К содержанию
РецензированоUZ2026

ELEKTR MASHINALARI VA YURITMALARI” FANINI O‘QITISHDAGI INNOVAT-SIYALAR VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARNING PEDAGOGIK TAHLILI

PEDAGOGIK TAHLILI · Jo‘rayev Mirjalol Qahramonovich · Джураев Миржалол Геронович

Журнал инноваций нового века · 2 · 2026

Аннотация

In the educational system, continuous improvement of the quality and level of professional skills of pedagogical personnel, improvement and internship of https://scientific-jl.com/new 11 99 99 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS pedagogical and scientific personnel abroad, training of graduates of higher educational institutions in PhD and graduate programs, wide involvement of highly qualified foreign scientists, teachers and specialists in educational processes aimed. Key words: technology, seminar, interactive, methodical, material, integral, component. Interfaol usullarni o‘quv jarayonida qo‘llash ta’lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘quv jarayonini liberalizatsiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda o‘quv jarayoni markazida talaba bo‘lmog‘i lozim va o‘quv jarayoni unga qaratilgan, yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda. Shaxsga qaratilgan ta’lim talabaning o‘quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, hohish, istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Bunday ta’lim o‘qituvchi va talabada doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikning kafolatidir. 1. O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishining garovidir. 2. Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari. 3. O‘qituvchilarni o‘z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil – darslarni tahlil qilish. Dars – bu auditoriyada aniq maqsadlarni ko‘zlab, belgilangan vaqt oralig‘ida o‘qituvchi rahbarligida talabalar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir, “Bir soatlik yaxshi dars – buyuk bir asardir”. Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya’ni sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart- sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. O‘qituvchilarning darslarda zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalar, innovasion, interfaol usullardan foydalanganlari bois samaradorlikka erishyaptilar. “Ustoz-shogird” tizimi asosida ustoz sifatida yosh o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, ustoz-shogird tajribalarini yoyish bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovasion usullar, multimediya vositalariga asosan ochiq darslar namoyish etishadi. O‘qituvchilar darsga tayorgarlik ko‘rishda quyidagilarga amal qiladi: https://scientific-jl.com/new 22 00 00 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS O’qituvchining darsga tayyorgarligi 2 qismdan iborat. O’qituvchining umumiy O’qituvchining kundalik tayyorgarligi tayyorgarligi 1-sxema O’qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi natijalarini o‘rganish va tahlil qilish jarayoni shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchining talabalarini darsda faol qatnashishi, puxta bilishi, o‘quv-qobiliyat mahoratiga doimiy e’tibor qaratishi hamkorlik saviyasini oshirar ekan, shu o‘rinda alohida takidlash joizki, o‘qituvchi talabani o‘zining talab va shartlariga bo‘ysunuvchi, itoat etuvchi shaxs deb hisoblamasdan balki uning mustaqilligini, o‘ziga xosligini e’tirof etgan holda hamkorlik munosabatida bo‘lishi darkor, qolaversa u talabalar bilan dars yuzasidan munosabatlarini tahlil qilishi, taqqoslab bilim berib borishi kerak. Shakl va vositalar yordamida darslarni tashkil etishni quyidagi interfaol metodlar kafolatlaydi: -pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; -o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi; -talabalar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha bilimlarning puxta egallanishini ta’minlanishi; -talabalarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllantirilishi; -talabalarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishi; -ta’lim-tarbiya jarayonida demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur. Mazkur usullarning yangi-yangi ta’lim usulariga tavsif beramiz. Interfaol metod nima yoki nimani anglatadi? Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u talaba-yoshlarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul. “Interaktiv” so‘zi ingliz so‘zidan olingan bo‘lib, “Interakt”, ya’ni “Inter” - bu “ o‘zaro”, “akt” - “harakat, ta’sir, faollik” ma’nolarini bildiradi. Interfaol usullardagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan ahborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Hozirda yangicha metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish https://scientific-jl.com/new 22 00 11 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS haqida to‘xtalganda

Доказательный фрагмент

«In the educational system, continuous improvement of the quality and level of professional skills of pedagogical personnel, improvement and internship of https://scientific-jl.com/new 11 99 99 Volume–79_Issue-2_June-2…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the educational system, continuous improvement of the quality and level of professional skills of pedagogical personnel, improvement and internship of https://scientific-jl.com/new 11 99 99 Volume–79_Issue-2_June-2… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
technology, seminar, interactive, methodical, material, integral, metodik, komponent., interfaol, Kalit so’zlar: texnologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники