К содержанию
РецензированоEN2026

“QUTADGU BILIG”DAGI FRAZEMALARNING SEMANTIK TASNIFI

Abdullayeva Vazira Quronovna

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

The article reveals the features of "Kutadgu Bilig" as the first artistic epic, a text with a figurative and impressive depiction of the world scene. A semantic classification of phrases in the text of the work is given. Its significance in expressing popular faith, worldview, human thinking, worldview, and spirit is shown. The examples analyze the basis of the figurative meaning of the phraseological unit as a stable combination, the manifestation of cognitive connotation. The connection of the phraseological unit in the text of the treatise with the modern Uzbek literary language is shown. Based on the analysis of phraseology, the mastery of Yusuf Khosa Khadzhib in the use of linguistic possibilities and the use of expressions is revealed. The importance of the analysis of historical phrases, the role of language in reflecting historical development, and the possibility of reflecting cultural values are substantiated. Key words: first artistic epic, pandoma, metamorphosis, phraseological unit, word combination, imagery, expressive style, historical development of language, semantic classification, stable combination, figurative meaning, metaphor, cognitive metaphor, cognitive connotation, meaning. https://scientific-jl.com/new 22 77 55 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS “Qutadg‘u bilig” ilk badiiy doston bo‘lib, XXI asr ijtimoiy-siyosiy qarashlari, madaniy turmush tarzi ta’sirchan uslubda aks ettirilgan nodir manbadir. Asarning o‘z davrida mashhur bo‘lgan, bir qator xalqlarning harbiy tizim, jamiyatni boshqaruv, hukmdorlik siyosatida keng tatbiq etilgan. Tadqiqotchi M. Xolmuradova “Qutadg‘u bilig”ning olimlar tomonidan tabdil qilingan barcha nomlarini jamlab, “Baxt keltiruvchi bilim” (H.Vamberi, V.V.Radlov, R.R.Arat, V.Tomsen), “Baxt kitobi” yoki “Baxtli boshqaruv” (S. ye.Malov), “Podshohlikka eltuvchi bilim” (V.V.Bartold), “Boshqaruv ilmi” (A.A.Valitova), “Baxt beruvchi bilim” (A.N.Kononov, S.N.Ivanov), “Baxtlilanish bilimi” (A.Fitrat), “Saodatga yo‘llovchi bilim” (Q.Karimov, B.To‘xliev), “Baxt beruvchi kitob” (Li Chi), “Saodatnoma” (N.Karimov), “Saodat bergan bilim” (Q.Munirov), “Baxt– ezgulik kitobi” (Li Chi), “Qut berguchi, qutlantirg‘uchi bilim” [Sodiqov, 2010] (Q.Sodiqov) kabi nomlar bilan yuritilganini qayd etadi. Doston matnidagi qutad=, qutud= shaklidagi so‘zlarning “Древнетюрксий словарь”da “baxtli bo‘lmoq” («становиться счастливым») [DTS,1969:472] tarzida izohlanganiga asoslanib, asar nomini “Baxtli bo‘lish ilmi” deb izohlaydi [Xolmuradova, 2019:15]. Ilk badiiy doston nomining har xil talqin qilinganining o‘ziyoq asar mazmunining xilma-xilligini, olam hodisalari, dunyoqarash, ijtimoiy- madaniy turmush tarziga oid ko‘plab masalalarni o‘rtaga tashlaganini asoslaydi. “Qutadg‘u bilig” matni voqea-hodisalar ta’sirchan aks ettirilgani, qahramonlar nutqda obrazli ifodalarning ko‘p berilgani, dunyo hodisalari haqida falsafiy mushohadalar tilning badiiy imkoniyatlari orqali to‘laqonli ochib berilgani bilan ham e’tiborga molikdir. Asarda ko‘p ma’nolilik, omonimiya, sinonimiya, antonimlik yordamida qahramonlar xarakteri, olam manzarasining real va tafakkur manzaralari yoritilgan. O‘zbek tili frazeologizmlarining tarixiy variantlari mumtoz tarixiy-badiiy asarlar matnida saqlanib qolgan. Tarixiy frazemalar jamlangan manbalardan biri “Qutadg‘u bilig” asaridir. “Qutadg‘u bilig” tilining o‘ziga xosligini, badiiy ta’sirchanligini ta’minlovchi omillardan biri frazemalardan mahorat bilan foydalanilganida namoyon bo‘ladi. Frazemalarning yuzaga kelishi va shakllanish jarayoni tilning ma’lum rivojlanish bosqichiga o‘tgan davrlariga xosdir, deyish mumkin. Frazemalar birdan ortiq leksemalarning yaxlit bir ko‘chma ma’noni ifodalash uchun xoslangan ko‘rinishi bo‘lib, inson birikma hosil qilish, obrazli tafakkur mahsullarini nomlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan davrlarga mansubdir. Frazemalar inson tafakkuri, fikrlash tarzining muhim jihatlarini o‘zida namoyon etadi. Shu bois har bir tilda qaol qo‘llangan frazemalarni jamlash va tahlil qilish tilning ichki qonuniyatlarini yoritishda, leksemalar o‘rtasidagi mazmuniy aloqadorlikni yoritishda va narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat, faoliyat-jarayonni ifodalashda muhim ahamiyatga ega. https://scientific-jl.com/new 22 77 66 Volume–79_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS O‘zbek tili frazeologiyasi tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan o‘tib, rivojlanib kelmoqda. Frazeologiyaning nazariy masalalarini hal qilishda, uslubiy-semantik xususiyatlarini yoritishda Sh.Rahmatullayev [Rahmatullayev,1966], A. E. Mamatov [Mamatov, 1991], B.Yo‘ldoshev [Yoldoshev,1998, 1999] kabi olimlarning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. “Qutadg‘u bilig”dagi ko‘chma ma’no, metafora, ko‘p ma’nolilik, ta’sirchanlik, badiiy ifoda tahlillari amalga oshirilgan tadqiqotlarda barqaror birikmalar izohi borasida ham fikr-mulohazalar bildirilgan [Kasiyeva, 2005]. “Qutadg‘u bilig”dagi frazemalar quyidagi semantik guruhlarga mansub: 1.Shaxs e’tiqodi, diniy tafakkur

Доказательный фрагмент

«The article reveals the features of "Kutadgu Bilig" as the first artistic epic, a text with a figurative and impressive depiction of the world scene.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article reveals the features of "Kutadgu Bilig" as the first artistic epic, a text with a figurative and impressive depiction of the world scene. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
first artistic epic, pandoma, metamorphosis, phraseological unit, word, pandnoma, barqaror birikma, ko‘chma ma’no, ta’sirchan uslub, kognitiv metafora, frazeologizm, obrazlilik, metafora, qadriyat., tabdil, kognitiv konnotatsiya, semantik tasnif, tilning tarixiy taraqqiyoti, frazema, Kalit so‘zlar: ilk badiiy doston
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники