Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QAROR QABUL QILISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Sotvoldiyeva Nargiza Abdukarimjon qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
According to psychological approaches, decision-making has a cognitive, regulatory, communicative character on the one hand, and on the other hand, it is considered a socio-psychological phenomenon that forms the basis for the subsequent actions of a person in a given field. Keywords and phrases: decision, decision-making, cognitive, communication, professional activity. Qaror qabul qilish — bu shaxsning muayyan vaziyatda turli imkoniyatlarni ko'rib chiqib, ular orasidan eng maqbulini tanlash jarayonidir. Psixologik nuqtai nazardan qaror qabul qilish — bu ongli ravishda amalga oshiriladigan kognitiv jarayon bo‘lib, unda bilimlar, hissiyotlar, ehtiyojlar va qadriyatlar muhim rol o‘ynaydi. Quyida qaror qabul qilishning nazariy-psixologik asoslarini asosiy jihatlari bilan ko‘rib chiqamiz: QAROR QABUL QILISHNING PSIXOLOGIK MOHIYATI maqsadga yo‘naltirilgan fikrlash faoliyati; alternativ variantlar tahlili; ehtimolliklarni baholash; https://scientific-jl.com/new 88 11 Volume–78_Issue-4_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS motivatsiya va ehtiyojlarga asoslangan tanlov qilish. Qaror qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshadi: Muammoni anglash – qarorni talab qiladigan vaziyatni tushunish. Ma'lumot yig‘ish – imkoniyatlar va variantlar haqida axborot to‘plash. Variantni tanlash – eng maqbul qarorni qabul qilish. Natijani baholash – qarorning oqibatlarini tahlil qilish. QAROR QABUL QILISHGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR 1. Shaxsning psixologik xususiyatlari (o‘ziga ishonch, xavotir, ehtiyotkorlik); 2. Emotsional holat (stress, qo‘rquv, xursandchilik); 3. Ijtimoiy bosim va konformizm; 4. Tajriba va bilim darajasi; 5. Motivatsion omillar (ehtiyojlar, qadriyatlar). Mohiyatan, qarorlar kasbiy faoliyatning barcha sohalariga, funksiyalariga aloqador sanalib, uning sifatiga sezilarli ta’sir etuvchi muhim omillar masalasida ko‘plab zamonaviy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Qarorlar asosan, faoliyat sikli davomida qabul qilinib, u shaxsga tegishli fikrlash uslubi va zaruriy vaziyatlarga nisbatan munosabat bildirish holatidanamoyon bo‘ladi. Psixologik yondoshuvlarga muvofiq, qaror qabul qilish bir tomondan kognitiv, tartibga soluvchi, kommunikativ xarakterga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, shaxsning bior sohadagi keyingi harakatlari uchun asos bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik hodisa sanaladi. P.V.Terelyanskiyning aytishicha, qaror qabul qilish hodisasi - bu turli sharoitlarda qarorlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning uzluksiz tizimidir. Ya’ni, biror dolzarb muammoni hal qilish bo‘yicha, ko‘plab harakatlar yo‘nalishlaridan birini tanlash jarayoni hisoblanadi1. Boshqaruv qarorlarining muhim ijtmoiy-psixologik xususiyati shundaki, ular favqulodda holat yuzaga kelganda, tizimning haqiqiy holati va kutilayotgan yangi holat o‘rtasidagi farqlarni baholashga keng imkon beradi. V.V.Redkoga ko‘ra, inson tomonidan qabul qilingan turli qarorlar quyidagi funksiyalarni bajaradi2: – Yo‘naltiruvchi ya’ni, tashkiliy qarorlar faoliyatning maqsad va vazifalarini belgilaydi; – Tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi, qarorlar ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi; – Ta’minlovchi, ya’ni qarorlarda ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarning turlari va miqdori ko‘rsatiladi. – Rag‘batlantiruvchi, ya’ni qarorlar ishtirokchilarni qanday 1 Терелянский П. В. Теория и методы принятия решений : учеб. пособие / П. В. Терелянский; ВолгГТУ. — Волгоград, 2016. – С.34. https://scientific-jl.com/new 88 22 Volume–78_Issue-4_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS mukofotlashni belgilovchi hodisa. Iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida biror shaxsni voqealar rivojining biror yechimi qoniqtirmasa ham, u tezkor qaror qabul qilishi lozim. Qabul qilingan qarorlarda uning kasbiy mahorati, intellektual sifatlari, intuitsiyasi darajasi, hayotiy tajribalari, qadriyatlari tizimi hamda irodaviy harakatlari ko‘rinishi kabilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy – psixologik yondoshuvlarga ko‘ra, uzoq muddatli qarorlarini tez va oqilona qabul qilish nafaqat bilim va ko‘nikmalarga balki, shaxsining ijtimoiy- psixologik xususiyatlariga ham bog‘liq sanaladi. V.V.Kochetkovning ilmiy izlanishlarida, muvaffaqqiyatli shaxs sifatlarini tushuntiruvchi qator yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ushbu yondoshuvlarni tahlil etish, sohaga oid qarorlarni samarali qabul qilishning ijtimoiy – psixologik shart-sharoitlarini tushuntirishga keng imkon beradi va unda quyidagi yondoshuvlar ajratiladi2. Qaror qabul qilish jarayoni ijtimoiy - psixologik hodisa sifatida qaralsada, ba’zi manbalarda uning umumpsixologik jarayon sifatidagi jihatlari ham keng e’tirof etilmoqda. N.G.Miloradovaning aytishicha, boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchi rahbarning tafakkuri quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni fikrlashdagi chuqurlik, ma’lumotlarni tahlil etishdagi kenglik, muammolarni hal etishdagi tezkorlik va har qanday vaziyatlarga moslashuvchanlik va hokazo. Keng fikrlash tafakkurning sintetik xususiyatini hisoblanib, unda inson faoliyatnin
Доказательный фрагмент
«According to psychological approaches, decision-making has a cognitive, regulatory, communicative character on the one hand, and on the other hand, it is considered a socio-psychological phenomenon that forms the basi…»
Образец извлечения
Демо-превьюAccording to psychological approaches, decision-making has a cognitive, regulatory, communicative character on the one hand, and on the other hand, it is considered a socio-psychological phenomenon that forms the basi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: decision, decision-making, cognitive, communication, kasbiy faoliyat., qaror qabul qilish, kognitiv, Kalit so’z va iboralar: qaror, komunikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026