К содержанию
РецензированоUZ2026

BOBUR BAHRIDAN BAYT TAHLILI

Gulchiroy Turdaliyeva Anvarjon qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Maqolada Z.M.Bobur ijodining o‘ziga xosligi, baytlarining tahlili, ifoda xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: sarv, sunbul, kechinma, ohangdorlik, an’anaviy ishq. Mumtoz adabiyotimizda timsol va ramzlar ijodkorning ruhiy kechinmalarini, ba’zan maqsadlarini badiiy ifodalshga xizmat qiladi. Xususan, oshiqni bulbulga, ma’shuqani gulga, qomatni shamshodga, sarvga, sochni sunbulga-yu ko’zni ohuga qiyoslash baytni turli san’atlar bilan yo‘g‘rilishiga hissa qo’shadi. Ayni ma’nodagi fikrlar Bobur she’riyatini o‘rganish davomida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. She’rlarida muhabbat, sadoqat, insoniy kechinmalar, hayot va tabiat tasvirlari keng o‘rin egallaydi. Jumladan, Hasan Qudratullayevning “Boburnoma – asrori kaliti”, Zokir Rayimjonov, Isroil Xurramov “Bobur buyuk shaharshunos olim”, Sultonmurod Olim “Bobur:shoh ko’ngli va shoh siyosati”, Abdullo Olim “Bunyodkor Bobur bog’lari” nomli maqolalarida Boburning ham ma’rifiy, ham madaniy ishlarini taqqoslaydi. Bobur she’riyati muallifning ichki dunyosini bor shiddati bilan o‘quvchiga yetkazuvchi noyob ma’naviy xazinadir. Bobur g’azallarida ham olam-jahon ma’no ifodalangan. Ular “Boburnoma” bilan hamohang, uni mazmunan to‘ldiradi. Agar Bobur davri, undan oldingi shoirlar ijodida g‘azal janrida an’anaviy ishq, oshiq va ma’shuq, ayrim hollarda ijtimoiy masalalar qalamga olingan bo‘lsa, Zahiriddin Bobur g‘azallarida inson ichki kechinmalarining rango-rang jilolari, uning muammolari teran aks etganini ko‘ramiz. Undan tashqari tabiat tasvirlarini o‘zining shaxsiy tajribasi bilan bog‘laydi. U Hindistonning issiq iqlimi, Samarqand va Andijonning go‘zal tabiati, Farg‘ona vodiysining gullagan bog‘lari va tog‘lari haqida ta’sirli tasvirlar yaratgan. Boburning tabiat tasvirlari uning g‘azallariga jon baxsh etadi va o‘quvchini tabiiy manzaralar olamiga olib kiradi. Boburning "Bir pari men telbani" g‘azali yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan bo‘lib, unda oshiqning ma’shuqaga bo‘lgan cheksiz muhabbati va iztiroblari aks etgan. G‘azalda ramal bahrining ohangdorligi, badiiy san’atlarning mahorat bilan qo‘llanilishi va o‘ziga xos poetik uslub yaqqol ko‘zga tashlanadi. Baytlar tahlilini esa quyidagicha izohlaymiz: 1-bayt: Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udek, Ko‘zum ichra yer tutub, ko‘nglumda manzil qilg‘udek. https://scientific-jl.com/wsrj 3 1 9 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal Shoir go‘zal bir parining husni uni telbaga aylantirib, ko‘zida joy olib, ko‘nglida manzil qurishini tasvirlaydi. Bu yerda "pari" so‘zi go‘zal ma'shuqani ifodalaydi. "Ko‘zum ichra yer tutub, ko‘nglumda manzil qilg‘udek" jumlasi tashxis san’ati asosida qurilgan, chunki ma’shuqa ko‘z ichra joy olib, ko‘ngilda barqaror maskan qurishi hayotiylik bilan tasvirlangan. 2-bayt: Ko‘nglumizga javr behad qildi ul nomehrubon, Jonima yuz ming g‘amu mehnatni hosil qilg‘udek. Mehrsiz ma'shuqa oshiqning ko‘ngliga behisob sitamlar yetkazib, joniga yuz minglab g‘am va mashaqqatlarni soladi. Bu baytda mubolag‘a san’ati qo‘llanilgan, chunki "yuz ming g‘am" iborasi orqali g‘amning yuqoriligi bo‘rttirib ko‘rsatilgan. 3-bayt: Notavon ko‘nglumg‘a ishqi qayg‘uni kelturgudek, Ayshu ishratni ko‘nguldin qayg‘u zoyil qilg‘udek. Zaif ko‘ngliga ishq qayg‘usini olib kelib, aysh-u ishratni qayg‘u bilan almashtiradi. Bu yerda tazod san’ati mavjud bo‘lib, "ayshu ishrat" va "qayg‘u" qarama-qarshi tushunchalar sifatida keltirilgan. 4-bayt: Qilmadi Farhodu Majnun o‘zni rasvo men kibi Kim, bu nav’ ish – ish emastur hech oqil qilg‘udek. Shoir o‘zini Farhod va Majnundan ham ko‘proq axvolini tang qilganini ta’kidlaydi va bunday ishni hech bir aqlli odam qilmasligini aytadi. Bu baytda talmeh san’ati qo‘llanilgan, ya’ni Farhod va Majnun kabi mashhur oshiq obrazlariga ishora qilingan. 5-bayt: Ul pari ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq, Ishq atvorini ishq ahlig‘a mushkil qilg‘udek. Shoir o‘zini parining ishqida jon berib, ishq odatlarini oshiq ahli uchun mushkul qilganini aytadi. Bu yerda tashxis san’ati mavjud bo‘lib, ishqning odatlari jonlantirilgan holda tasvirlangan. Bu g‘azal aruzning ramali musammani mahzuf yozilgan. Ramal bahri ohangdor, sokin va ma’noli ifoda uchun juda mos kelgani bois ko‘plab mumtoz shoirlar undan foydalanishgan. Boburning ushbu g‘azali ham ushbu bahrda yozilgan bo‘lib, unda ko‘ngil kechinmalari nafis ohangda ifodalangan. 1. Boburning: "Ey pari, husnung bila behol etding jonim meni," "Menga ne darding bor, ey qoshi kamon," 2. Alisher Navoiyning: https://scientific-jl.com/wsrj 3 2 0 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal "Gar zamonni yomon desang, o‘zga zamon yo‘q," "Ko‘nglum ichra bir sanam bor kim, ne gul, ne nargis erur." 3. Lutfiy, Fuzuliyning: Lutfiyning "Ishq ichra ko‘nglum tutub men bir sanam istar," Fuzuliyning "Ey sabo, chun aylading olam aro mayl," g‘azallari aruzning ayni shu bahrida yozilganligini ko‘rishimiz mumkin. Zahiriddin Bobur qaysi janrda ijod etmasin, ularning barchasida muallif tarjimai holi, dunyoqarashi, umrguzaronlik daftarining bay

Доказательный фрагмент

«Maqolada Z.M.Bobur ijodining o‘ziga xosligi, baytlarining tahlili, ifoda xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Z.M.Bobur ijodining o‘ziga xosligi, baytlarining tahlili, ifoda xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: sarv, sunbul, an’anaviy ishq., kechinma, ohangdorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники