Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PSIXOLOGIK BARQARORLIK MUAMMOSIGA OLIMLARNING QARASHLARI
PSIXOLOGIK BARQARORLIK MUAMMOSIGA · OLIMLARNING QARASHLARI · Omonov Sherali Ibrohim o‘g‘li · Sotvoldiyeva Nargiza Abdukarimjon qizi · ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ
Журнал инноваций нового века · 2025
Аннотация
This article examines the scientific and theoretical foundations of psychological stability. Additionally, it presents the theoretical bases for issues of emotional stability, moral stability, stability of behavioral patterns, and stability in extreme conditions and during preparation for space flights. Keywords: stability, emotional stability, emotion, constancy, variability, instability, reaction, equilibrium. https://scientific-jl.com/new 77 55 Volume–78_Issue-4_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS «Barqarorlik» toifasi psixologiyaga texnik fanlardan o‘tgan. Bu fanlarda tizim barqarorligining asosiy ko‘rsatkichi tizimning buzilishlarsiz tashqi ta’sirlarni boshdan kechirish qobiliyati, ya’ni shunchaki boshqa holatga o‘tish emas, balki tizim o‘zligini yo‘qotmagan holat hisoblanadi. A.Reberning katta psixologik lug‘atida barqarorlik deganda «xulq-atvori ishonchli va tizimli bo‘lgan individ xarakteristikasi» tushuniladi. «Barqarorlik» tushunchasining antonimi «beqarorlik» tushunchasi bo‘lib, u o‘z navbatida xulq-atvorning tartibsiz va kutilmagan modellari hamda nevrotik va boshqa modellar uchun xos bo‘lgan xavfli xulq-atvorni namoyish qilish bilan ajralib turadi. «Psixologik barqarorlik» tushunchasi an’analarga ko‘ra, rus psixologiyasida «emotsional barqarorlik» tushunchasi sifatida L.M.Abolin, M.I.Dyachenko, L.A.Kitayev-Smik, V.L.Marishuk, V.A.Ponomarenko va boshqalar tomonidan o‘rganib kelingan. Emotsional barqarorlik tushunchasi asosida K.K.Platonovning yondashuvi yotadi. Unga ko‘ra, shaxs barqarorligi uning temperament bilan belgilanadi, bu esa o‘z navbatida aqliy jarayonlarning individual xususiyatlariga ta’sir qiladi va shaxs faoliyati tarkibidan nisbatan mustaqil ravishda o‘zini namoyon qiladi. M.I.Dyachenko va V.A.Ponomarenko shunday yozadilar: «Hissiy barqarorlik hissiy jarayonlar dinamikasi - intensivligi, moslashuvchanligi, labil (egiluvchan) ligi hamda mazmuni - his-tuyg‘ular va hissiyot turlari bilan belgilanadi». Emotsional barqarorlik rus psixologiyasida uchuvchilar bilan ishlaydigan psixolog va fiziologlar tomonidan o‘rganilgan. Uchuvchilar tarkibidagi emotsional barqarorlik muammosini K.K.Platonov, E.I.Ivankov, F.P.Kosmolinskiy, A.F.Kataev, V.L.Marishuk, A.P.Popov kabi olimlar faol o‘rganganlar. Ushbu ilmiy ishlar asosida uchuvchi-kursantning psixomotor reaksiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida parvoz tarangligi konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u hissiy jihatdan to‘yingan vaziyatda o‘zini namoyon qiladi, zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishni qiyinlashtiradi yoki mavjudlarini izdan chiqaradi. Shunday qilib, ushbu mualliflar talqinida emotsional barqarorlik – psixik va psixomotor jarayonlar barqarorligining, kuchli emotsiyalar sharoitida kasbiy samaradorlikning pasayishi bilan tavsiflanadigan keskinlikka qarshi tushuncha sifatida ta’riflanadi. L.M.Abolin emotsional barqarorlikning tarkibiy qismlari va mezonlarini batafsil tahlil qiladi va bu tushuncha ostida «intensiv faoliyat jarayonida shaxsni tavsiflovchi, individual hissiy jarayonlar, bir biri bilan uyg‘unlik bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, maqsadga erishishga yordam beradigan xususiyat»ni ko‘radi. Ya’ni emotsional barqarorlik – inson tomonidan qo‘lga kiritilgan, ratsional, hissiy va tana komponentlarining birligidagi intensiv faoliyatda namoyon bo‘ladigan tizimli sifatdir. Birlik asosi bo‘lib boshdan o‘tkazilgan voqealar hissi, mezonlari sifatida esa o‘z o‘zini boshqarish jarayonining o‘zgarmas, yuqori muvofiqligi, hissiy, ratsional va tana ko‘rinishlarining invariant (tananing maʼlum oʻzgartirgichlarga yoki fizikaviy sharoitlarga nisbatan oʻzgarmasligi, mustaqilligi) xizmat qiladi. https://scientific-jl.com/new 77 66 Volume–78_Issue-4_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Ushbu muallif ta’kidlaganidek, emotsional barqarorlikning asosiy mezonlarini, birinchi navbatda, insonning kasbiy faoliyatidan izlash kerak. An’anaga ko‘ra, psixologik adabiyotlarda bunday mezonlarga faoliyatning muvaffaqiyatliligi va samaradorligini, harakatlarning masofa va vaqt parametrlarini (tezlik, aniqlik, chastota), boshdan kechirilgan emotsional his-hayajonlarning maqbullik darajasini kiritilgan. Taklif etilayotgan mezonlarga to‘liq ta’rif berib, L.M.Abolin ta’kidlaydiki, «Emotsional barqarorlikni belgilaydigan hissiy xatti-harakatlar va inson harakatlarining xususiyatlarida xilma-xil va murakkab tafovutlar mavjud bo‘lganligi sababli ularning diagnostikasi mezoniga ushbu xilma-xilliklarning barchasi kiritilishi kerak». Emotsional barqarorlikning ko‘rsatkichlarini aniqlashning bunday jarayoni ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Shuning uchun L.M. Abolin emotsional barqarorlikning integrative (to‘plam) mezoni sifatida – faoliyat natijasini taklif etadi. Emotsional ta’sir sharoitida kasbiy ishchanlikni saqlab qolish qobiliyati muhandislik psixologiyasi doirasida uzoq muddat davomida tahlil qilingan. Mehnat psixologiyasida emotsional barqarorlik deganda kuchli psixogen ta’sirlar sharoitida insonning psixik va psixomotor jarayonlarni saqlab qolis
Доказательный фрагмент
«This article examines the scientific and theoretical foundations of psychological stability.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the scientific and theoretical foundations of psychological stability. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stability, emotional stability, emotion, constancy, variability, emotsional barqarorlik, turg‘unlik, beqarorlik, Kalit so‘zlar: barqarorlik, reaksiya, o‘zgaruvchanlik, muvozanat., hissiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026