Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TRANSABDOMINAL KORDOTSENTEZ - ANAMNEZIDA REPRODUKTIV YO‘QOTISHLAR BO‘LGAN HOMILADORLARDA GEMOLITIK KASALLIKNING OG‘IRLIK DARAJASINI ANIQLASHNING MAXSUS USULI
ANIQLASHNING MAXSUS USULI · Raximberganov Asadbek Madiyar o’g’li
Журнал инноваций нового века · 22 · 324-326 · 2026
Аннотация
Homilaning gemolitik kasalligi muammosi zamonaviy akusherlikda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Homilaning gemolitik kasalligi gemoliz bilan ta’riflanadigan kasallik bo‘lib, ona va homilaning qoni rezus sistemasi bo‘yicha bir-biriga to‘g‘ri kelmaganda, onaning anti-Rh (D) antitelolari ta’sirida homilaning rezus musbat eritrotsitlari homila qoniga yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va anemiya rivojlanishi, eritrotsitlarning blast shakllari ko‘payishi va homila qonida bilirubin konsentratsiyasining ko‘payishi bilan namoyon bo‘ladi. Kalit so’zlar: rezus immunizatsiya, gemoglobin, gematokrit, qon guruhi, rezus omil, rezus antitana, kordotsentez. Kirish: Homilaning gemolitik kasalligini tashxislashning invaziv usullariga quyidagilar kiradi: amniotsentez va Lili shkalasi bo‘yicha amniotik suvdagi bilirubinning optik zichligini (BOZ) baholash [1] va kordotsentez va keyinchalik homila qonini laboratoriya tekshiruvi [2]. BOZ ni baholash uchun to‘lqin uzunligi 450 nm bo‘lgan spektrofotometriya qo‘llaniladi. AntiRhD-antitanachalar titri 1:16 va undan yuqori bo‘lishi diagnostik amniotsentezni amalga oshirish uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Anemiya belgilari bo‘lmasa, muolaja 1-2 haftadan keyin takrorlanadi [10, 3, 4, 5]. Biroq, xuddi shu mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, 20-30 foiz hollarda BOZ ni o‘rganish noto‘g‘ri ijobiy natija berishi mumkin. Kordotsentez yo‘li bilan olingan homila qonini tekshirish nafaqat homilaning gemolitik kasalligini 100% tashhislash va kasallikning og‘irlik darajasini baholash, balki homila ichi tomir ichi gemotransfuziyasini o‘tkazish uchun ko‘rsatmalarni aniqlash imkonini beradi [6,7,8]. Materiallar va usullar: Respublika perinatal markazida rezus-immunizatsiyali va anamnezida akusherlik yo‘qotishlari bo‘lgan 10 nafar homilador ayolga ikkinchi trimestrda kordotsentez o‘tkazildi. Homila kindik venasidan olingan qon gemoglobin, gematokrit, homila qon guruhi va rezusi, shuningdek bilvosita bilirubin miqdoriga qarab aniqlandi. https://scientific-jl.com/new 33 00 99 Volume–78_Issue-3_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Natijalar: Ko‘rsatildiki, rezus immunoprofilaktikasini olmagan va anamnezida akusherlik yo‘qotishlari bo‘lgan homilador ayollarda rezusga qarshi to‘liq bo‘lmagan antitanalarning yuqori titrining mavjudligi kordotsentez ushbu ayollarni keyingi olib borish taktikasini belgilashi mumkin. Chunki homila kordotsentezi ma’lumotlari bilan homilador ayol qonidagi ma’lumotlar o‘rtasida to‘liq bo‘lmagan rezus antitelolar titrining mavjudligi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud emas. Xulosa: Olingan birlamchi natijalar rezus-immunizatsiyali va anamnezida akusherlik yo‘qotishlari bo‘lgan homiladorlarda homilaning holatini baholash, shuningdek, gemolitik kamqonlikning o‘rta yoki og‘ir shaklini erta tashxislash uchun kordotsentezdan foydalanish muhimligini taxmin qilish imkonini beradi. Tekshirilganlarning tavsifi va tadqiqot usullari: qo‘shimcha tadqiqotlar qoni rezus-manfiy bo‘lgan 24 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar takroriy homilador ayollar kiritilgan. Homilador ayollar 2019 yilning aprel oyidan may oyigacha Respublika perinatal markazining homilador ayollar patologiyasi akusherlik bo‘limida davolangan. Barcha homiladorlarda akusherlik yo‘qotishlari bo‘lgan. Homiladorlik muddati 25 haftadan 32 haftagacha bo‘lgan. Ushbu guruhga kiritish mezonlari quyidagilar edi: Bemorning kordotsentezning ishtirok etishiga ma’lumotli, ixtiyoriy roziligi, qondagi to‘liq bo‘lmagan antirezus antitanachalarining mavjudligi, bir homilali homiladorlik, gestatsiya muddati 32x haftagacha, oldingi homiladorliklardan keyin immunoprofilaktika olish to‘g‘risida ma’lumotlarning yo‘qligi, shuningdek, anamnezda reproduktiv yo‘qotishlarning mavjudligi. Istisno mezonlari quyidagilar edi: ko‘p homilali homiladorlik, muddatida homiladorlik, og‘ir somatik patologiya va ayolning ishtirok etishdan bosh tortishi. Statsionardagi barcha homiladorlarga dopplerometriya bilan ultratovush tekshiruvi o‘tkazildi. UTTda biz homilaning fetometrik ma’lumotlarini "Kardiofemoral indeks"ni aniqlagan bo‘lsak, dopplerometriyada bachadon-yo‘ldosh- homila qon oqimini baholashdan tashqari, biz homilaning o‘rta miya arteriyasi tezligini o‘lchadik. Homiladorlar patologiyasi bo‘limida muolajadan oldin barcha ayollarga RDS-homilaning standart profilaktikasi mushak orasiga 6 mg Deksametazon bilan kuniga ikki marta 2 kun davomida o‘tkazildi. Barcha homilador ayollarda transabdominal kordotsentez "VOLUSON-E9" zamonaviy ultratovush apparati yordamida bir ignali usulda o‘tkazildi. Invaziv muolaja "erkin qo‘l" usuli bilan amalga oshirildi. Ya’ni, UTT shifokori apparatning konveks datchigi bilan navigatsiyani, akusher-ginekolog shifokori esa punksiyani amalga oshirdi. Barcha homiladorlarga kordotsentezaanesteziya o‘tkazilganda talab qilinmadi. 8 holatda punksiya yo‘ldoshdan tashqarida amalga oshirildi, ya’ni kindikning erkin qovuzlog‘i va kindik venasi punksiyasi amalga oshirildi. 2 ta holatda kindik transplatsentar usulda punksiya qilingan
Доказательный фрагмент
«Homilaning gemolitik kasalligi muammosi zamonaviy akusherlikda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHomilaning gemolitik kasalligi muammosi zamonaviy akusherlikda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qon guruhi, gemoglobin, Kalit so’zlar: rezus immunizatsiya, kordotsentez., rezus omil, rezus antitana, gematokrit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025