Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KADASTR ISHLARI UCHUN GEODEZIK ASOS YARATISHNING AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLARI
Usmanov Doniyor Baxtiyorovich · Bozorov Maxmudali Ma’mur o‘g‘li
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
В статье представлена информация о значении государственных геодезических сетей, методах, точности и современных методах их создания. Annotatsiya: The article provides information on the importance of state geodetic networks, methods, accuracy and modern methods of their creation. Kalit so‘zlar: Kadastr, triangulyatsiya, triloteratsiya, poligonometriya, GPS texnologiyasi, topografik plan, punkt, obyekt. Hozirgi texnika va texnologiya jadallik bilan rivojlanib borayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi ham barcha sohalarda faqat oldinga rivojlanmoqda. Respublikamiz asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisosolashganligi sabab, bizning davlatimizda yer isloxolotiga katta e’tibor beriladi. Yerning umumiy hisobini yuritish, uni toifalarga bo‘lgan holda maydonlarini o‘rganish, yerdan oqilona foydalanish, uning unumdorligini oshirish doimo muxim masala sifatida ko‘riladi. Yerning hisobini yuritish uni toifalarga bo‘lgan holda monitoringlarini olib borish esa geodeziya va kadastr sohasining muxim vazifasi hisoblanadi. Kadastr (frans. cadastre) – muayyan yerlar va obyektlar toʻgʻrisida tartiblashtirilgan aniq va zaruriy maʼlumotlar majmui, roʻyxati, reyestri hisoblanadi. U rasmiy davlat organi yoki muassasasi tomonidan tuziladi va yuritiladi. Kadastr ishlarini, undagi bir qator o‘lchovlarni olib borish uchun esa Respublika miqyosida yagona Davlat planli va balandlik geodezik tarmoqlari muxim rol oynaydi. Chunonchi, har qanday kadastr ishlarida Davlat geodezik tarmoqlariga bog‘langan holda o‘lchov ishlari olib boriladi. Bunday Davlat geodezik tarmoqlarini yaratish va ularning muntazam nazoratini yuritish belgilangan meyyoriy qoidalar asosida, tegishli soha vazirliklari va tashkilotlari tomonidan olib boriladi. https://scientific-jl.com/wsrj 2 9 9 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal Geodezik tarmoqlarni barpo etishning muxim vazifasi bu geografik joylashuv jixatdan ma’lum bir koordinata tizimiga tayangan holda hududlarni x va y koortdinatalari ma’lum bo‘lgan nuqta (punkt)larni joyda barpo qilishdir. Geodezik tarmoqlarni yaratish ishlari juda qadimdan barcha Davlatlarda keng yo‘lga qo‘yilgan. Geodezik tarmoqlarni barpo qilishning an’naviy va hozirgi yuqori texnologiyalarni qo‘llagan holda zamonaviy usullari mavjud. An’naviy usullar bu qadimdan qo‘llanilgan va foydalanilgan usuldir. Bunday tarmoq barpo qilishning triangulyatsiya, triloteratsiya va poligonometriya usullari mavjud. Triangulyatsiya usuli birinchi marta Gollandiyalik olim Snellius tomonidan taklif etilgan deb hisoblanadi. Bu usul barcha mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Usulning mohiyati joyning eng baland nuqtalarida uchburchaklar tizimidan iborat geodezik punktlar mahkamlanadi (1-rasm). Bu tarmoqda A boshlang‘ich punktining koordinatalari aniqlanadi, har bir uchburchakda gorizontal burchaklar o‘lchanadi, hamda bazis tomon uzunligi “b” va bazis tomon azimuti “α” o‘lchanadi, bu o‘z navbatida tarmoqni masshtablaydi va azimut bo‘yicha oriyentirlaydi. Triangulyatsiya tarmog‘i alohida uchburchaklar qatori, uchburchaklar qatori sistemasi hamda, yaxlit uchburchaklar to‘ri tarzida barpo etilishi mumkin. 1-rasm. Triangulyatsiya tarmog‘i Triangulyatsiya usulining asosiy afzalligi uning operativligi va turli fizik- geografik sharoitlarda qo‘llash imkoniyati borligidadir; tarmoqdagi ko‘p sonli ortiq o‘lchashlar, barcha o‘lchangan miqdorlarni bevosita dalada nazorat qilish imkonini beradi; tarmoqda qo‘shni joylashgan, ayniqsa uzluksiz punktlarni o‘zaro holatini yuqori aniqlik bilan aniqlash mumkin. Trilateratsiya usuli. Ushbu usul, triangulyatsiya usuli kabi, joylarda geodezik tarmoqlar uchburchaklar zanjiri, geodezik to‘rtburchak va markaziy tizim ko‘rinishida yoki uchburchaklarning yaxlit to‘ri ko‘rinishida barpo etish ko‘zda tutiladi, unda barcha tomonlar uzunligi o‘lchanadi (burchaklar o‘lchanmaydi). https://scientific-jl.com/wsrj 3 0 0 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal Trilateratsiyada triangulyatsiyadagi kabi, joyda tarmoqni oriyentirlash uchun qator tomonlarini ayrimlarini azimuti aniqlangan bo‘lishi lozim. Masofa o‘lchash sveto va radiodalnomer texnikasini takomillashishi va aniqligini oshishi sababli trilateratsiya usuli katta ahamiyatga ega, ayniqsa injenerlik- geodezik ishlar amaliyotida. Poligonometriya usuli. Bu usul bir necha asrlardan buyon ma’lum. Taxminan 20 asrning 60 chi yillaridan boshlab, geodezik ishlab chiqarishga aniq sveto- radiodalnomerlarning joriy qilinishi poligonometriya usulini rivojlantirdi va geodezik tarmoqlarni barpo etishda keng qo‘llanila boshlandi. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat. Joyda cho‘zilgan yakka yo‘l (2-rasm) yoki kesishuvchi yo‘llar tizimi tarzida yaxlit tarmoqni tashkil etuvchi geodezik punktlar mahkamlanadi. Yo‘lning qo‘shni punktlari orasida S tomonlar uzunligi, punktlarda esa burilish i burchaklari o‘lchanadi. Poligonometriya yo‘llarni azimutal orientirlash birlashuvchi γ burchaklar o‘lchangan holda uning oxirgi punktlarida aniqlanuvchi yoki beriluvchi azimutlar yord
Доказательный фрагмент
«В статье представлена информация о значении государственных геодезических сетей, методах, точности и современных методах их создания.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье представлена информация о значении государственных геодезических сетей, методах, точности и современных методах их создания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- triloteratsiya, poligonometriya, obyekt., Kalit so‘zlar: Kadastr, GPS texnologiyasi, punkt, triangulyatsiya, topografik plan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024