К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK ESTRADA SAN’ATI RIVOJIDA MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATINING O‘RNI

Jasmina Mahammadjonova · Ilmiy rahbar: Xumoyun Xaydarov (Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti)

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada so‘z va ohangning uyg‘unligi, estrada san‘atining O‘zbekistonga kirib kelishi, tarixiy bosqichlari, hamda ushbu jarayonda xalqimiz qalbidan o‘zining unitilmas she’rlari bilan o‘rin olgan shoir Muhammad Yusuf ijoding o‘zbek estrada san’atidagi o‘rni xususida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: milliy, estrada, aranjirofka, she’r, so‘z, ohang, maqom, g‘azal, san’at, kuy, pop, rok, rep. “Ohang – bu harakatdagi tuyg‘u, so‘z esa, fikrning belgisi. Musiqa ana shu ikkisining uyg‘unligidan tug‘iladi” B.V.Asafyev She’r, kuy alohida mustaqil rivojlangan ijod turi. Ashula va qo‘shiqda ushbu ijod mahsuli birlashib uyg‘un ifoda vositasiga aylanadi. Bizga ma’lumki musiqa san’ati ikki asosiy yo‘nalish: cholg‘u va vokal qismlariga bo‘linadi. Vokal musiqa rivoji uchun mavzuga mos qiyosiy she’r yoki g‘azalga mos ravishda tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. “Kuy, ohang - inson ruhidagi ilohiy kayfiyat ifodasi. Musiqiy asarning g‘oyasi, tasavvuri dastlab xayolda, so‘ngra ijro tufayli sadolanish yo‘li bilan jonlanadi, muayyan kuy shakliga aylanadi. Ohang sadosining umri juda qisqa: paydo bo‘lishi bilanoq bir zumda nazardan qochadi, g‘oyib bo‘ladi. Birlamchi zarb va ohang zarrachalaridan butun boshli kuy paydo bo‘ladi. Demak, musiqa shunchaki tovushlar emas, aksincha, parda va usullarning muvofiqlashtirilgan tizimidir. Eng muhimi, kuy-bu yoqimli tovushlar vositasida ifodalangan ma’no. Ma’nosiz tovush esa shovqin-surondan bo‘lak narsa emas.[6. 14-15]. Tabiiyki, so‘z va ohang uyg‘unligi - bu she‘r matnining va musiqa ohangining bir-birini to‘ldirishidir. Musiqa san’atida bu uyg‘unlik juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek musiqa merosiga kiruvchi mumtoz maqom, milliy estrada, ashula va baxshichilik san’atida so‘z va ohang uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston musiqa madaniyati ko‘p yillik tarixga ega bo‘lib, uning hozirgi kundagi yo‘nalishlari va janrlari kengayib bormoqda. Estrada san’atining asoschilari Botir Zokirov va Enmark Salihovlardir. Asosan, o‘zbek radiosi va kinofilmlarda xalq kuylarini zamonaviy asboblar bilan aranjirofka qilish ishlari olib borildi. 1960 -1980 yillarga kelib, estrada san’ati mustaqil bir janr sifatida shakillana boshladi. Bu yillarda Botir Zokirov, Farruh Zokirov, Ikrom Akbarov kabi kompozitorlar xalq kuylarini estrada talqinida kuylashga harakat qildilar. Yangidan - yangi guruhlar, solistlar sahnaga chiqdi: “Yalla”, “Navo”, “Bolalar”, “Anor” kabi guruhlar o‘z faoliyatini boshladi. [8.540] Dastlab o‘zbek estrada musiqasi o‘zining milliy musiqa elementlari orqali ajralib turadi, biroq qo‘shiqlarda rus, ukrain va boshqa xalqlar musiqasining ta’siri xam sezilarli darajada https://scientific-jl.com/new 11 22 Volume–78_Issue-4_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS edi. Mustaqillik yillaridan boshlab estrada san’ati kundan- kunga tobora rivojlanib, o‘z muhlislari sonini ko‘paytirib bormoqda. Hozirgi kunga kelib estrada san’atida yaratilayotgan musiqa na’munalari ko‘plab tinglovchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bugungi kundagi bayram tantanalari, radio va televedeniya orqali ijro etilayotgan zamonaviy estrada qo‘shiqlari yoshlarni va turli yoshdagi millionlab san’at ihlosmandlarini ko‘nglidan joy egallamoqda. Yangi musiqiy uslublar va janrlar paydo bo‘ldi. Bular: pop, rok, rep kabi boshqa zamonaviy yo‘nalishlardir. San’at va adabiyot sohasida musiqiy asarlar va she‘riyat o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjud. Ayniqsa, qo‘shiqchilar va shoirlar o‘rtasidagi hamkorlik yillar davomida xalqning ruhiy dunyosini boyitib kelmoqda. Shoirlar tomonidan yozilgan she’rlar, qo‘shiqchilarga ilhom bag‘ishlaydi. Qo‘shiqchilar esa bu she‘rlarni ovoz, musiqa va ijro orqali jonlantirib xalq orasida tarqalishiga yordam beradi. Bunday hamkorlik nafaqat san’atkorlarning o‘sishiga, balki milliy madaniyatning rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi. Ko‘plab mashhur qo‘shiqchilar o‘z asarlarida Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi shoirlarning she’rlaridan foydalanib, san’atkorlar tomonidan ijro etilib xalq qalbida chuqur iz qoldirgan. Shoir va qo‘shiqchi o‘rtasidagi hamkorlik san’atning rivojlanishida muhim ahamiyatni kasb etadi. Qo‘shiqchilar ham shoirlarga yordam berishi mumkin. Yangi qo‘shiqlar ostida yangi she’rlar ham tug‘iladi, yangi mavzular ochib beriladi. Eng quvonarlisi shundaki, bugungi kunlarda estrada qo‘shiqlarida klassik shoirlarning satrlariga ham murojat qilinmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ga‘zallaridan olingan baytlar zamonaviy musiqa bilan boyitilib yangicha uslubda ijro qilinmoqda. Masalan, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, Ozodbek Nazarbekov, Munojot Yo‘lchiyeva, Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon kabi san‘atkorlar o‘z repertuarlarida klassik adabiyotga murojat qilganlar. O‘zbekistonga estrada yo‘nalishi kirib kelgandan so‘ng soha rivoji uchun ko‘plab asarlar ijodkorlar tomonidan yozildi. Shoirlarning ko‘plab she‘r va g‘azallari kuyga solinib xalq e’tiboriga havola qilindi. Asarlari qo‘shiq bo‘lib tinglovchilarning qalbiga yetib borgan ana shun

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada so‘z va ohangning uyg‘unligi, estrada san‘atining O‘zbekistonga kirib kelishi, tarixiy bosqichlari, hamda ushbu jarayonda xalqimiz qalbidan o‘zining unitilmas she’rlari bilan o‘rin olgan shoir Muhammad…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada so‘z va ohangning uyg‘unligi, estrada san‘atining O‘zbekistonga kirib kelishi, tarixiy bosqichlari, hamda ushbu jarayonda xalqimiz qalbidan o‘zining unitilmas she’rlari bilan o‘rin olgan shoir Muhammad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rok, g‘azal, pop, so‘z, estrada, Kalit so‘zlar: milliy, maqom, she’r, aranjirofka, ohang, rep., kuy, san’at
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники