К содержанию
РецензированоRU2026

O‘SMIRLIK DAVRI INQIROZLARIDA XAVFSIZ OILAVIY MUHITNING O‘RNI

OILAVIY MUHITNING O‘RNI · Maxkamova Masturaxon Baxromjon qizi · Muhammadova Dildoraxon Abdubanno qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ishdа o‘smirlik davri oilаviy muhit vа oilаviy munosаbаtlаrning bolаlаrning xulq-аtvorigа tа’siri o‘rgаnilаdi. Tаdqiqotlаr shuni ko‘rsаtаdiki, oilаviy muhitning bаrqаrorligi vа otа-onаlаr o‘rtаsidаgi munosаbаtlаr bolаlаrning psixologik rivojlаnishigа bevositа tа’sir qilаdi. Mаqolаdа turli oilаviy shаroitlаr vа tаrbiyа usullаrining bolаlаr xulqigа qаndаy tа’sir etishi ko‘rib chiqilаdi vа ulаrning ijtimoiy vа emotsionаl rivojlаnishigа tа’siri tаhlil qilinаdi. Kalit so‘zlar: oilаviy muhit, oilаviy munosаbаtlаr, bolа xulqi, tаrbiyа usullаri, psixologik rivojlаnish, ijtimoiy rivojlаnish, emotsionаl rivojlаnish, otа-onа roli, nizoli oilаlаr, bolа tаrbiyаsi. Oila –asrlar davomida shakllanib kelgan jamiyatning mustahkam poydevori, jamiyat taraqqiyotini ta‘minlovchi qudratli maskan. Jamiyatning har tomonlama farovonligi oilaning mustahkamligi, tinchligi va xotirjamligiga bog‘liq. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek, “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik – xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy – ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”.1 Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ushbu fikrlar jamiyatimizda davlatimiz rivoji uchun oilaning, oilada farzand tarbiyasi sog‘lom oilaviy muhit yaratish bugungi kunning eng ahamiyatli bo‘lgan masalalaridan ekanligidan dalolat beradi. Oiladagi sog‘lom muhit esa farzandlarni barkamol etib tarbiyalashda muhim – sog‘lom mafkuraning o‘rnini ko‘rsatib beradi. Umuman olganda, mamlakatimizda sog‘lom oilaviy barqaror muhitni shakllantirish va oilada yuksak ma‘naviy-axloqiy, ijtimoiy-psixologik muhitni qaror toptirish uchun farzandlarimizning ta‘lim- tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, oilalar mustahkamligini va manfaatlarini ta‘minlash, sog‘lom farzand o‘stirish, tarbiyalash va ularni voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 1 Мирзиёев Ш. М. Танқидий таҳлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – Б.43. https://scientific-jl.com/new 11 33 88 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Davlatimizda oila va farzand munosabatlariga katta ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Qabul qilingan ko‘plab qaror va qonunlar so‘zimizning yaqqol isbotidir. Davlatimiz asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi. Oila, bolalar va yoshlarga bag‘ishlangan bo‘lib Konstitutsiyaning 76-moddasida Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi2 deya belgilab berilgan. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 4-modda. Oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi deb nomlanib, O‘zbekiston Respublikasida oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. O‘zbekiston Respublikasida onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovordir. Mazkur qonunning IV bo‘lim. Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari 65-modda. Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi deb nomalanadi. "Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasnodir."3 2025- yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko'ra "So‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish"4 belgilab berildi. Davlatimizning asosiy qonunlarida oila, farzand tarbiyasi, sog‘lom oilaviy muhit, ota-ona va farzand munosabatlari belgilab berilgani mavzuning ahamiyatini o‘zida aks ettiradi. Oilаviy muhit vа oilаviy munosаbаtlаr xususan bola tarbiyasi bolа shаxsiyаti vа xulq-аtvorini shаkllаntirishdа judа muhim аhаmiyаtgа egа. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek, “...yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, – deydi donishmandlar. Shаrq mutаfаkkirlаrining bаrchаsini g‘oyаviy jihаtdаn birlаshtirgаn 2 O'zb

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ishdа o‘smirlik davri oilаviy muhit vа oilаviy munosаbаtlаrning bolаlаrning xulq-аtvorigа tа’siri o‘rgаnilаdi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ishdа o‘smirlik davri oilаviy muhit vа oilаviy munosаbаtlаrning bolаlаrning xulq-аtvorigа tа’siri o‘rgаnilаdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nizoli oilаlаr, Kalit so‘zlar: oilаviy muhit, ijtimoiy rivojlаnish, otа-onа roli, oilаviy munosаbаtlаr, bolа xulqi, emotsionаl rivojlаnish, bolа tаrbiyаsi., psixologik rivojlаnish, tаrbiyа usullаri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники