Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLADA O‘SMIRLARNI VIRTUAL OLAM TA’SIRIDAN HIMOYALANISHGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR
T. Arzimbetov
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Today, as a result of the rapid development of digital technologies, the virtual environment - the Internet, social networks, computer games, and other online activities - occupies an important place in the lives of adolescents. This situation can negatively affect the personal development of adolescents, their connection with real life, and social adaptation. The article emphasizes the importance of joint activities of families, mahallas, educational institutions, and specialists working with youth in reducing adolescents' susceptibility to the virtual environment. Also, the possibilities of protecting children from the influence of the virtual world through the development of social activity, critical thinking, and interest in real communication are studied. Keywords: virtual network, television, radio, newspaper, information, cybersecurity. Jahon ta’lim tizimida, o‘smir o‘quvchilarning internet tarmog‘i ma’lumotlari bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning samarali psixologik va pedagogik usullari ta’lim jarayoniga keng ko‘lamda tatbiq etilgan. 2015-yil, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro ta’lim forumida 2030-yilgacha qabul qilingan «Incheon declaration» da «Ta’lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish», fan va ta’lim yutuqlarini o‘quv materiallari mazmuniga singdirib borish, 1577 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 yoshlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning psixologik chora-tadbirlarini yangi islohotlar darajasiga ko‘tarish hamda uni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor berilgan. Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida virtual olam vositalarining inson ongiga ta’sirini aniqlash, internetga qaramlikning oldini oldini olish, o‘smir yoshlarning axborotlar bilan ishlay olish ko‘nikmalarini ilmiy tekshirish, shuningdek, jamiyat hayotida axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash, texnogen o‘zgarishlar sharoitida yoshlarni ekstremistik va separatistik tashkilotlarning vayronkor g‘oyalaridan himoyalash hamda mahalla muhitida xavfsiz axborot muhitini ta’minlash, jamiyatning turli qatlam va submadaniyat kishilari orasida kiber xavfsizlikni barqarorlashtirish bo‘yicha, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Respublikamizda so‘nggi yillarda, jamiyatning turli sohalarini zamonaviy axborot- texnologik vositalar bilan ta’minlash, sohalararo axborot savodxonligini oshirish, xavfsiz axborot muhitini joriy etish, yosh avlodni salbiy axborotlar xurujidan himoyalash, ochiq axborot tizimlarini qayta isloh qilish, jamiyat hayotini texnogen boshqarishda, bunyodkor axborot mahsulotlarini tayyorlash sifati va darajasini doimiy oshirib borishning huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi hamda uning moddiy-texnik bazasi kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish tizimini joriy etish» ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Bu borada o‘smir yoshlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish, rivojlangan ilg‘or xorijiy davlatlarning ilmiy-uslubiy dasturlaridan keng foydalanish, virtual olam ma’lumotlariga qaram bo‘lishning omillari va undan himoyalanishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarining ishlab chiqilishi, mahalla sharoitida o‘smir yoshlarni virtual olam ta’siridan himoya qilishning psixologik tashviqot dasturlarini yanada rivojlantirishga keng xizmat qiladi. Аyrim yoshlar sharoitga tez moslashsalar, boshqalarining hayot yo‘lini topishi, o‘zini namoyon qilishi juda qiyin kechadi. Katta hayotga endi qadam qo‘yayotgan avlod vakillariga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularni psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bir qator jihatlarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi. Eng avvalo, yoshlar jamiyatimizning kelajagini belgilab beruvchi muhim demografik guruh hisoblanadi. Yoshlar shaxsini rivojlantirish esa axloqiy meʼyorlar, qadriyatlar tizimiga taʼsir ko‘rsatishi muqarrar bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy holat vaziyatida tobora murakkablashib bormoqda. Chunki, yoshlarning asosiy hayotiy rejalari ularning qadriyatlariga bog‘liq ravishda shakllantiriladi. Yigitlar va qizlar kuch-g‘ayratlari, imkoniyatlarini jamiyatning yanada taraqqiy topishi uchun zarur sohalar rivojiga yo‘naltirish, shunga mos holda shakllanadigan xulq-atvor meʼyorlarini tarkib toptirish psixologik-pedagogik taʼsir va yordamning eng birinchi vazifalaridandir. Bunda, xususan, ularning salohiyatini to‘g‘ri o‘zanga yo‘naltirish va adekvat qadriyatlar tizimini shakllantirish yoshlarni mavjud rasmiy yoshlar tashkilotlari safiga ko‘proq jalb etish, to‘g‘ri tarbiyalash ishlari bilan uyg‘un holda olib borilishi zarur. Taʼlim oluvchilar ota-onalari va pedagoglarning birgalikdagi o‘zaro munosabati modelini yaratish taʼlim muassasasi va oilaning bi
Доказательный фрагмент
«Today, as a result of the rapid development of digital technologies, the virtual environment - the Internet, social networks, computer games, and other online activities - occupies an important place in the lives of a…»
Образец извлечения
Демо-превьюToday, as a result of the rapid development of digital technologies, the virtual environment - the Internet, social networks, computer games, and other online activities - occupies an important place in the lives of a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- virtual network, television, radio, newspaper, information, cybersecurity, gazeta, axborot, televideniye, virtual tarmoq, kiberxavsizlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025