Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TASVIRIY SAN’ATGA QIZIQISHLAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Asilova Sanobarxon Xatamboyevna · Nabijonova Nozima Baxtiyorjon qizi · — L.S. Vygotskiy
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Mazkur ilmiy ishda maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarning psixologik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilingan. Bugungi globallashuv va ta’lim islohotlari sharoitida estetik tarbiyaning o‘rni, tasviriy faoliyatning bola psixikasi va shaxsiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur asoslab berilgan. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik didi, obrazli tafakkuri, sensor qobiliyatlari va ijodiy salohiyatining shakllanishida tasviriy san’atning ahamiyati psixologik va pedagogik nuqtai nazardan yoritilgan. L.S. Vygotskiy, A. Maslow, E. Erikson kabi g‘arb olimlari va O‘zbekistonlik olimlar Sh.X. Azizov, M.R. Abduqodirovlarning nazariy qarashlari asosida bolalarning tasviriy faoliyat orqali o‘zini ifodalash, hissiy dunyosini ochib berish, axloqiy, estetik va ijodiy fazilatlarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, oilaning, tarbiyachining va muhitning bola san’atga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy yondashuv asosida ochib berilgan. Kalit so’zlar: Maktabgacha yosh, tasviriy san’at, estetik tarbiya, psixologik rivojlanish, ijodiy qobiliyat, obrazli tafakkur, sensor tarbiya, estetik did, bola shaxsi, rasm, pedagogik muhit. “San’at — bolaning qalb oynasi: unda u o‘zini kashf qiladi, his qiladi va anglaydi.” — L.S. Vygotskiy Bolalarni san’atga oshno qilish, ularga go‘zallik tuyg‘usini singdirish m’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida shu jumladan maktabgacha ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Bu borada mamlakatimizda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu islohatlarning barchasi maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlanishiga, rivojlanish bosqichlaridagi inqirozli davrlarda bolaga ko‘mak berish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali https://scientific-jl.com/new 11 77 66 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilingan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.1 Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab maktabgacha ta’lim tizimi sohasida alohida tizimli yondashuvlar asosida bir qator amaliy ishlar olib borildi. Bola kunning asosiy qismini maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazsa ham, inson kamoloti uchun eng muhim bo‘lgan omillardan biri tarbiyaning tamal toshi oilada qo‘yiladi. Shu sababli ham maktabgacha pedagogikaning asosiy maqsadi bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi bilan oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik, emotsional va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha yosh — bolaning shaxs sifatida shakllanishida, uning dunyoqarashi, hissiy holati va ijodiy fikrlashining rivojlanishida muhim bosqichdir. Aynan shu davrda bolalarda san’atga, xususan tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqish shakllanadi. Maktabgacha yosh davri (3–6/7 yosh) inson hayotidagi eng faol rivojlanish bosqichlaridan biridir. Ayniqsa, bu davrda bolalarning estetik didi, ijodkorlik salohiyati, tasavvuri va noan’anaviy fikrlash qobiliyati shakllanadi. Bolalar atrof- muhitni anglashda va o‘z kechinmalarini ifodalashda ko‘pincha tasviriy san’at vositalaridan foydalanadilar. Ranglar, shakllar, chizgilar ular uchun nafaqat ijodiy vosita, balki ichki dunyosini ifodalash usulidir. Shu sababli bolalarning tasviriy san’atga qiziqishini o‘rganish va shakllantirish psixologik jihatdan muhim hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola psixikasining asosiy xususiyati — bu emotsional obrazli tafakkur bilan fikrlashidir. Bola fikrni mantiqiy tarzda emas, balki obrazlar orqali anglaydi. Aynan mana shu jihat tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ranglar uyg‘unligi, shakllarning farqliligi, o‘z asarida jonli tasvir yaratish ehtiyoji bola psixikasining tabiiy ehtiyojlariga mos tushadi. Psixologlar (L.S. Vygotskiy, D.B. Elkonin, A.V. Zaporozhets va boshqalar) ta’kidlaganidek, bolalarda tasviriy faoliyat orqali emotsional holatlar, motivatsiya, tafakkur va nutq rivojlanadi. Vygotskiyning fikricha, ijodiy faoliyat bolaning “yaqin rivojlanish zonasi”da yuzaga keladi va aynan bu faoliyat orqali u yuqori psixik funksiyalarni o‘zlashtiradi. Tasviriy san’at — bola tafakkurini, estetik idrokini, his-tuyg‘ularini va ijtimoiy xulq-atvorini rivojlantirishda beqiyos vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu faoliyat bolalarning o‘zini erkin ifoda etishida, tashqi dunyoni o‘ziga xos tarzda anglashida va ind
Доказательный фрагмент
«Mazkur ilmiy ishda maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarning psixologik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ilmiy ishda maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarning psixologik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy qobiliyat, obrazli tafakkur, psixologik rivojlanish, Kalit so’zlar: Maktabgacha yosh, pedagogik muhit., sensor tarbiya, tasviriy san’at, rasm, estetik did, estetik tarbiya, bola shaxsi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025