Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHE’RIYATDA LIRIK “MEN”NING POETIK UYG‘UNLIGI
Gulchiroy Turdaliyeva Anvarjon qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada lirikada muallif obrazining yoritilishi, ijodkorning “men”i qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: lirik qahramon, syujet, voqelik, matla, maqta, she’riy san’at, “men” tushunchasi. Mashhur psixoanalitik Zigmund Freyd insonning tana a’zolaridagi xastalikni she’r orqali ham davolash mumkin ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. She’rning ruhiy parvozi ham inson irodasining qanchalik matonatli va chidamliligi bilan ham belgilanadi. Ruhiy chidamlik har qanday og‘iriqlarni, iztiroblarni yengib o‘tishga qodir. Tafakkurning bepayon parvozlari fazoviy bo‘shliqlarni zabt etadi, unga maqsad nazari bilan erishiladi. Lirikaning bosh obraz lirik qahramon hisoblanadi. Lirikada lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning „men“i orqali oʻtadi. Lirikada eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, lirikadada subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda lirika emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subʼyekt va obʼyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy „personaj“ ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. Lirika ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Poetik „men“ va biografik „men“ lirikaning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri sanaladi. Ammo har qanday biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy- madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi mumkin. Badiiy asarda “men”ning namoyon bo‘lish shakllari Adabiyotshunoslikda “men” tushunchasi ilk bora N. G. Chernishevskiyning Rostopchina she’rlari haqida yozgan taqrizida qo‘llanilgan.[1.B35] Taqriz muallifi badiiy asardagi “men”ning namoyon bo‘lishini shunday tasniflagan edi: “1) lirik she’rning “men”i har doim ham bu she’rni yozgan muallif “men”ining o‘zi bo‘lavermaydi; 2) lirik she’rdagi “men”da mavjud bo‘lgan qiliqlar, holatlar va hislarni shoirning o‘ziga nisbat berishda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak va bu lirik “men”ning his-tuyg‘ulari va harakatlarini ijobiy tarixiyadabiy omillar orqali tushunishdan o‘zga narsa emas” [4.B455-457]. Y. N. Tinyanov lirik “men”ni “lirik qahramon” atamasi bilan o‘zgartirdi va ilk marta adabiyotshunoslikka olib kirdi [4.B118]. “Lirikada “men” (goho “biz”) qahramon https://scientific-jl.com/wsrj 3 1 5 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal bo‘lib qolar ekan, u hamma shoir ijodida ham “men” tarzida qoladi, ya’ni tashqi shakl jihatidan emas mazmunan o‘zgaradi. Binobarin, “men” har bir davr lirikasida, har bir milliy lirikada o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Lirik qahramon haqida gapirganda, uning tarkibida “oshiq obrazi”, “rind mutafakkir obrazi” to‘g‘risida so‘zlash holatlari ham uchraydi [3.B118]. Bizningcha, asosiy qahramon bitta, u monologik nutq egasi “men”dir, bundan tashqari gap o‘zbek lirikasi haqida borar ekan, unda ba’zi lirik personajlar bo‘lishi mumkin, masalan, yor, raqib, shayx, rafiq, soqiy, zohid, mashshota, mug‘anniy va boshqalar” [2.B63]. Lirik “men” va tarixiy nasriy asarlardagi muallif “men”i o‘rtasida ma’lum farq bor. Lirik “men”da shoir tarjimai holi voqealari bilan emas, balki ularning estetik in’ikosi hamda muallif “men”ining badiiy tarzdagi o‘zgacha ifodasi bilan ajralib turadi. Lirikada “lirik qahramon” “men”i yetakchilik qilsa, tarixiy nasriy asarlarda yakuniga qadar muallif “men”i yetakchilik qiladi. XV asrda muallifning “men”i Navoiy ijodida ko‘proq “Mahbub ul-qulub”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” va “Munshaot”da ifodalangan bo‘lsa, XVI asrga kelib Bobur “Vaqoyi’”sida o‘z takomiliga yetdi. Bu an’anani keyinchalik O‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor H.Qudratullayev tomonidan tarixiy sarguzasht asarlarda badiiy tasvir, muallifning “men”i va davr adabiy estetikasining “men”ga qo‘ygqo‘ygan talabi tajriba tariqasida o‘rganildi [4.B355]. Mazkur tadqiqotdan Zahiriddin Muhammad Boburning “Yaxshilig‘” radifli g‘azali tahlili orqali mushohada etamiz. Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ? Kimki ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiligʻ! Shu paytda Bobur hasratidan chang chiqib, alam-iztirob iskanjasida: “Ey koʻngil, bu jahon ahlidan kim yaxshilik koʻrib ediki, sen koʻrar eding? Tabiatida yaxshiligi boʻlmagan kimsadan sira yaxshilik kutma!” deb hayqiradi. Albatta, keyin bu baytni davom ettirib, yaxlit gʻazalga aylantiradi. Unga shoh- shoirning sarson-sargardonlik – qazoqiliklarda yurgan shu davrdagi koʻrgan- kechirganlari asos qilib olingan. Tabiiyki, inson shaxsiy baxtsizliklari uchun zamonni aybdor qilishi, uning ustidan qat’iy hukm chiqarishi toʻgʻri emas. Hadisi sharifda ham “Zamonni ayblamanglarki, uning sohibi Olloh taoloning oʻzi” [5.B129], deyiladi. Buni yaxshi anglagan Bobur umumlashtiruvchi xulosadan qochadi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada lirikada muallif obrazining yoritilishi, ijodkorning “men”i qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada lirikada muallif obrazining yoritilishi, ijodkorning “men”i qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- matla, maqta, she’riy san’at, “men” tushunchasi., Kalit so‘zlar: lirik qahramon, syujet, voqelik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025