Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KEKSA VA QARI YOSHDAGI BEMORLARDA GONARTROZNING KLINIK-IMMUNOLOGIK TAVSIFI, KASALLIK KECHISHINING XUSUSIYATLARI
Allokulov Rustam Ruzibayevich
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada keksa va qari yoshdagi bemorlarda gonartroz kasalligining klinik va immunologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida 82 nafar bemorda kasallik bosqichlari klinik simptomlar va immunologik markerlar asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, yallig‘lanish bilan bog‘liq sitokinlar (IL-1β, IL- 6, TNF-α) darajasi oshgan, IL-10 darajasi esa pasayganligi aniqlanib, surunkali yallig‘lanish jarayonlarining kasallik kechishida muhim o‘rin tutishi tasdiqlandi. T- limfotsitlar balansining buzilishi esa immun disbalans mavjudligiga ishora qiladi. Shunday qilib, gonartrozning kechishi va og‘irligi organizmning immun holati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu kasallikni davolashda immunologik yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar. Gonartroz, keksa yosh, immun holat, sitokinlar, T-limfotsitlar, yallig‘lanish, degenerativ kasallik, klinik-immunologik baholash. Kirish Gonartroz (tizza bo‘g‘imi artrozi) — bu bo‘g‘im tog‘aylarining yemirilishi, bo‘g‘im suyagi yuzalarining deformatsiyasi va harakat funksiyasining izdan chiqishi bilan xarakterlanuvchi degenerativ-distrofik kasallikdir. Bu patologiya, ayniqsa, keksa yoshdagi aholida keng tarqalgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi oldida muhim klinik va ijtimoiy muammo sifatida namoyon bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 60 yoshdan oshganlarning 40% dan ortig‘i bo‘g‘im artrozining turli shakllaridan aziyat chekadi, shulardan eng ko‘pi gonartrozga to‘g‘ri keladi [1]. Keksa yoshdagi inson organizmida metabolik jarayonlarning sekinlashuvi, immunitetning fiziologik susayishi va boshqa ko‘plab xastaliklar fonida bo‘g‘im to‘qimalarida tiklanish jarayonlari sust kechadi. Shu sababli gonartroz bu yosh toifasida ko‘proq og‘ir klinik shakllarda namoyon bo‘ladi. Garchi ilgari gonartroz asosan mexanik stress va tog‘ayning yoshga bog‘liq eskirishi natijasida yuzaga keladi deb hisoblangan bo‘lsa-da, so‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar bu kasallikning rivojlanishida immunologik mexanizmlar, surunkali yallig‘lanish va sitokinlar muvozanatining buzilishi ham muhim o‘rin tutishini ko‘rsatmoqda [2, 3]. Tadqiqotchilar, jumladan, A. Sellam va F. Berenbaum (2010) gonartrozda "past darajadagi yallig‘lanish" sindromi mavjudligini ko‘rsatib, bo‘g‘im suyagida proinflammator sitokinlarning doimiy ta’siri natijasida to‘qimalar yemirilishini asoslab https://scientific-jl.com/new 11 55 77 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS berganlar [4]. Shuningdek, IL-1β, TNF-α va IL-6 kabi sitokinlarning yuqori darajasi bo‘g‘im sinovial qavatida faol yallig‘lanish va destruktiv jarayonlarni keltirib chiqaradi [5, 6]. Bunday surunkali yallig‘lanish jarayoni yoshi katta bemorlarda ko‘pincha boshqa surunkali kasalliklar — yurak-qon tomir, endokrin, autoimmun kasalliklar fonida og‘irroq kechadi. Shu bilan birga, V. L. Moroz va T. V. Shapoval (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar keksa yoshdagi artrozli bemorlarda immunoregulyator mexanizmlar, xususan, IL-10 sitokini darajasining pastligi, bu holatni yanada surunkalashishiga olib kelishini aniqlagan [7]. Immuntizim disbalansi fonida bo‘g‘im ichki suyuqlikda limfotsitlarning infiltratsiyasi, faollashgan makrofaglar va yallig‘lanish mediatorlarining ko‘pligi kuzatiladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, keksa va qari yoshdagi bemorlarda gonartroz nafaqat anatomik va fiziologik o‘zgarishlar bilan, balki murakkab immunologik buzilishlar bilan ham kechadi. Mazkur maqola gonartrozning klinik belgilari bilan bir qatorda, immunologik ko‘rsatkichlar o‘zgarishini baholashga qaratilgan bo‘lib, bu holatni kompleks tahlil qilish orqali diagnostika va davolash yondashuvlarini takomillashtirishni ko‘zlaydi. Material va usullar Tadqiqotga 65 yoshdan oshgan 82 nafar bemor jalb qilindi. Ulardan 48 nafari ayollar, 34 nafari erkaklar edi. Bemorlar klinik belgilari va gonartrozning radiologik bosqichlariga (Kellgren-Lawrence mezoni asosida) ko‘ra guruhlarga bo‘lindi. Tadqiqotda klinik simptomlar (og‘riq darajasi, harakat chegaralanganligi, shish, bo‘g‘imdagi deformatsiya) baholandi. Immunologik baholashda periferik qon namunalarida limfotsitlar subpopulyatsiyasi, T-hujayra darajalari, shuningdek, IL-1β, IL-6, TNF-α va IL-10 sitokinlari darajasi ELISA usuli yordamida o‘lchandi. Nazorat guruhi sifatida sog‘lom, shu yoshdagi 30 nafar shaxs ishtirok etdi. Natijalar Klinik kuzatuvlarga ko‘ra, bemorlarning 78%ida og‘riq sindromi doimiy xarakterga ega bo‘lib, harakat faoliyatini sezilarli darajada cheklab qo‘ygan. Bo‘g‘imlarda shish va harakatchanlikning kamayishi eng ko‘p III–IV darajali gonartroz bemorlarida kuzatildi. Bo‘g‘im ichki suyuqligida yallig‘lanish belgilarining mavjudligi 61% holatda aniqlangan. Immunologik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, gonartroz bilan kasallangan keksa bemorlarda proinflammator sitokinlar – IL-1β, IL-6 va TNF-α darajalari sezilarli darajada oshgan (p<0.05), bu esa surunkali yallig‘lanish jarayonining davom etayotganidan dalolat beradi. IL-10 darajasi es
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada keksa va qari yoshdagi bemorlarda gonartroz kasalligining klinik va immunologik xususiyatlari o‘rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada keksa va qari yoshdagi bemorlarda gonartroz kasalligining klinik va immunologik xususiyatlari o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- T-limfotsitlar, yallig‘lanish, immun holat, degenerativ kasallik, klinik-immunologik baholash., Kalit so‘zlar. Gonartroz, sitokinlar, keksa yosh
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025