К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TAQDIR MIFOLOGEMASI VA BADIIY G‘OYA UYG‘UNLIGI

Isroilova Maxtuma Ne‘matillayevna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Oripov she’riyatida taqdir mifologemasining badiiy g‘oya bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Shoirning lirik asarlarida taqdir timsoli orqali inson ruhi, hayot falsafasi, vatanparvarlik va ilohiy qudrat haqidagi qarashlari poetik vositalar orqali ochib berilgan. Tahlil davomida mifologik obrazlarning poetik tizimdagi funksiyasi aniqlanadi. Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, taqdir, mifologema, poetika, badiiy g‘oya, ramz, milliy tafakkur. O‘zbek she’riyatida inson taqdiri, uning hayotdagi o‘rni, erkinlik va qismat masalalari azaldan muhim mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu mavzular falsafiylik va ichki ruhiy tahlil bilan boyidi. Abdulla Oripov ana shu mavzularni o‘zining poetik dunyoqarashi orqali yuqori darajada yoritgan shoirlardan biridir. Uning ijodida taqdir tushunchasi oddiy voqelik emas, balki ramziy, metaforik va mifologik obrazlarda aks etadi. Ilmiy adabiyotlarda "mifologema" tushunchasi miflarning badiiy asardagi poetik shakliga aylangan elementlarini anglatadi[1]. Ular xalq ongida qadimdan shakllangan timsollar orqali asarda chuqur semantik yuklamaga ega bo‘lgan obrazlar sifatida qatnashadi. Bu holat Abdulla Oripov she’rlarida juda yaqqol kuzatiladi. Ayniqsa, "Taqdir", "Qiyomat" singari she’rlarda mifologik obrazlar va badiiy g‘oya bir-birini to‘ldirib, falsafiy mazmun hosil qiladi. Abdulla Oripov she’riyatida taqdir mifologemasining badiiy g‘oya bilan qanday uyg‘unlashganini ilmiy-nazariy asosda tahlil qilib chiqamiz. Adabiy tafakkurda taqdir mavzusi qadimdan mavjud bo‘lib, u insonning irodasi, hayotiy yo‘li va yuksak kuchlar bilan bog‘liq munosabatlarini aks ettirgan. Bu mavzu Sharq she’riyatida, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida ham muhim o‘rinni egallagan. Abdulla Oripov esa bu an’anani zamonaviy tafakkur, yangi badiiy shakl va uslub bilan boyitdi. [1] Zaripov, A. Abdulla Oripov tabiat poetikasida lirik qahramon masalasi // Tadqiqotlar.uz. – 2023. – URL: https://tadqiqotlar.uz/index.php/tadqiqotlar/ /view/1222 https://scientific-jl.com/wsrj 3 3 1 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal Shoirning "Qora taqdir" nomli she’rida taqdir tushunchasi hayotiy kurash, fojia va najot ramzi sifatida talqin etiladi: Qora taqdir, sendan holi yasharmi olam, Yasharmikan zug'umingdannola chekmay to. Qora taqdir, qaysi qudrat senda bo’lmish jam, Soqqaq qilib o’ynagaysan o’limni xatto. Qora taqdir, noming asli ayovsiz qismat, Duch qilding sen odamzodnimudom bir korga. Iblis bo’lsang, umrim bo’yi o’qirman lanat, Hasratimni aytgum yolg'iz Parvardigorga. Bu misralarda taqdir inson uchun noma’lum, lekin javob izlashga majbur qiluvchi kuch sifatida tasvirlangan. Shoir bu yerda taqdirni o‘zgaruvchan, noaniq va shu bilan birga, inson ongini sinovdan o‘tkazuvchi kuch sifatida ko‘rsatadi. Bunday yondashuvda mifologik fikrlash unsurlari yaqqol seziladi, ya’ni taqdir shunchaki hayotiy zaruriyat emas, balki o‘ziga xos timsolli kuch, “dunyoning yozilmagan qonuni” sifatida tushuniladi[2]. Oripov ijodida bu kabi mifologemalar birgina tushuncha bilan cheklanmaydi. Taqdirga qarshi kurash, unga bo‘ysunmaslik, ba’zan esa bo‘ysunishga majburiyat ham she’rlarida mujassam. Bu poetik ziddiyat sifatida lirik qahramon ichki kechinmasida ifodalanadi. Dunyoga kelibman o‘zim bilmayin, Ketaman yana ham xuddi shu hol. Boshimda javobsiz savollar g‘ami, Ko‘nglimda o‘zligimdan bir savol... Bu satrlar insonning dunyoga kelishi va ketishini taqdir belgilab qo‘ygan degan qadimiy mifologik g‘oyaning davomidir. Bu yerda shoir o‘zining lirik qahramoni orqali “taqdir — borliqni belgilovchi ilohiy kuch” degan tasavvurni badiiy talqin qiladi. Abdulla Oripovning she’riy tafakkurida taqdir tushunchasi ba’zan hayotdagi murakkablik, sinov va sabr timsoliga aylansa, ba’zida u inson ma’naviy o‘sishining omili sifatida talqin qilinadi. Shoirning "Qiyomat" she’rida bu holat yanada murakkab falsafiy-badiiy ifoda topadi: [2] Oripov A. Yillar armoni. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 198 https://scientific-jl.com/wsrj 3 3 2 Volume-40_Issue-2_June-2025 World scientific research journal Bir kuni Muhammadga berdilar savol: -Ayo, Rasululoh, aytib ber buni. Qachon Foniy dunyo topgaydur zavol, Qachon sodir bo’lgay Qiyomat kuni. Garchand Biru Borga somedir Inson, Iblis qutqusi hamhar qayda bordur. Kimningdir dilida sobitdir imon, Kimgadir shaytoniy vasvasa yordir. Bu yerda “qiyomat” nafaqat diniy-mifologik tushuncha sifatida, balki inson ruhiy kechinmalarining eng yuqori bosqichi, ichki sinov va inqirozning timsoli sifatida talqin qilinmoqda. Shoir uchun qiyomat tashqi falokat emas, balki inson ongida ro‘y beradigan katta o‘zgarish, ya’ni ichki qiyomatdir. Bu esa taqdirning insonga nisbatan individual va ruhiy-axloqiy mezonlar asosida ifodalanishini ko‘rsatadi[3]. Abdulla Oripovning bu kabi yondashuvi uni o‘z davridagi boshqa shoirlardan ajratib turadi. U uchun mifologema bu faqat obraz emas, balki poetik konsepsiyaning markaziy elementidir. U miflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Abdulla Oripov she’riyatida taqdir mifologemasining badiiy g‘oya bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Abdulla Oripov she’riyatida taqdir mifologemasining badiiy g‘oya bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mifologema, badiiy g‘oya, Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, milliy tafakkur., ramz, poetika, taqdir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники