Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUAMMOLI O‘QITISH METODLARINING AMALIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI · Matquliyev Jasurbek Davlatnazar o‘g‘li
Журнал инноваций нового века · 7 · 95- 4 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq ekanligi pedagogika orqali yoritiladi. Kalit so‘zlar: Kreativ fikrlash,“Yangi pedagogik texnologiyalar”, “Innovatsion uslublar”, “Interaktiv metodlar”, Aql hujumi (Brainstorming), Rol o‘yinlari, Klaster metodi, Muammo asosida o‘qitish (Problem-based learning), Debat va munozaralar. Bugungi ta’lim tizimida darslarni samarali tashkil qilish nafaqat o’qituvchiga balki o’quvchilarga ham bog’liqdir. O’quvchilar faol, harakatchan va kreativ bo’lsalar shu darslar samarali natija beradi. Kreativ fikrlash bu gʻoyalar berishdan ham kattaroq narsadir. Ta’lim jarayonida “Yangi pedagogik texnologiyalar”, “Innovatsion uslublar”, “Interaktiv metodlar” kabi atamalarning lug‘atimizga kirib kelganligi va ulardan keng foydalanish davr taqozosiga aylanganligi ko‘pchilikka sir emas. Biz quyida ta’limning barcha sohalariga kirib kelgan interaktiv metodlar haqida so‘z yuritmoqchiman. Ko‘pgina metodik innovatsiyalar ta’limning interaktiv metodlari bilan bog‘liq bo‘lmoqda. “Interaktiv” so‘zi ingliz tilidagi “Interakt” so‘zidan olingan bo‘lib, “Inter”- birgalikda, o‘zaro, “akt”- harakat ma’nosini bildiradi, ya’ni o‘zaro birgalikdagi harakat, faoliyat yoki suhbat, dialog tartibida bo‘lishni (masalan, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-kompyuter) ifodalaydi. Interaktiv ta’lim metodi, bu- dialogik ta’lim bo‘lib, u o‘quvchi va o‘qituvchi yoki o‘quvchi va kompyuter o‘rtasidagi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonini ko‘zda tutadi. Zamonaviy an'anaviy ta'lim tizimi jiddiy qayta qurishni talab qiladi, chunki zamonaviy sharoitda informatsion va doimiy xarakterini taqqoslaydi, shaxsiy sharoitda va jamiyatni shakllantiradi, uslubiy, tizimli, ijodiy fikrlash bilan ijodiy shaxsiyat kerak. Bolani ijodkor shaxsga aylantirish pedagogik jarayon texnologiyasiga bog'liq. Interaktiv o‘qitish metodini qo‘llash jarayonida o‘quvchilarning barchasi bilish jarayonida faol qatnashadilar, ular o‘zlari bilgan, esga tushirgan, o‘ylagan ma’lumotlariga tayanishlari, ulardan bilish jarayonida foydalanishlari mumkinligini tushunadilar va shunga moslashadilar. Birgalikdagi aqliy bilish, izlanish faoliyatida har https://scientific-jl.com/new 11 77 66 Volume–78_Issue-3_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS bir o‘quvchi shaxsan ishtirok etib, unga o‘z hissasini qo‘shadi. Bilimlari, g‘oyalari, qarashlari, nuqtai nazarlari, faoliyat ko‘rsatish usullari bilan o‘quvchilar o‘zaro fikr, tajriba almashadilar. O‘zaro fikrlashish, tajriba almashish jarayoni samimiy, sidqidildan o‘zaro qo‘llab-quvvatlashdek iliq ruhiy iqlimda bo‘lib o‘tsa, bu holat nafaqat yangi bilim olishni ta’minlaydi, balki bilish faoliyatini oshiradi, faollashtiradi, ularni bilish jarayonidagi hamkorligini mustahkamlaydi Darslardagi interaktiv faoliyat 5 ta asosiy elementlardan tashkil topadi. 1.Ijobiy-samimiy o‘zaro bog‘liqlik. 2.Guruh ichida shaxsiy mas’uliyatlilik. 3.Bir-biriga ta’sir etuvchi o‘zaro faoliyat. 4.Hamkorlikda ishlash malakasi. 5.Guruhda ishlash. Tanqidiy pedagogikada Interaktiv metodlarning o‘ziga xosliklari, qulaylik, afzalliklari va uning alohida xususiyatlari quyidagilardir: • Interaktiv metod bir kishining fikri, chiqishlarini boshqalarnikidan ustun qo‘yishni ta’qiqlaydi. • Barcha o‘qituvchilardan o‘quvchilarning har birini o‘ziga xos qarashi, fikri, xulosasi borligini hisobga olishni, hurmat qilishni talab etadi. • Dialogik ta’lim jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, murakkab masalalarni, holatlarni tahlil qilish, ma’lumotlarga tayanish orqali alternativ fikr ustida mulohaza yuritish, o‘ylab xulosa chiqarish, munozaralarda faol qatnashish va boshqalar bilan muloqotga kira olishni o‘rganadilar. • Shuning uchun darslarda o‘quvchilar bilan yakka tartibda, guruhlarda, juftlikda ishlash, birgalikda izlanish rejasini tuzish, rolli o‘yinlarda, kichik sahna ijrolarida ishtirok etish, ijodiy ishlardan foydalanish kabilar uyushtiriladi. • Interaktiv metod bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarni ish beruvchilar talabi darajasidagi umumiy intelektual rivojlanishini hamda ijtimoiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lgan, har doim faollik ko‘rsatishdek sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxs sifatida tarbiyalanib, voyaga etishini ta’minlaydi. • Interaktiv metodning afzalligi, samaradorligi shundaki, darslarda o‘quvchilar nafaqat g‘oyalar, qarashlar va berilgan baholarga o‘z fikrlarini bildiradilar, balki ulkan ma’lumotga ega bo‘lish salohiyatlarini faollashtirish va o‘quv jarayonidagi ijobiy vazifaga taalluqli musobaqada o‘z kuchlaridan to‘la foydalanishni o‘rganadilar. • Guruhning intelektual kuchi bir o‘quvchining intelektual kuchi miqdoridan doimo yuqori bo‘ladi. Interaktiv metodlar talabalarning o‘qituvchi bilan bevosita muloqot qilishiga, bilimlarni mustaqil ravishda izlab top
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularni…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Yangi pedagogik texnologiyalar”, Debat va munozaralar., Rol o‘yinlari, “Interaktiv metodlar”, Klaster metodi, “Innovatsion uslublar”, Muammo asosida o‘qitish (Problem-based learning), Aql hujumi (Brainstorming), Kalit so‘zlar: Kreativ fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025