Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA QADRIYAT YO‘NALGANLIGINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
O‘QUVCHILARDA QADRIYAT YO‘NALGANLIGINING · PSIXOLOGIK JIHATLARI · katta o‘qituvchisi Asilova Sanobar Xatamboyevna
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Maqolada maktab o‘quvchilarida qadriyat yo‘nalganligining psixologik jihatlari tahlil etilib, qadriyatlarni yo‘nalganligida ota-ona va pedagogning va maktab psixologining o‘rni haqida fikr bildirilgan, shuningdek qadriyatlar yo‘nalganlgini rivojlantirishdagi mavjud kamchilik va muammolar tahlil qilingan. Buhungi kunda maktablarda o‘quvchilarida qadriyatlarni rivojlanishida zarur bo‘lgan samarali psixologik, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning yutuq va kamchiliklari haqida fikrlar ham keltirib o‘tilgan. Ota-onalar va pedagoglarning o‘quvchilarda qadriyatlar yo‘nalganligini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari ochib berilgan. Kalit soʻzlar: shaxs, hayot, qadriyat, motivatsion tuzilmasi, ijtimoiy qadriyat, faol qadriyatlar, individuallik, maqsad, ehtiyoj, ijtimoiy qadriyat, shaxsiy qadriyat, jamiyat va inson. Insoniyat boy qadriyatlarga suyangan holda kamol topadi. Buyuk O‘zbekistonimizning istiqboli ko‘p jihatdan yoshlarning salohiyatiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashga bog’liq. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash masalasi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib kelgan. Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o’sib kelayotgan yosh avlod muammolariga bag’ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida milliy qadriyatlarning, ma’naviy komponentlarning o’rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ma’naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog’lom e’tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo’lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. “Qadriyat” tushunchasiga aniqlik kiritishdagi murakkablik, ushbu tushunchani juda “sodda” ko‘rinishga ega bo‘lib, uni o‘zga murakkab tushunchalar bilan birlashtirib bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. V.I. Kabrinning aytishicha, «inson hayotining universumida uzluksiz qadriyatlar jarayoni mavjud» qadriyatlarning chegarasizligi, ularni o‘zga fenomenlarga o‘xshatish va ularni predmetlar, harakatlar va vaziyatlarga yaqinlashtirishdir1. Sharq allomalarining qadriyatlar haqida fikrlari ko‘p asrlar davomida insoniyat tarixi va madaniyatining muhim bir qismi bo‘lib kelgan. Ular https://scientific-jl.com/new 11 88 22 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qadriyatlarning psixologik jihatlarini, xususan, axloqiy va ruhiy rivojlanish nuqtai nazaridan o‘rganishgan. Buyuk allomalarimizdan Imom al-G‘azzoliy qadriyatlar masalasiga juda katta e'tibor bergan. Uning fikricha, insonning ruhiy holati va axloqi, uning shakllangan qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq. U, ayniqsa, qalbni poklash, ruhni tarbiyalashga katta e'tibor qaratgan. Psixologik jihatdan, u insonning daxldoriyatini his qilish va maqsadlariga erishishda qalbning to‘g‘ri yo‘lini tanlashi muhimligini ta'kidlagan. Shaxsda qadriyatlar tizimining shakllanishi avvalo ijtimoiy tajriba va madaniy meros bilan bog‘liq bo‘lib, ularning rivojlanishida oila, maktab, tengdosh guruhlar, ommaviy axborot vositalari, diniy va madaniy institutlar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, o‘quvchilik davrida bu tizim asos soluvchi bosqich sifatida alohida ahamiyatga ega. Bu davrda inson shaxsiy dunyoqarashini shakllantira boshlaydi, mustaqil fikrlash, baholash va tanlov qilish qobiliyati ortadi. Shu jihatdan, qadriyatlar shaxsning ijtimoiy pozitsiyasi, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini belgilovchi mezon sifatida xizmat qiladi. Ular shaxsning “hayotiy ma’no”sini shakllantiruvchi, uni harakatga undovchi ichki motivatsion omildir. Viktor Frankl ta’kidlaganidek, inson hayotining chuqur ma’nosi aynan qadriyatlar tizimida mujassam bo‘ladi, va bu tizim insonning og‘ir hayotiy sinovlarga bardosh bera olishini ta’minlaydi. O‘quvchilarda qadriyat yo‘nalganligi shaxsning psixik rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va dunyoqarashining shakllanishi jarayonida tarkib topadigan muhim psixologik tuzilma hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qadriyatlar shaxsning ichki motivatsion tizimini tashkil qiladi, uning hayotiy yo‘nalishini belgilaydi, intilishlari, ideallari va shaxsiy pozitsiyasining asosiy manbaiga aylanadi. Qadriyatlar yo‘nalganligi — bu shaxs tomonidan ongli ravishda tanlangan va e’tiqod darajasida qabul qilingan axloqiy, ijtimoiy va madaniy mezonlar tizimi bo‘lib, ular shaxsning borliqqa, jamiyatga, o‘z-o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Ular shaxsning butun psixik faoliyatida, jumladan, qaror qabul qilish, ijtimoiy xatti-harakat, maqsad qo‘yish va unga erishish jarayonlarida faol namoyon bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev, Sh. Inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari uchun. “O‘zbekiston” Toshkent (2022) 2. Z.M.Mamajonova Ijtimoiy Pedagogika Toshkent (2021) 3. N.Ismoilova D.Abdullayeva Ijtimoiy Psixologiya Toshkent (2013) 4. A.A Axmedov Ijtimoiy Pedagogika Buxoro (2023) 5. Xatamboyevna, A. S., & Ismigul, S. (2024). YOSHLAR O ‘RTASİDA DOL
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktab o‘quvchilarida qadriyat yo‘nalganligining psixologik jihatlari tahlil etilib, qadriyatlarni yo‘nalganligida ota-ona va pedagogning va maktab psixologining o‘rni haqida fikr bildirilgan, shuningdek qadr…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktab o‘quvchilarida qadriyat yo‘nalganligining psixologik jihatlari tahlil etilib, qadriyatlarni yo‘nalganligida ota-ona va pedagogning va maktab psixologining o‘rni haqida fikr bildirilgan, shuningdek qadr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- faol qadriyatlar, Kalit soʻzlar: shaxs, ehtiyoj, shaxsiy qadriyat, jamiyat va inson., ijtimoiy qadriyat, maqsad, individuallik, hayot, motivatsion tuzilmasi, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025