Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SO‘Z MA’NOSINING KONVERSIYA NATIJASIDA SUBYEKTIV BO‘YOQ KASB ETISHI
Mirzakarimova Z.D. · TDTU Olmaliq filiali
Всемирный научно-исследовательский журнал · 1 · 2004
Аннотация
Maqolada so‘z ma’nosining konversiya natijasida subyektiv bo‘yoq hosil qilishi masalasi haqida fikrlar berilgan. Kalit so‘zlar: konversiya,ma’no ko‘chish yo‘llari,leksik ma’no,subyektiv bo‘yoq,leksik konversiya,sintaktik konversiya, substantivatsiya, adyektivatsiya, propolinalizatsiya, konyunksionalizatsiya . Konversiya bir turkumdagi so‘z boshqa turkumga ko‘chishidir¹. O‘zbek tilidagi ko‘pgina so‘zlar shu xususiyatga ega, ya’ni bir turkumdagi so‘z ma’lum leksik ma’nosi bilan boshqa so‘z turkum vazifasini bajarib keladi. Shunung natijasida mazkur ma’no subyektiv bo‘yoq kasb etadi. Konversiya hodisasi turkolog tilshunoslar tomonidan yetarlicha ishlangan². Ular konversiyani ikkii turga bo‘lib ko‘rsatishadi: 1. Leksik konversiya; 2. Sintaktik konversiya³; So‘zlar konversiyasi, ya’ni so‘zlarning boshqa turkumga ko‘chishi har doim ham, subyektiv bo‘yoqni yuzaga keltiravermaydi. Xususan, leksik konversiya natijasida subyektiv bo‘yoq hosil bo‘lmaydi. Yuqoridagi tilshunoslarning ko‘rsatishicha, sintaktik konversiya bir necha guruhga bo‘linadi: ular substantivatsiya, adyektivatsiya, propolinalizatsiya, konyunksionalizatsiya kabi nomlar bilan ataladi. Biz sintaktik konversiyaning barcha turlari haqida to‘xtalmaymiz.Bu o‘rinda biz faqat sintaktik substantivatsiyasi bilan adyektivatsiya yuzasidan fikr yuritamiz. 1.Mirtojiyev M.Hozirgi o‘zsek adabiy tili.-Toshkent,2004.-B.76. 2.Suvonova R.O‘zbek tilida metonimiya/f.f.nom.diss.avtoref.-Toshkent,2001.- B.14. 3.O‘sha asar.-B.10 Chunki subyektiv bo‘yoqqa faqat sifat substantivatsiyasi bilan ot adyektivatsiyasiga uchragan so‘zlar ma’nosigina ega bo‘lishi mumkin. Tartib nuqtai nazaridan, avval sifat substantivatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Sifat turkumiga oid so‘zlar ma’lum semantikaga ega bo‘lganlaridagina https://scientific-jl.com/wsrj 1 6 9 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal sinktaktik substantivatsiyaga uchrashi va substantivatsiya uchun asos bo‘lgan ma’nosi subyektiv bo‘yoq kasb etishi mumkin. Buning uchun sifat turkumiga oid so‘zlar quyidagicha semantikaga ega bo‘lishi kerak. 1. Sifat turkumi doirasidagi so‘zlar rang bildiruvchi ma’nolari bo‘yicha sintaktik substantivatsiyaga uchrab, subyektiv bo‘yoqqa ega bo‘ladi. Sintaktik substantivatsiyaga uchragan sifat turkumidagi so‘zning rang bildiruvchi ma’nosi ijobiy subyektiv bo‘yoqqa ega bo‘lishi mumkin. Masalan: Uxla o‘g‘lim, kenja toyim, oppog‘im, Umrimning mard pospon, shovvozi bor. (G‘.G‘ulom). Bu gapdagi oppoq so‘zi rangni ifoda etib kelayapti. Asli sifat turkumiga oid shu so‘z shu ma’nosi asosida sintaktik substantivatsiyaga uchragan, ya’ni otga ko‘chib subyektiv bo‘yoq kasb etgan. Oppoq so‘zi oq so‘zining intensiv formasi bo‘lib, mo‘tabar belgini ifoda etadi. Sifat turkumiga oid so‘z rang bildiruvchi ma’nosi vositasida sintaktik substantivatsiyaga uchrashi va mazkur ijobiy subyektiv bo‘yoq kasb etishiga quyida yana bir necha misol keltirishimiz mumkin: Hali yoshsan, bilmaysan oqu- qorani, Joyshoya ber , qabul o‘lsin, nazr qilgin porani. (H.N). Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar.(Maqol). Yuqoridagi gaplarda sifat turkumiga mansub oqu- qora, qora so‘zlari sintaktik substantivatsiya natijasida ijobiy subyektiv bo‘yoq kasb etgan. Ular ma’nosining ijobiy subyektiv bo‘yog‘i ham oppoq so‘zi ma’nosining bo‘yog‘iga o‘xshash yo‘l bilan yuzaga kelgan. Demak, sifat turkumi doirasidagi so‘zlar rang anglatuvchi ma’nosi vositasida sintaktik substantivatsiyaga uchraganda faqat ijobiy subyektiv bo‘yoq kasb etar ekan. 2.Sifat turkumiga oid so‘zlar holat bildiruvchi vositasida ham substantivatsiyaga uchrashi va subyektiv bo‘yoqqa ega bo‘lishi mumkin.Masalan: Gar ko‘cha uzra qo‘ysa, hech ahmoq olmas oni Bir dardisar balodur, yuz yil turar mashinam (H.N). Bu gapda sifat turkumiga oid ahmoq so‘zi monosemantik bo‘lib, mavjud leksik ma’nosi bilan sintaktik substantivatsiyaga uchragan va o‘sha ma’nosi salbiy subyektiv bo‘yoq kasb etgan. Sintaktik substantivatsiya natijasida sifat turkumi doirasidagi so‘zlar ma’nosining salbiy subyektiv bo‘yoq kasb etishi uchun quyida yana bir necha misol keltiramiz. Bu dunyoda bor bo‘lsa-ya bag‘ri butun Qog‘ozdan qozon qilay guldan o‘tin. (G‘.G‘ulom). Tezroq yo‘qoling, shum, mal’un Shaytonsifat xonsolar. (H.N). Bu gaplarda sifat turkumiga oid butun, shum so‘zlari sintaktik substantivatsiyaga uchragani tufayli salbiy subyektiv bo‘yoq kasb etgan. https://scientific-jl.com/wsrj 1 7 0 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal 3.Sifat turkumi doirasidagi so‘zlar xususiyat bildiruvchi ma’nolari vositasida ham sintaktik substantivatsiyaga uchrashi va o‘sha ma’nolari subyektiv bo‘yoqqa ega bo‘lishi mumkin. Masalan: U, bu bedavolarni qishloq guzaridan qanday qilib olib o‘taman, degan xayol bilan band edi (S.Ahmad). Bu gapdagi sifat turkumiga oid bedavo so‘zi o‘zining yagona ma’nosi bo‘yicha sintaktik substantivatsiyaga uchradi va salbiy subyektiv bo‘yoq kasb etgan. Sintaktik substantivatsiya natijasdida sifat turkumiga oid so‘zlarning xususiyat ifoda etuvchi ma’nosi salbiy s
Доказательный фрагмент
«Maqolada so‘z ma’nosining konversiya natijasida subyektiv bo‘yoq hosil qilishi masalasi haqida fikrlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada so‘z ma’nosining konversiya natijasida subyektiv bo‘yoq hosil qilishi masalasi haqida fikrlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- propolinalizatsiya, konyunksionalizatsiya ., leksik konversiya, sintaktik konversiya, adyektivatsiya, subyektiv bo‘yoq, substantivatsiya, ma’no ko‘chish yo‘llari, Kalit so‘zlar: konversiya, leksik ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025