Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI IQTISODIYOTNING ELEKTRONLASHTIRISH INFRATUZILMASINI TARMOQLARARO INTEGRATSIYASI
RAQAMLI IQTISODIYOTNING ELEKTRONLASHTIRISH · INFRATUZILMASINI TARMOQLARARO INTEGRATSIYASI · Jabborova Oydinoy
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektronlashtirish infratuzilmasining turli iqtisodiy tarmoqlar bilan o‘zaro integratsiyasi, bu integratsiyaning samaradorlikka ta’siri va amaliy jihatlari yoritilgan. Global raqamli o‘zgarishlar fonida, iqtisodiyotning real sektori, sog‘liqni saqlash, bank-moliya, qishloq xo‘jaligi va transport-logistika tarmoqlari o‘rtasida elektron infratuzilmalar orqali axborot almashinuvi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy etilishi nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ayniqsa, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturining davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, axborot xavfsizligini ta’minlash, kabi masalalar ochiqlangan. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron infratuzilma, tarmoqlararo integratsiya, Raqamli O‘zbekiston – 2030, elektron xizmatlar, avtomatlashtirish, axborot xavfsizligi, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, elektron hukumat. Dunyoning deyarli barcha davlatlarining tashqi va ichki iqtisodiy faoliyati an’anaviy iqtisodiyot va savdo aloqalaridan uzoqqa chiqib ketishga ulgurdi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlanishi hamda raqamli platformalarining paydo bo‘lishi tufayli yuzma-yuz uchrashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolib bormoqda. Har qanday mahsulotni sotib olish uchun hatto oddiy iste’molchi ham uydan chiqmay turib telekommunikatsiya xizmatlarini masofadan turib amalga oshirish imkoniyatiga ega. Raqamli iqtisodiyotning ishlab chiqarish va rivojlanishi zamonaviy infratuzilmalarning, elektron resurslarning infratuzilmasining (ERI) keng miqyosda joriy etilishini talab qilmoqda. Bugungi kunda iqtisodiy investitsiyalarda samaradorlikka erishish, resurslardan yuk tashish, xizmat ko'rsatish ishlab chiqarish va sifatini oshirishda ERI muhim omil sifatida e'tirof etilmoqda. Elektron resurslarning infratuzilmasining turli iqtisodiy va iqtisodiy integratsiyalashuvi, yangi sanoat, qishloq xo'jaligi, bank-moliya, sog'liqni saqlash, transport va xizmat ko'rsatish sohalarida keng miqyosda foydalanish orqali xizmatlar sifati yaxshilashga va ortiqcha vaqtni isrof bo’lishini oldini olish tejalgan resurslarni moddiy texnik bazani yaxshilashga xizmat qilishi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishishimiz mumkin bo’ladi . Integratsiya jarayonlari o'rtasida raqamli axborot olishi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va sun'iy intellekt asosidagi yechimlar orqali kompleks iqtisodiy ta'minlash mumkinligi asoslab beriladi. https://scientific-jl.com/new 55 55 Volume–78_Issue-4_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Elektron infratuzilma — bu faqat texnik vositalar majmuasi emas, balki tarmoqlar o‘rtasida axborot almashinuvi, xizmat ko‘rsatishning tezkorligi, shaffoflik va xavfsizlikni ta’minlaydigan kompleks tizimdir. Elektronlashtirish orqali iqtisodiyotning real sektori, bank-moliya tizimi, transport-logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlar o‘zaro bog‘lanadi va raqamli axborot oqimlari asosida ishlashni boshlaydi. Bu esa tarmoqlar o‘rtasida samarali hamkorlikni shakllantirish, vaqt va xarajatlarni qisqartirish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, tarmoqlararo integratsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mustahkam texnik baza, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar, hamda raqamli savodxonlikka ega malakali kadrlar zarur. Raqamli infratuzilmani tarmoqlararo integratsiya qilish — bu bir yo‘nalishdagi islohot emas, balki jamiyatni raqamli rivojlanishga olib chiquvchi tizimli yondashuvdir. Integratsiya jarayonida “Elektron hukumat”, “Raqamli xizmatlar portali”, “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”, “ERP tizimlar”, “blokcheyn texnologiyasi” va “sun’iy intellekt” asosidagi yechimlar muhim rol o‘ynaydi. Bu tizimlar orqali davlat va xususiy sektor o‘rtasida axborot uzatish, hisob-kitob, monitoring va tahlil qilish ishlari avtomatlashtiriladi. Maʼlumki, «Raqamli O‘zbekiston — 2030» dasturini ishlab chiqish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish chora- tadbiri belgilangan edi. Unda telekommunikatsiya sohasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, bu borada «Raqamli O‘zbekiston — 2030» dasturini tasdiqlash; elektron hukumatning texnik infratuzilmasini takomillashtirish; inson kapitalini rivojlantirish hamda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; davlat xizmatlarini raqamli shaklga transformatsiya qilish va axborot ekotizimini rivojlantirish; davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, aholining elektron ishtiroki darajasini oshirish; axborot xavfsizligini, axborot resurslari va tizimlarining himoyasini taʼminlash; raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasidagi yagona vakolatli organni belgilash hamda Hukumat, vazirlik va id
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektronlashtirish infratuzilmasining turli iqtisodiy tarmoqlar bilan o‘zaro integratsiyasi, bu integratsiyaning samaradorlikka ta’siri va amaliy jihatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektronlashtirish infratuzilmasining turli iqtisodiy tarmoqlar bilan o‘zaro integratsiyasi, bu integratsiyaning samaradorlikka ta’siri va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarmoqlararo integratsiya, axborot xavfsizligi, raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, elektron infratuzilma, Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, elektron hukumat., Raqamli O‘zbekiston – 2030, elektron xizmatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024