Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON KAPITALINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR
MUAMMO VA YECHIMLAR · Xudayorova Zebuniso Otanazarovna
Журнал инноваций нового века · 9 · 281-202 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada inson kapitali tushunchasining mohiyati, unga oid ta’riflar, inson kapitaliga oid konsepsiya va yondashuvlar tahlil etilgan. Ayniqsa, inson kapitalini shakllantirish, rivojlantirish, uning ijodiy fazilatlari va qobiliyatlari, inson kapitaliga sarmoya kiritish masalasi va muammolariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Inson omili, kapital, inson kapitali, moddiylik, humans capital, klassik o‘sish, xalqlar boyligi, ta’lim, zamonaviy dunyo. Jahonda inson kapitali insoniyatning va har bir davlatning taqdirini belgilaydigan asosiy mezoniga aylanmoqda. Zamonaviy dunyo taraqqiyotining dinamikasi asosan insonning innovatsion, ijodiy faoliyati, fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Shu sababli inson kapitalini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlariga, inson kapitaliga sarmoya kiritish va rivojlantirish muammosi dunyo fanining asosiy va markaziy muammolaridan biridir. Shu sababli ham qayerda inson kapitali, uning ravnaqiga ko‘p e’tibor berilayotgan, shart-sharoit yaratilayotgan bo‘lsa, bugun o‘sha mamlakatning tez rivojlanayotgani va taraqqiyoti jadal ildamlayotganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, inson kapitali muammosi globallashayotgan va murakkab zamonaviy jamiyatning eng dolzarb hamda muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Chunki inson kapitali inson fenomeni o‘rganadigan fundamental g‘oyalardan kelib chiqadi. Uning iqtisodiy, siyosiy, milliy va ma’naviy asoslarida uni takomillashtirish uchun muhim g‘oyalar mavjud. Albatta, jamiyat inson kapitalini shakllanishi, to‘planishi va boyishidan tobora ko‘proq manfaatdordir. Vaholanki, inson kapitali insonning tug‘ilishidan boshlanadi va uning hayoti davomida davom etadi. Shu sababli ham gumanitar fanlar va ijtimoiy falsafada bu jarayon tobora jamiyatning strategik muhim sohasi sifatida qaralmoqda. Ma’lumki, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarda1 inson kapitali asosiy boylik va eng qimmatli manbai, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mezoni hisoblanadi. Xususan, rivojlangan mamlakatlarda milliy boylikdagi inson kapitalining ulushi 80 foizgachani tashkil etadi. Shu jihatdan ham jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari 1 Centre research civil society of University name Johns Hopkins (USA), Institute of Central Asia, European Union Institute for Security Studies (France), Institute of Academy for study modern international relations Europe and Asia (China), Osaka University (Japan), Civil Society Fund Friedrich Ebert, Berlin Civil Society Center (Germany). https://scientific-jl.com/new 11 66 99 Volume–78_Issue-3_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga yangilanayotgan O‘zbekistonda inson kapitalidan to‘g‘ri foydalanish mexanizmlarini yaratish, inson qadrini ulug‘lash va bu orqali ijtimoiy taraqqiyotga erishish masalalari dolzarblik kasb etmoqda. Zero, “jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari”2 belgilanib va shu asosda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqilishi ham masalaning qanchalik dolzar ekanligini ko‘rsatib beradi. Inson kapitali tushunchasining falsafiy jihatdan tahlil qilishda “inson” va “kapital” tushunchalarining mazmun-mohiyati, inson kapitaliga oid yondashuvlar xususida fikr yuritishimiz kerak bo‘ladi. Darhaqiqat, inson kapitali (inglizcha “humans capital”) zamonaviy fan, falsafa, siyosat v iqtisodiyotning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. U ikki so‘z “inson” va “kapital”dan tashkil topgan. Shuni ta’kidlash kerakki, inson ong va aqlga ega bo‘lgan ijtimoiy mavjudot hisoblanadi. Uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Shuningdek, “inson olamdagi boshqa biologik mavjudotlardan ajralib turadigan muhim xususiyatlarga, ya’ni aql, ma’naviyat, madaniyat, axloq, tafakkur, til va boshqa jihatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy vujud, odam zotini anglatuvchi tushunchadir”.3 “Kapital” tushunchasi ilmiy lug‘atlarda quyidagicha ta’riflanadi, ya’ni (lotincha capitalis – bosh, asosiy, hukmron) “ixtiyoriy ayriboshlash asosida iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish orqali ortiqcha qiymat olish uchun ishlatiladigan aktivlar majmui.”4 hamda daromat keltirishi mumkin bo‘lgan hamma narsa, “odamlar tomonidan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun yaratilgan resurslardir”.5 Shuningdek, o‘zbek lug‘atlarida kapital keng ma’noda “sarmoya o‘z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan jami vositalar va mablag‘lar”,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inson kapitali tushunchasining mohiyati, unga oid ta’riflar, inson kapitaliga oid konsepsiya va yondashuvlar tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inson kapitali tushunchasining mohiyati, unga oid ta’riflar, inson kapitaliga oid konsepsiya va yondashuvlar tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kapital, inson kapitali, ta’lim, xalqlar boyligi, klassik o‘sish, humans capital, zamonaviy dunyo., moddiylik, Kalit so‘zlar: Inson omili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025