К содержанию
РецензированоRU2026

ABU HAFS KABIR VA MOVAROUNNAHRDAGI ILMIY-MADANIY MUHIT

ILMIY-MADANIY MUHIT · Isroilov Muhammadjon Ihomjon o‘g‘li · Imom Buxoriy nomidagi Toshkent · Abu Hafs Kabir (Islom instituti 4-kurs talabasi) · Movarounnahr, fiqh, hadis, hanafiylik (Islom instituti 4-kurs talabasi) · Qarakhanids, madrasa (Abu Hafs Kabir, Transoxiana, fiqh, hadith, Hanafi school, Samanids,) · Islamic knowledge (Abu Hafs Kabir, Transoxiana, fiqh, hadith, Hanafi school, Samanids,)

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

(Ruscha) В статье рассматривается личность имама Абу Хафа Кабира аль-Бухари и его роль в научно-культурной среде Мавераннахра. Описывается развитие наук фикха и хадиса в эпоху Саманидов и Караханидов, деятельность медресе, а также https://scientific-jl.com/new 11 66 22 Volume–78_Issue-3_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS вклад Абу Хафа Кабира в распространение ханафитского мазхаба. Цель статьи — анализ факторов, способствовавших расцвету исламских наук в регионе. Ключевые слова (Ruscha) Абу Хафс Кабир, Мавераннахр, фикх, хадис, ханафитский мазхаб, Саманиды, Караханиды, медресе, исламские науки, Бухара. Islom dini keng miqyosda tarqalib, turli dinlarga mansub kishilar unga o‘tgani, ayrim siyosiy, ijtimoiy va aqidaviy sabablarga ko‘ra musulmonlar orasida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar oqibatida, islom muxoliflari tomonidan ko‘p soxta hadislar to‘qib chiqilib tarqatila boshlandi va bu hodisa ushbu manbadan qat'iy ishonch bilan foydalanishni og‘irlashtirdi. Shu vaqtlarda hadislarni chuqurroq o‘rganib, tahlil qilish, orasidan to‘qima hadislarni chiqarib tashlash va faqatgina sahih hadislardan huquqiy manba sifatida foydalanish zarurati yuzaga keldi. Bunday yondashuv bir tomondan hadisshunoslik ilmi rivojiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yangi huquqiy maktablar (mazhablar)ning yuzaga kelishi uchun zamin yaratib berdi. Movarounnahrdan ko‘plab olimlar xalifalikning turli shaharlarida bo‘lib, fiqh ilmini o‘zlashtirish bilan birga, bu sohada vujudga kelgan turli qarashlarni o‘z yurtlariga olib kelishdi. Shunday qilib, hanafiylik mazhabi Movarounnahr hududiga kirib keldi. Movarounnahr hanafiy maktabi va ularning vakillari faoliyati xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan muayyan darajada o‘rganildi1. Hanafiy mazhabi hijriy II asrdan ko‘plab hududlarda o‘z nufuzini o‘tkaza boshladi va birinchi bosqichda Abbosiylar davlati hududida tarqaldi. Ayrim mamlakatlar, masalan, Iroq, Eron, Movarounnahr, Xuroson va Turkiya hududlarida Abbosiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Misrda Ayyubiylar, Mamluklar, Temuriylar, Boburiylar, Shayboniylar davlatlari va Usmoniylar imperiyasi tomonidan rasmiy mazhab sifatida qabul qilinib, ularning keng sohali barcha hududlarida sud ishlari ushbu mazhab asosida olib borilardi2. Somoniylar davrida fiqhning rivoji. Somoniy hukmdorlari ilmga, olimlarga bo‘lgan cheksiz hurmati natijasida o‘lkada ilm-fan nihoyatda rivojlangan. Zero, Ismoil Somoniy ilmga e’tiborli, olimlarni qadrlaydigan bo‘lishi bilan bir qatorda o‘z farzand va nabiralarini ham shunday xislatli bo‘lishga chorlagan. Sulola vakillari agar biror olim vafot etsa, uning janozasida ishtirok etar, janozalarini o‘qib qabrga o‘z qo‘llari bilan qo‘yar edilar3. Bu davrda fiqh ilmi yanada gullab-yashnadi. Fiqh talabalarga yoshligidan dars beriladigan asosiy ilmlardan biri bo‘lib ulgurgan edi. Hatto yosh bolalar ham fiqh ilmini puxta egallashga va fiqhiy masalalar yechimini izlashga harakat 1 Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2021. – B. 87. 2 O‘sha manba. – B. 88. 3 Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2021. – B. 92. https://scientific-jl.com/new 11 66 33 Volume–78_Issue-3_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qilishar edi. Yoqutiy o‘zining “Talxisul osor” nomli kitobida keltirishicha, Ibn Sino hanafiy mazhabida fatvo berganida o‘n ikki yoshda bo‘lgan4. Somoniylarda sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, muftiy va raislar tarafidan amalga oshirilgan. Og‘ir jinoyat qilganlar o‘limga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan5. Somoniylar davrida ilm-fan rivoji yuqori cho‘qqiga chiqdi. Turli xil maktablar, madrasalar faoliyati kundan-kunga ortib bordi. Quyida somoniylar davrida faoliyat yuritgan masjid va madrasalar haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz: Madrasalarning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy bog‘liq. VIII-ІX asrlarda talabalar, asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini aqidalari, islomiy ilmlar bilan bir qatorda, aniq fanlar ham o‘qitilar edi. Talabalarga o‘qitish jarayonida aytib turilgan, ular yozganlar. Bu "imlo” usuli deb yuritilgan. Qutayba ibn Muslim (rohimahulloh) buxoroliklarning imkon qadar aksariyatini juma namozida ishtirok etishlariga e’tibor bergan. Bu odatda islom dini ta’limotlari, dars va irshodlarini o‘z ichiga olgan xutbani tinglash uchun qilingan sa’y-harakat edi6. Qutayba (rohimahulloh) namozga kelgan har bir kishiga ikki dirhamdan bergan. Keyinchalik Movarounnahr masjidlari talaba va mudarrislarga dars beradigan olimlar bilan to‘la bo‘lgan7. Olimlar faqat diniy ilmlar bilan cheklanib qolmagan. Manbalarda keltirilishicha, Qozi Abdurazzoq Buxoriy mahallasi masjidida tibbiyot va riyoziyotdan ham dars bergan8. O‘sha davrda Ismoi

Доказательный фрагмент

«(Ruscha) В статье рассматривается личность имама Абу Хафа Кабира аль-Бухари и его роль в научно-культурной среде Мавераннахра.»

Образец извлечения

Демо-превью

(Ruscha) В статье рассматривается личность имама Абу Хафа Кабира аль-Бухари и его роль в научно-культурной среде Мавераннахра. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
(Inglizcha), Transoxiana, hadith, madrasa, Qarakhanids, fiqh, Abu Hafs Kabir, Hanafi school, Samanids, Bukhara, Islamic knowledge
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники