaxshi farqlay oladilar. So`z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida sodir bo`ladi. Xotiraning rivojlanishi bola bilan ishlashda ta`limning qaysi metodlari ustunligiga uni o`rab turgan muhit idrok obraz bilan qanchalik boyligiga bog`liq kichik maktab yosh davri 1-4-sinf o`quvchilarining yosh oralig`ini o`z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyon o`zgarishlar sodir bo`lishini kuzatishi mumkin.. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo`yishi unda o`quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Kichik maktab 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi.Uning psixikasi bilim olishga eltadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri unda o`ziga xos ehtiyojlarining mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o`z mohiyatiga ko`ra faqat muayyan bilim ko`nikma va malakalarini egallashga qaratilmay balki o`quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o`z portfeliga shaxsiy o`quv qurollariga dars tayyorlash stoliga kitob qo`yish javoniga ega bo`lish kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Anashu ehtiyoj bola shaxsining shakillanishida shuningdek uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu davrda bola fan asoslarini o`rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo’ladi. Shaxsning taraqqiyoti , rivojlanishi , yuksak pog‘analarni zabt etishi uning xotirasi bilan bevosita bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi . Bolani xotirasi rivojlanishida ota- ona va tarbiyachilarning vazifalari haqida bizgacha juda ulkan me’ros yetib kelgan. Sharq va G‘arb allomalarining bu boradagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Farobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli xotiralar qayd etilgan. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning xotirasi – bu ularning bilish faoliyatida hal qiluvchi o‘rin tutadigan, shaxsning ongli rivojlanishid
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning xotirasini psixologik jihatdan o‘rganish, ularni diagnostika qilish hamda xotira jarayonini rivojlantirishga qaratilgan korreksion ishlar tizimi haqida ma’lumotl…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning xotirasini psixologik jihatdan o‘rganish, ularni diagnostika qilish hamda xotira jarayonini rivojlantirishga qaratilgan korreksion ishlar tizimi haqida ma’lumotl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- esda qoldirish, bevosita xotira, ijtimoiylashuv, Kalit soʻzlar: Kichik maktab yoshi, xotira jarayonlari, psixologik metodika, o‘quv motivatsiyasi., psixologik korrektsiya, psixologik diagnostika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025