К содержанию
РецензированоEN2026

PAXTA ASOSIDAGI MATOLARINING GIDROIZOLYATSIYA XUSUSIYATLARINI OSHIRISH

XUSUSIYATLARINI OSHIRISH · Magistrant Z.А. Qurbonova

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

This article examines the enhancement of waterproofing properties in cotton-based canvas fabrics through the use of polymer latexes and nanotechnologies. The study involves treating fabrics with aqueous latexes based on vinyl acetate copolymers with styrene and butyl acrylate. Keywords: canvas, waterproofing, polymer latex, nanoparticles, water repellency, breathability. Paxta matolaridan tayyorlangan parusinalar sanoat va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi, ayniqsa qadoqlash materiallari, chodirlar, transport yopqichlari va boshqa texnik maqsadlarda ishlatiladi. Ular mustahkamligi va ekologik xavfsizligi bilan ajralib turadi. Biroq paxta tolalarining tabiiy gidrofil xususiyatlari ularning namlikni tez yutishiga va shunga mos ravishda tez eskirishiga sabab bo‘ladi [1]. Matolarga suvni qaytaruvchi xususiyat berish dolzarb masalalardan biridir. Xalqaro tajribada bu borada polimer latekslar, nanozarrachalar va sol-gel texnologiyalari keng qo‘llaniladi [1, 2]. Ushbu usullar yordamida matoning gidrofobligi oshiriladi, ammo havo o‘tkazuvchanlik kabi muhim xususiyatlar saqlanib qoladi. Paxta matolarini gidroizolyatsiya qilish uchun suv asosidagi polimer latekslardan foydalanish ekologik xavfsizlikni, iqtisodiy samaradorlikni va texnik xususiyatlarni yaxshilash imkonini beradi. Ushbu maqolada mazkur texnologiyalar va ularning https://scientific-jl.com/new 11 44 22 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, Web of Science, Scopus va ScienceDirect ma’lumotlar bazalarida e’lon qilingan xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosidagi eksperiment natijalari keltirilgan [4, 5]. Mazkur maqolarning оlinish maqsadi — paxta tolalaridan tayyorlangan matolarning gidroizolyatsion xususiyatlarini suv asosidagi polimer latekslar yordamida yaxshilash va ushbu texnologiyaning sanoatda qo‘llanishini o‘rganishdir. Paxta tolalarining asosiy kimyoviy tarkibi — gidrofil (suvni yaxshi yutuvchi) xossalarga ega bo‘lgan sellyulozadir, bu esa matoning tashqi muhit ta’sirida zaiflashishiga olib keladi. Mazkur muammoni hal qilishning zamonaviy usuli — polimer latekslar bilan ishlov berishdir. Suv asosidagi polimer latekslar matolarga gidrofob xususiyat berish uchun keng qo‘llanadi, chunki ular ekologik jihatdan xavfsiz, iqtisodiy jihatdan samarali va barqarordir [3, 4]. Sellyuloza molekulyar tuzilishini hisobga olgan holda, quyidagi kimyoviy jarayonlar orqali gidrofob qoplamalar hosil qilinadi. Polimerlarning sellyuloza zanjirlari bilan kovalent bog‘lanishi: Bu usul matoning suvni qaytarish xususiyatini oshiradi va matoning mustahkamligini saqlaydi. Sol-gel texnologiyasi: Bu usul mato tolalari yuzasida gidrofob nanozarrachalar hosil qilib, materialning gidroizolyatsion xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi [3]. Suv asosidagi polimer latekslar tarkibida stiren-butadiyenli, poliakrilatli yoki poliuretanli polimerlar mavjud bo‘lib, ular matoga kirib borib, suvni qaytaruvchi himoya qatlami hosil qiladi [4]. Butilakrilat – vinilasetat sopolimerlari asosidagi suvli latekslar: uzoq muddatli gidrofoblikni ta’minlab, sanoatda keng qo‘llaniladi. Poliakrilatlar: suv asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori ekologik xavfsizlikka ega. PVA (polivinil asetat): matolarga suvni qaytarish xususiyatini berib, havo o‘tkazuvchanligini saqlaydi. Eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu latekslar mato yuzasida ingichka, suvni qaytaruvchi qatlam hosil qiladi, shu bilan birga uning havo o‘tkazuvchanligini ham ta’minlaydi. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi va transport sohasida qo‘llaniladigan parchinlar uchun juda muhimdir [2, 4]. Eksperimentning maqsadi: Paxta matolarining gidrofob xususiyatlarini suv asosidagi polimer latekslar yordamida yaxshilash. Eksperiment bosqichlari quyidagicha: 1. Tayyorlov bosqichi: Paxta matolari mexanik aralashmalar va changlardan tozalandi, 60°C haroratdagi issiq suvda yuvilib, quritildi. Bu bosqich matoga ishlov beruvchi moddalarning bir xil singishiga yordam berdi. 2. Lateks qoplamasini qo‘llash jarayoni: Lateks dispersiyasi purkash yoki matoni eritmaga botirish usuli bilan qo‘llanildi. Har bir qatlam teng va quruq bo‘lishi tekshirildi. 3. Quritish bosqichi: Qoplangan mato 100–120°C haroratda 10–15 daqiqa davomida quritildi. Bu bosqich lateks molekulalarining mato tolalari bilan mustahkam bog‘lanishini ta’minladi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, latekslar bilan ishlov berilgan https://scientific-jl.com/new 11 44 33 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS matolar odatdagi paxta matolariga qaraganda 85–90% kamroq suv yutgan. Bu esa ularning gidroizolyatsion xususiyatlari sezilarli darajada yaxshilanganligini bildiradi [1, 3]. Chao-Hua Syuye va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sol-gel texnologiyasi yordamida paxta matolari yuzasida nanozarrachalardan iborat mustahkam qatlam hosil qilish mumkin [2]. Ushbu qatlamlar matoga nafaqat gidrofoblik (suvni qaytarish) xususiyatini beradi, balki uni tashqi ta’sirlardan ham himoya qiladi

Доказательный фрагмент

«This article examines the enhancement of waterproofing properties in cotton-based canvas fabrics through the use of polymer latexes and nanotechnologies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the enhancement of waterproofing properties in cotton-based canvas fabrics through the use of polymer latexes and nanotechnologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
canvas, waterproofing, polymer latex, nanoparticles, water, suvga chidamlilik, Kalit so‘zlar: parusina, polimer lateks, nanozarrachalar, havo o‘tkazuvchanlik., gidroizolyatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники